1-mavzu. Avtomobil yo’li qurilish mashinalari va jihozlari muhandisligi” faniga kirish. Ayqm va jihozlarning uzatmalari, ishchi jihozlari va boshqarish tizimlari reja
Yumshatgich ishchi jixozi ko‘rinishi
Download 5.17 Mb.
|
1-dars (sirtqi) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘nka kovlagichlar
Yumshatgich ishchi jixozi ko‘rinishi.
Ogir gruntlarni qazishda yumshatgichlar (yumshatish mashinalari) dan foydalanish ular bilan bir komplyeqsda ishlovchi mashinalarning ish unumini 3-5 martaga oshiradi. Yumshatish mashinasi (yumshatgich) kuchli gusenisali traktor va pnevmogildirakli tortkichga o‘rnatilgan osma uskunadan iboratdir. Osma yumshatgichning asosiy qismlari quyidagilardan: rama, uchli tishlar va boshqarish gidrosilindridan iborat. Osma yumshatgichlar uch no‘qtali va turt no‘qtali(parallelogramm)osmali (podveskali) qilib tayyorlanadi. Yumshatgichning ilashish og‘irligi Gil baza mashinaning og‘irligi va osma jixozning og‘irligi Go.j larning yig‘indisiga teng: Gil = Gb.m + Go.j (1,18 … 1,23). Gb.m. Agar baza mashinaga yumshatgichdan tashkari buldozer ag‘dargichi xam osilgan bulsa, u xolda: Gil = Gb.m + Go.j + Gb.j (1,35 … 1,4)Gb.m, Bu yerda Gb.j – buldozer jixozining ekspluatasion og‘irligi. Yumshatgichning ish unumdorligi Pe (m3/soat) uning kamrash kengligi V(m), o‘rtacha yumshatish chuqurligi (h), bir tomonga o‘rtacha ish yo‘li masofasi (l) va o‘rtacha ish tezligi (Vix = 1,7….2,2 km/soat) va bajariladigan ishning xajmi (V) ga bog‘liq: Pe = 3600. V. kv. ktch/ Ts , Bu yerda V – sikl davomida yumshatilgan gruntning xajmi, m3 ; kv – mashinadan vaqt bo‘yicha foydalanish koeffisiyenti; ktch – mashinaning itargich bilan ishlashini xisobga oladigan koeffisiyent; Ts – siklning davomiyligi, s. Yumshatgich moki sxemada ishlaganda sikl davomiyligi Ts = (l/vix) + (l/vcx) + tt + tp, Bu yerda vix va vcx yumshatgichning ish va salt xarakati tezliklari, m/s; tt – uzatmalarni almashlab ulash vaqti (t 5c); tp – yumshatgichni tushirish vaqti (tp = 2,3s). Yumshatgich buylama – burilish sxemasida ishlaganda traktorning uchastkalar oxirida burilishi uchun sarflanadigan vaqt tb kushilib, salt yurishiga ketadigan vaqt chegirib tashlanadi. Caterpillar D6R seriya III yumshatgich To‘nka kovlagichlar to‘nka ko‘porishda yer uchastkalarini ildiz va yirik toshlardan, kirkilgan butalardan va ag‘darilgan daraxtlardan tozalashda ishlatiladi. To‘nka kovlagichlar kanatli yoki gidravlik boshqariladigan, ish organi traktor oldiga va orqasiga osiladigan qilib tayyorlanadi. To‘nka kovlagichlarni boshqarish uchun buldozer va skreperlarda ishlatiladigan chigir va gidrosistemalardan foydalaniladi. Ish organi traktor oldiga osiladigan kundakovlar (rasm-1) ko‘ndalang kesimi qorobkasimon bo‘lgan pastki qismiga turtta-oltita tish o‘rnatilgan otval-balkadan iborat bo’lib, u universal buldozerning itarish ramasiga maxkamlanadi. Tishlar po‘lat pona yoki vintlar yordamida maxkamlanadi, shuning uchun ularni almashtirish oson. Otval-balka universal buldozerni boshqarish uchun traktorga o‘rnatilgan boshqarish privodi bilan ko‘tarib-tushiriladi. Rasm-1. Osma to‘nka kovlagich. To‘nka ko‘porishda to‘nka kovlagich otvali transport xolatida unga (to‘nkaga) yakinlashtiriladi. Otval 0,5-1 m masofada tishlari yerga botadigan qilib tushiriladi. Oldinga xarakat kilganida ildiz kirkiladi va to‘nka ko‘porib olinadi. To‘nka kuzgolishi bilanok ko‘tarish mexanizmi yordamida u yuqoriga ko‘tariladi, sungra traktorni oldinga yurgizib ko‘porilgan to‘nkalar maxsus joyga suriladi yoki orqaga yurib undan bushatiladi. Katta to‘nkalarning otval bosadigan tomonidagi ildizlari oldin kirkib olinib, sungra sugiriladi. To‘nka kovlagichlarning ish organi ko‘ndalang kesimi qorobkasimon balka sifatida tayyorlangan bo’lib, unga kuyma bashmaklar payvandlangan. To‘rtta tishni ponalar yordamida maxkamlash uchun bu bashmaklarda uyalar bor. Ish organining kamrash kengligi 1380 mm, tishlar o‘rtasigacha bo‘lgan masofa440 mm, tishlar kalinligi 60 mm, otvalning tishlari bilan birgalikdagi umumiy uzunligi 1250 mm. Yer qazish ishlari qurilish ishlarida keng tarqalgan va sermexnat ko‘rinishdan xisoblanadi. Bu ishlar tez-tez bir necha oy uzoqqa cho‘ziladi va qurilish ob’yeqtning tayyorgarligining umumiy muddatini aniqlaydi. Yer qazish mashinalari rivojlanishning mashaqqatli va uzun yo‘lini bosib o‘tdilar. Berilgan ko‘rinishdagi birinchi mashinalardan biri dvigateli 15 ot kuchiga ega bo‘lgan ko‘p kovshli zemlecherpalka bo‘lgan. U 1836 yilda AQSHda birinchi bor kovsh (cho‘mich)li bugli ekskavator kurildi. Yer qazish mashinalarini ko‘plab ishlab chikarish 1935-40 yillarda boshlandi va 50-yillarda davom etgan. Gidrotexnik, yo‘l va sanoat qurilishlari juda katta xajmdagi yer ishlari bilan farqlanadi. Yer (tuproq) ishlarining texnologik jarayoni bir kancha asosiy va yordamchi operatsiyalardan tashkil topgan. Asosiy operatsiyalarga tuproqka ishlov berish, uni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirib (transportirovka qilib) yer qurilishiga joylash va tekislashlar kiradi. Yordamchi operatsiyalarga esa tuproqni tayyorlash, ishlov berish (yumshatish, chopish), suvni kamaytirish, kotlovanlarning atrofini urab turuvchi devorlar va xokazolar kiradi. Tuproq ishlarini ishlab chikarish sharoitlari bizning mamlakatimizda (uning kattaliklarining kuchiga qarab) xaddan tashkari xilma-xil. Ular tuproqning xolati, bajariladigan joyning iklimi va meteorologik (ob-xavo) xususiyatlari bilan, bir joyga karatilganlik bilan va uzluksizligi bilan farqlanadi. Yer qurilishlari turli xil konstruksiyalar va kattalik (ulcham)larga ega. Tuproq ishlarining ishlab chikarishning tashkil qilish va texnologiyasi ularning sharoitlariga muvofik xam farqlidir. Shularni xisobga olgan xolda ko‘p turdagi va kattaliklardagi yer qazish mashinalari yaratildi. Asosiy yer qazish mashinalarining ish jarayoniga ko‘ra, bir qator guruxlarga ajratish mumkin: O‘zining dvigatelining energiyasi hisobiga yer qazish mashinalari tuproqni massivdan ajratadilar. Bunda tuproq bir joydan ikkinchi joyga olinayotganda, ularning orasidagi masofa mashinaning konstruktiv elementlari ulchamlari bilan aniqlanadi. Yer qazish mashinalari guruxiga turli xil tipdagi ekskavatorlar kiradi. Download 5.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling