1-Mavzu Axborotni kodlash turlari
-Mavzu Axboriy madaniyatni shakllantirish va rivojlantirish shart – sharoitlari va vositalari
Download 153.79 Kb.
|
1-Mavzu Axborotni kodlash turlari
6-Mavzu
Axboriy madaniyatni shakllantirish va rivojlantirish shart – sharoitlari va vositalari Axborot texnologiyalarining rivoji insoniyatning bilim olish ko‘lami va imkoniyatlarini misli ko‘rilmagan darajada kengaytirdi. Internet tarmog‘ining paydo bo‘lishi va bu sohadagi boshqa yutuqlar barcha uchun bilim olish imkoniyatlarini tenglashtirdi. Bunday o‘zgarishlar ro‘y berayotgan jamiyatda yashash o‘ziga xos ma’suliyatlarni zimmasiga olishni nazarda tutib, odam o‘zini-o‘zi tarbiyalashi va hajmi misli ko‘rilmagan darajada ortib ketayotgan axborotni “hazm qilishga” ko‘nikish lozimligini nazarda tutadi. Shu o‘rinda eng ishonchli va eng to‘g‘ri ma’lumotlarni sarashni o‘rganishning ahamiyati ham tobora yuksalib bormoqda. Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasida olib borilayotgan islohotlar ta’lim muassasalari kutubxonalari faoliyatini ham zamonaviy talablar va ehtiyojlardan kelib chiqqan holda qayta tashkil etish, takomillashtirish zaruriyatini kun tartibiga qo‘ymoqda. Chunki ular ta’lim tizimi mazmunan va shaklan yangilanayotgan bir pallada hosil bo‘layotgan kuchli axborot oqimini qabul qilish, jamlash va o‘z o‘rnida, ularni keng jamoatchilik, professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda o‘quvchilarga eng manzur yo‘llar bilan taqdim etishdek muhim vazifani bajarishlari lozim. Ushbu axborot manbalariga, birinchi galda, o‘quv adabiyotlari, me’yoriy hujjatlar, metodik qo‘llanmalar va bevosita ta’lim jarayoniga taalluqli bo‘lgan boshqa manbalar kiradi. Respublikamizda ta’limni modernizatsiyalashtirilayotgan jarayonda jamiyatni tezkor axborotlashtirish, o‘quv nashrlari bozorini barpo etish, axborot texnologiyalarini rivojlantirish bilan uyg‘un tarzda kechmoqda. Bularning barchasi ta’lim muassasalari kutubxonalarining ajralmas qismi, chinakam axborot ta’minoti markazi, shaxsning axborot olish madaniyatini shakllantiradigan bazasiga aylantirishni taqozo etadi. Shuni ta’kidlash kerakki, har bir ta’lim muassasasi global axborot tarmog‘idan o‘ziga zarur bo‘lgan ma’lumotlarni olishi va qayta ishlab, foydalanishi lozim. Ilgarilari moddiy ne’matlar jamg‘arishga katta ahamiyat berilgan bo‘lsa, endilikda axborotlar va bilimlar jamiyatning bosh resurslariga aylanib bormoqda, ya’ni axborotga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgarib, u jamiyat va davlatni rivojlantirishning tabiiy, moliyaviy, mehnat va boshqa resurslarlari bilan bir qatorda, turgan strategik resurs sifatida anglana boshlandi. Zamonaviy axborot-resurslari, axborot tizimidagi hujjatlar oqimining tavsif va xususiyatlari tobora o‘zgarib bormoqda. Axborot texnologiyalari rivojlanishining bugungi darajasiga ko‘ra, qog‘oz shakldagi axborot tashuvchilar elektron vositalarga o‘tkazilmoqda. Bu holat hujjatlar va ma’lumotnomalargagina emas, balki badiiy matnlar, nazariy, pedagogik va metodik adabiyotlarga ham taalluqlidir. Internet tarmog‘idan foydalanish imkoniyati axborotlarni mislsiz tezlikda, Yer yuzining istalgan nuqtasidan turib, uzatish va qabul qilish imkonini bermoqda. Axborot texnologiyalari rivojlanishi tufayli hayotimizga Internet kirib keldi, kitoblar ham, matbuot nashrlari ham elektron shaklda taqdim etila boshlandi. Axborot oqimining ko‘pligi u bilan tanishish, qayd qilish, unga ishlov berish, undan foydalanishga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirish, ya’ni axborot olish madaniyatini egallash zaruriyatini keltirib chiqardi. Endi kutubxona deganda, o‘quvchilarning kitob o‘qishi haqidagina emas, balki pedagoglar boshqacha aytganda, aholining mutolaa madaniyati to‘g‘risida fikr yuritish odat tusiga aylandi. Jamiyatimiz beqiyos darajada axborotlashayotgan shunday bir sharoitda kutubxonachining kasbiy tayyorgarligini tubdan yaxshilash, kutubxonachilar, o‘quvchilar, talabalar va professor-o‘qituvchilarning axborot olish madaniyatini shakllantirish, bu borada ularning o‘zaro hamkorlik qilishlarini ta’minlash vazifasi yuzaga keldi, bu vazifa davlat buyurtmasiga aylandi. Axborotlashayotgan jamiyatda fuqarolarning axborot olish madaniyatini shakllantirish dolzarb ahamiyatga ega. Mana shu jarayonning samarali kechishida esa pedagoglarning o‘rni beqiyos. O‘quvchi, talabaning kitob o‘qishi, pedagoglarning nazariy, pedagogik va metodik adabiyotlar bilan o‘z vaqtida tanishib borishlari, shu yo‘l bilan bilimlarini oshirishlari, dunyoqarashi, o‘qimishli kishilarga xos jihatlarini tarbiyalashlari, kasbiy mahoratlarini yuksaltirishlari bevosita axborot olish madaniyatining shakllanishi bilan bog‘liq. Axborot-resurs markazlarining tashkil etilishi o‘quvchilarga axborot olishning zamonaviy, avtomatlashgan shaklini taqdim etadi. Metodik adabiyotlarda ilgari surilgan fikrlarni umumlashtirish hamda ularni tahlil etish kitobxonlarda axborot olish madaniyatini shakllantirish zaruriyatini keltirib chiquvchi omillar quyidagilardan iboratligini e’tirof etish imkonini beradi: ta’lim modeli o‘zgarib, bir umrga yetadigan bilim olish o‘rnini umr bo‘yi ta’lim olish egallay boshlaganligi; axborot ko‘lamining jadal ortib borayotganligi; jamiyatning keng miqyosda axborotlashayotganligi; axborot olishda u bilan tanishishning o‘zi yetarli emasligi; axborot olish oz miqdordagi adabiyotlar bilan cheklanishni ifoda etmasligi; Bugun kompyuterga ega Internetga ulanish imkoniyati mavjud bo‘lgan xonadonlar, tashkilotlarga axborot jadal kirib bormoqda. Bunday axborotlashuv jarayoni jamiyatning axborot-resurslari zahirasida. Download 153.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling