Ekologiya va suv huquqi manbalari


Download 16.51 Kb.
bet1/2
Sana31.01.2023
Hajmi16.51 Kb.
#1145180
  1   2
Bog'liq
Ekologiya va suv huquqi manbalari


Ekologiya va suv huquqi manbalari
Har bir fan, huquq sohasi o`z manbalariga ega bo`lib, ushbu manbalar asosida rivojlanadi.

Tabiat bilan jamiyat o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni tartibga solishda yordam beradigan, qatnashadigan huquqiy hujjatlar ekologiya huquqining manbasi sifatida qaralishi mumkin.

Ekologiya huquqining manbalari sifatida me'yoriy-huquqiy hujjatlar hisoblanadi.

Shuni alohida ta'kidlash joizki, har qanday huquqiy hujjat manba bo`lib xizmat qilmaydi.

Ekologiya huquqining manbasi sifatida qaralayotgan huquqiy hujjat quyidagi talablarga javob berishi kerak:

Vakolatli davlat organlari tomonidan qabul qilinganligi;

Belgilangan doirada majburiy ahamiyat kasb etishi;

Ekologik qoida-talablarni belgilashi;

Rasmiy shakl, tuzilish, amal qilish muddatlari va boshqa atributlarga ega bo`lishi, hakozo.

Ekologiya huquqining manbalari – deganda atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini ta'minlash bilan bog`liq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda xizmat qiladigan qonunchilik hujjatlari tushuniladi.

Ekologik munosabatlarni tartibga soluvchi konstitutsiyaviy qoidalar, O`zbekiston Respublikasi qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining farmon va qarorlari, Maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlari hamda mahalliy davlat hokimiyat organlarining me'yoriy hujjatlari yig`indisi ekologik qonunchilik hujjatlari tizimini tashkil etadi.

Ekologiya huquqining manbalari keng qamrovli ijtimoiy munosabatlarni tartbiga solishi uchun ham ularni quyidagicha tasniflash mumkin:

yuridik kuchi bo`yicha manbalarni qonunlar va qonunosti me'yoriy hujjatlarga bo`linadi;

Ekologik munosabatlarni tartibga solinishi yo`nalishlari bo`yicha:

tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi;

tabiiy resurslardan oqilona foydalanish qonunchiligi;

aholining ekologik xavfsiziligini ta'minlash qonunchiligi.

munosabatlarni tartibga solish predmeti bo`yicha:

umumiy va maxsus ekologik qonunchilik hujjatlari.

huquqiy tartibga solish holati bo`yicha moddiy va protsessual ahamiyatidagi qonunchilik hujjatlari;

qonunchilik hujjatlarining tizimi bo`yicha oddiy kodifikatsiyalashgan va va manbalar;

qonunchilik hujjatlarining qo`llanilish doirasi bo`yicha:

xududiy-mintaqaviy

respublika miqyosida

xalqaro miqyosidaga manbalar va hokazo.

Demak, ekologiya huquqining manbalari atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, aholining ekologik xavfsizligini ta'minlash bilan bog`liq jarayonlarda paydo bo`ladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan qonunchilik hujjatlari tizimida iboratdir.

Ekologik qonunchilik hujjatlari murakkab tizimga ega bo`lib, o`z mazmun-mohiyatiga ko`ra biz ularni o`rganishni oson bo`lishi uchun uch asosiy qismga bo`lib o`rganamiz:

Ekologiya huquqining konstitutsiyaviy asoslari;

Ekologiya sohasidagi O`zbekiston Respublikasining qonunlari tizimi;

Ekologiya sohasidagi qonunosti me'yoriy hujjatlar tizimi.


Ekologiya huquqining asosiy manbasi bo`lib O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasihisoblanadi.

Asosiy qonunimizning 50, 54, 55 va 100-moddalarida tabiatni muhofaza qilish, tabiiy boyliklarimizdanoqilona foydalanish bilan bog`liq ekologik huquqiy qoida-talablar mustahkamlangandir.1

Konstitutsiyamizning 50-moddasida «Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishga majburdirlar» – deb, belgilanib fuqarolarning ekologik majburiyatlarini konstitutsiya darajasida mustahkamlaydi.

«Jamiyatning iqtisodiy negizlari» – deb, nomlangan XII-bobda, respublikamiz hayotining iqtisodiy asoslari ya'ni mulkchilik masalalari, xo`jalik yuritish va tadbirkorlik faoliyatining kafolatlari belgilanib, hozirgi paytda bozor munosabatlarini rivojlantirish amalga oshirilayotgan islohotlarni chuqurlashtirishda ahamiyati beqiyosdir.

Ushbu bobning 54-moddasida quyidagicha belgilangan: «Mulkdor mulkiga o`z hohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo`riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart».

Ushbu moddada birinchidan, mulk huquqining mazmuni e'tirof etilsa, ikkinchidan, mulkdan foydalanish huquqiga ega bo`lgan jismoniy va yuridik shaxslarning xo`jalik va ishlab chiqarish jarayonida ekologik muhitga ziyon yetkazmasligi ya'ni ularning ekologik majburiyatlari mustahkamlanadi.

Konstitutsiyaning 55-moddasida «Yer, yer osti boyliklari, suv, o`simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur deb, ifodalangan bo`lib, davlat ekologik siyosatining asosiy tamoyillarini o`z ichiga oladi.

Ushbu konstitutsiyaviy qoidaning ahamiyati shundaki, birinchidan, mustaqilligimizni moddiy asosini tashkil etuvchi tabiiy boyliklarining xalqimizning boyligi, mulki ekanligi, ikkinchidan, tabiiy resurslardan faqat oqilona foydalanish zarurligi, uchinchidan, respublikamiz tabiati davlat muhofazasiga olinganligi, ya'ni ekologik-huquqiy munosabatlarni davlat tomonidan kafolatlanishi kabi muhim tamoyillarni mustahkamlaydi.

Asosiy qonunimizning XX1-bobi, bag`ishlangan bo`lib, mahalliy davlat hokimiyati organlarining huquqiy holati belgilangan. Ushbu bobning 100-moddasida mahalliy davlat hokimiyat organlari vakolatlarining asosiy yo`nalishi sifatida - atrof muhitni muhofaza qilish kabi ma'suliyati e'tirof etilgan.

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qoida-talablari va tamoyillari asosida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan qonunlar qabul qilinadi.

Asosiy qonunimizda davlat ekologiya siyosatining asosiy yo`nalshlari belgilansa, ushbu konstitutsion qoidalarga mos ravishda qabul qilinadigan qonunlarda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning talablari, mexanizmi mustahkamlanadi.

Respublikamiz mustaqilikka erishgandan so`ng O`zbekiston Respublikasining quyidagi qonunlari qabul qilindi:

- O`zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to`g`risida» gi qonuni;

- O`zbekiston Respublikasining «Muhofaza etiladigan tabiiy xududlar to`g`risida» gi qonuni;

- O`zbekiston Respublikasining «Davlat saniyatariya nazorati to`g`risida» gi qonuni;

- O`zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish to`g`risida» gi qonuni;

- O`zbekiston Respublikasining «Atmosfera havosini muhofaza qilish to`g`risida» gi qonuni;

- O`zbekiston Respublikasining «O`simlik dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to`g`risida» gi qonuni;

- O`zbekiston Respublikasining «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to`g`risida» gi qonuni;

- O`zbekiston Respublikasining «Yer kodeksi»;

- O`zbekiston Respublikasining «Davlat yer kadastri to`g`risida» gi qonuni;

- O`zbekiston Respublikasining «O`rmon to`g`risida» gi qonuni;

- O`zbekiston Respublikasining «Ekologik ekspertiza to`g`risida» gi qonuni va boshqalar.

Ushbu qonunlarda tabiatni muhofaza qilish, tabiiy obyektlardan oqilona foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini ta'minlash bilan bog`liq ijtimoiy munosabatlarning maqsadi, vazifasi, obyekt va subyektlari, tabiiy resurslarning huquqiy holati, ushbu sohada yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari, majburiyatlari, erkinliklari, kafolatlari va vakolatlari, tabiiy resurslardan foydalanish va ularni muhofaza qilish tartibi, muddati va talablari, ekologik qonunchilik talablarini buzganlik uchun yuridik javobgarlik chora-tadbirlari kabi ekologik-huquqiy qoida talablari belgilangandir.

Shuning uchun ham yuqorida ta'kidlangan ta'kidlangan O`zbekiston Respublikasining Qonunlari ekologik munosabatlarni tartibga solish uchun qabul qilingan bo`lib, ekologiya huquqining maxsus manbasi sifatida e'tirof etiladi.

Shuni alohida ta'kidlash lozimki tabiat-jamiyat tizimidagi o`zaro ta'sirlar ya'ni ekologik ijtimoiy munosabatlarning doirasi keng va murakkab bo`lib, ularni tartibga solish jarayenida jamiyat va davlat hayotining barcha vositalaridan foydalanadi ya'ni nafqat ekologiya huquqining maxsus qoida-talablaridan balki boshqa huquq sohalarining qoida-talablarini muvofiqlashtirgan holda qo`llaniladi.

Demak, ekologik huquqiy mexanizmini ta'minlashdi turli huquq sohalarining quyidagi me'yoriy hujjatlari ham ekologiya huquqining manbasi sifatida ham qaraladi:

1. O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi;

2. O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi;

3. O`zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi;

4. O`zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi va boshqalar.

Ushbu qonun hujjatlari ham ekologik qoida talablarni belgilagan holda ekologiya huquqidagi maxsus qoida-talablar bilan bog`liq ravishda ekologik qonunchilikni buzganlik uchun intizomiy, ma'muriy, jinoiy, fuqarolik javobgarlikni qo`llash, tabiatdan foydalanganlik uchun soliq va turli to`lovlarni to`lash bilan bog`liq jarayonlarni tartibga soladi.

Ekologiya sohasidagi O`zbekiston Respublikasining Qonunlari davlat ekologik-huquqiy mexanizmini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega bo`lib, qonun osti me'yoriy hujjatlar bilan o`zaro bog`liq ravishda ekologik munosabatlarni tartibga soladi.

Qonun osti me'yoriy hujjatlarimizning asosiy maqsadi va vazifasi, konstitutsiyaviy tamoyillar, qonunlarda belgilangan maxsus qoida-talablarni amalda qo`llanilishini osonlashtirish, ma'muriy hududlarning tabiiy holati asosida me'yoriy qoida-talablarni belgilash, ularning hayotiyligini ta'minlash va asosiy qoida-talablarni barcha yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazishdan iborat bo`ladi.

Ekologiya huquqining qonun osti me'yoriy hujjatlari ham murakkab tizimga ega bo`lib, ekologik me'yorlar doirasi, qo`llanilishi tartibi, amal qilish muddati, hamda markaziy va maxsus davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyat organlari tomonidan qabul qilish ahamiyatiga ko`ra quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo`lishi mumkin.

1. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari;

2. Maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlarining me'yoriy hujjatlari (qaror, nizoim, yo`riqnoma, normativ va standartlar).

3. Mahalliy davlat hokimiyat organlarining me'yoriy hujjatlari.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari amaldagi qonun hujjatlari asosida qabul qilinib, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurlardan oqilona foydalanish, ekologik xavfsizlikni ta'minlash bilan bog`liq qoida-talablarni belgilaydi va begilangan doirada umum majburiy ahamiyat kasb etadi.

Demak, qonun osti me'yoriy hujjatlar muhim ahamiyatga ega bo`lib, konstitutsiyaviy tamoyillar va qonun hujjatlarini qo`llanilishini va ularning hayotiyligini ta'minlab ekologiya huquqi manbalarini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.



Download 16.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling