Avtomobilning ketma-ket to’xtab, so’ngra shig’ov bilan yurishda yoki o’zaro almashinib turuvchi ko’tarilish va tushishga ega bo’lgan yo’llarda salt harakatlanish hodisasi kuzatiladi. Salt harakat paytida dvigatel transmissiyadan uzib qo’yiladi, yetakchi g’ildiraklarga burovchi moment uzatilmaydi, ya’ni tortish kuchi mavjud bo’lmaydi.
Odatda avtomobilning salt harakatlanishidagi dinamik xususiyati ko’rsatkichlari qattiq qoplamaga ega bo’lgan gorizontal yo’l uchastkasida aniqlanib olinadi. Buning uchun avtomobil turg’un tezlikka erishgunga qadar shig’ov bilan yurib borib, so’ngra nazoratchining ishorasi bilan ilashish muftasi dvigateldan ajratiladi. Avtomobilning tezligi, bosib o’tilgan yo’l va sarflangan vaqt maxsus o’ziyozar asboblar orqali qayd etiladi.
Salt yurish davomida avtomobilning harakat tenglamasi quyidagicha yoziladi.
(4.21)
bu yerda: –yetakchi g’ildiraklarga olib kelingan transmissiyaning ishqalanish kuchi.
(4.22)
Sekinlashish miqdorini (4.21) tenglikdan bo’lgan hol uchun quyidagicha aniqlash mumkin:
(4.23)
Salt yurish paytida tezlanish yoki sekinlashishning avtomobil tezligiga bog’liqligi asosan yo’lning gorizontga nisbatan qiyaligi bilan baholanadi.
Avtomobil nisbatan kichik tezliklarda harakatlanganda va qarshilik kuchlarini e’tiborga olmaslik mumkin. U holda salt yurish paytidagi sekinlashish quyidagicha aniqlanadi.
(4.24)
4.7. Ekspluatatsiyada uchraydigan faktorlarning tortish dinamikasiga ta’siri
Avtomobilning nazariy yoki tajriba yo’li bilan aniqlangan dinamik ko’rsatkichlari uning ayrim sharoitdagi harakatlar uchun mosdir. Masalan, yo’l to’g’ri va tekis bo’lsa, uning umumiy qarshiligi o’zgarmaydi, harakatda o’zgaruvchi to’siqlar uchramaydi. Avtomobilning hisoblangan dinamik ko’rsatkichlari uning eng yuqori imkoniyatlarini aniqlaydi. Avtomobilni hisoblash natijasida va tajriba yo’li bilan aniqlangan dinamik ko’rsatkichlari bir-biridan ancha farq qiladi. Bunga avtomobilning texnikaviy holati va ishlash sharoitlarining o’zgarishi sabab bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |