1-mavzu. Axborot resurslarining asosiy tushunchalari


Download 0.78 Mb.
bet7/18
Sana08.09.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1674323
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
01-mavzu

Elektron darslik - Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturiga mos keladigan o‘quv predmeti yoki uning biror bo‘limi, qismining mazmunini tizimli bayon qiladigan va shu shakldagi nashr sifatida maxsus tasdiqdan o‘tgan elektron o‘quv nashri.
Elektron o‘quv qo‘llanma – darslik o‘rnini qisman yoki to‘liq bosadigan yoki almashtiradigan va shu shakldagi nashr sifatida maxsus tasdiqdan o‘tgan elektron o‘quv nashr.
Elektron ishlanma – bitta bobni yoki bitta mavzuni elektron shaklda turli materiallardan iborat, elektron ta’lim resurslari orqali taqdim etish.

O‘zbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrdagi “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi 439-II-son Qonuni.


O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 13 apreldagi “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ-280-son Qonuni.
O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-son Qonuni.


Ta’limda elektron resurslar
Zamonaviy o’quv elektron nashrlarni tahlil etish ularning murakkab tuzilishga ega bo’lib, kassifikatsiyaga muxtojligini ko’rsatdi. Elektron o’quv nashrlar klassifikatsiyasi asosida ham o’quv, ham elektron hamda dasturiy vositalar klassifikatsiyalarining umumiy metodlari yotadi:
O’quv nashrlari quyidagi turlarga bo’linadi:
- o’quv jarayonidagi ahamiyati va o’rnini belgilovchi funksional xususiyatiga ko’ra;
- maqsadiga ko’ra;
- taqdim etiluvchi axborot xarakteriga ko’ra;
- matnning tashkil etilishiga ko’ra;
- ifoda etilish shakliga ko’ra .
Elektron nashrlar quyidago turlarga bo’linadi:
- bosma ekvivalentining mavjudligiga ko’ra;
- asosiy axborot tabiatiga ko’ra;
- maqsadiga ko’ra;
- tarqatilish texnologoyasiga ko’ra;
- elektron nashr va foydalanuvchi orasidagi muloqot xarakteriga ko’ra;
- davriyligiga ko’ra;
- strukturasiga ko’ra .
Xozirgi vaqtda o’quv nashrlarining to’rt xil turdagi nashrlarni o’z ichiga oluvchi tipologik modeli mavjud bo’lib, bularga:

  • Dasturiy-uslubiy (o’quv rejasi va dasturlari);

  • O’quv-uslbiy (uslubiy ko’rsatmalar, yo’riqnomalar);

  • O’qituvchi (darsliklar,o’quv qo’llanmalari, ma’ruza matnlari);

  • Yordamchi (praktikumlar,masala va mashqlar to’plamlari).

Shu bilan birga bu guruxga nazorat qiluvchi elektron o’quv nashrlari bo’lmish - test dasturlar va berilganlar bazalarini kiritish mumkin.Tuzilishiga ko’ra elektron nashrlar bir tomli (bitta axborot tashuvchida joylashtirilgan) va ko’p tomli (har bittasi alohida axborot tashuvchiga joylashtirilgan nomerlangan ikki yoki undan ortiq mustaqil elektron nashrlar)
Shunigdek bir xil formatda chiqariluvchi bir necha tomlarning majmuasidan iborat seriyali nashrlar ham mavjud.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling