1-mavzu: Avtomobilning tortish-tezlik xususiyati Avtomobilning tortish tezlik xususiyatini baholovchi ko’rsatkichlar


Download 347.01 Kb.
bet4/9
Sana07.05.2023
Hajmi347.01 Kb.
#1439415
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-mavzu

4.4. Avtomobilning dinamik pasporti


Dinamik xarakteristika, yuklanish nomogrammasi va shataksirashni nazorat qilish grafigining umumiy yechimi avtomobilning dinamik pasporti deyiladi.
Dastlab to’liq yuklangan avtomobilning dinamik xarakteristikasi aniqlanadi. Agar avtomobilning og’irligi dan biror miqdorgacha o’zgarib turishini e’tiborga olsak, dinamik omil ham o’zgaruvchan bo’ladi:
(4.13)
Avtomobilning har bir yuklanishida dinamik omilni qaytadan hisoblab o’tirish o’rniga yuklanishlar nomogrammasidan foydalanish tavsiya etiladi. Yuklanishlar nomogrammasini qurish uchun dinamik xarakteristikaning abstsissa o’qi chap tarafga davom ettirilib, bu o’qqa ixtiyoriy uzunlikdagi kesma o’lchab qo’yiladi. Kesmaga yuk avtomobillari uchun foizlar ko’rinishida yuklanish miqdori, yo’lovchi avtomobillar uchun esa yo’lovchilar soni shkalasi qo’yiladi. Yuklanish shkalasining nol nuqtasidan boshlab ordinata o’qiga parallel bo’lgan vertikal to’g’ri chiziq o’tkaziladi. Ushbu yangi o’qqa avtomobilning yuklanmagan holdagi dinamik omilining shkalasi o’lchab qo’yiladi. dinamik omil shkalasi uchun masshtab miqdori tanlanadi:
(4.14)
bu yerda to’la yuklangan avtomobilning dinamik omil shkalasining masshtabi;
- avtomobilning haydovchi bilan birgalikdagi xususiy og’irligi, n.
va shkalalarining bir xil qiymatlari o’zaro to’g’ri chiziq yordamida birlashtiriladi (4.3-rasm).
Yuklanishlar nomogrammasidagi qiya chiziqlar dinamik omilning yaxlitlangan, butun qiymatlariga mos keladi. Dinamik omilning oraliq qiymatlarini aniqlash uchun interpolyatsiyalash usulidan foydalaniladi.

4.3-rasm. Avtomobilning dinamik pasporti
Masalan, nomogrammada ixtiyoriy tanlab olingan nuqta avtomobilning 80% yuklanish holatiga mos kelgan bo’lsin. Dastlab nuqtadan abstsissa o’qiga parallel chiziq o’tkazib, uning egri chizigi bilan uchrashish nuqtasini aniqlaymiz. So’ngra vertikal chiziq yordamida avtomobilning harakat tezligini aniqlaymiz . nuqta dinamik omilning 0,05 va 0,1 oralig’idagi miqdorga to’g’ri kelishini bilgan holda, ushbu oraliqni bir necha teng bo’laklarga bo’lib, nuqta uchun dinamik omil taxminan 0,09 ga teng bo’lishini hisoblab topish mumkin.
Shataksirashni nazorat qilish grafigi ilashish bo’yicha dinamik omilning yuklanishiga bog’liqligini ifodalab, yetakchi g’ildiraklarning shataksirash imkoniyatini aniqlaydi. Dastlab qiymatdan boshlab ilashish koeffitsiyentining bir qancha joriy qiymatlari uchun avtomobilning to’la va chala yuklanish holatlari uchun va ilashish bo’yicha dinamik omillar formulalar yordamida hisoblab olinadi.
(4.15)
bu yerda – avtomobilning yuklanmagan holatida yetakchi g’ildiraklari qabul qiladigan og’irlik kuchi, .
Shundan keyin ning qiymatlari yuklanishlar nomogrammasining shkalasi bo’yicha, qiymatlar esa shkalasi bo’yicha qo’yib chiqiladi va topilgan nuqtalar shtrix chiziqlar orqali o’zaro tutashtiriladi.
Shataksirashni nazorat qilish grafigidan foydalanib, yetakchi g’ildiraklari yo’l bilan ilashishda bo’lganda avtomobilning harakatiga qo’yiladigan cheklanishlarni aniqlash mumkin. Masalan, berilgan yuklanish va qarshilik koeffitsiyenti miqdoriga qarab, ilashish koeffitsiyentining eng kichik qiymatlarini aniqlash mumkin. Rasmdan ko’rinadiki, foiz va bo’lganda, ga teng bo’lishi aniq bo’ladi ( nuqta). Avtomobil ning ushbu qiymatida faqat birinchi uzatmada harakatlanishi mumkin bo’ladi. Agar yo’lning qarshiligi avtomobilning harakatlanishiga to’sqinlik qilmasa, u eng katta tezlik bilan harakatlanishi mumkin.

Download 347.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling