1-Mavzu. Ayrisimon bezning anatomiyasi va morfologiyasi Ishning maqsadi


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana15.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1487177
1   2   3
Bog'liq
1-amaliy mashg`ulot

Qalqonsimon bez (glandula thyroidea, 2-3-rasmlar) toq bez bo‘lib, bo‘yin 
sohasida hiqildoqning qalqonsimon tog‘ayi bilan kekirdakning yuqoridagi 3-4 
tog‘ay halqalari oldida joylashgan. Taqasimon shakldagi bez katta odamlarda 30-50 
g, chaqaloqlarda 1,8-2,5 g bo‘ladi. Bolalarning keyingi o‘sish davrlarida 10-15 g 
gacha kattalashadi. Qarilik davrida uning asta-sekin kichiklashishi kuzatiladi. 
Ammo bezning katta-kichikligi buqoq kasalligi bor odamlarda boshqacha bo‘ladi, 
ya’ni kattalashib og‘irligi hatto 1-1,5 kg ni tashkil etadi. Qalqonsimon bezning o‘ng 
(lobus dexter) va chap (lobus sinister) bo‘lakchalari, oraliq qismi bo‘yin (isthmus gl, 
thyroidei) orqali o‘zaro qo‘shiladi. Taxminan 25-30 foiz odamlarda bezning 


bo‘ynidan tepaga qarab joylashgan (lobus pyramidalis) piramidasimon bo‘lagi 
uchraydi. Bezni o‘rab turgan fibroz pardadan (capsula fibrosa) o‘sib kirgan 
o‘simtalar (trabekulalar) bez ichkarisini bo‘lakchalarga ajratadi. Bez bo‘lakchalari 
pufakchalar (follikulalar)dan iborat bo‘lib, uning ichki yuzasi kubsimon hujayralar 
bilan qoplangan. Follikulalar tarkibida quyuq kolloid moddasi bo‘lib, uning 
tarkibida yodga boy aminokislotalar, oqsil bo‘ladi. Bez tarkibida yod qon plazmasi 
tarkibiga nisbatan 300 marta oshiq bo‘ladi. Bezning yuzasini qon tomir to‘rlari va 
nerv chigallari (adashgan nerv tolalari) qoplab turadi. 
2-rasm. Qalqonsimon bez. 
1–a.laryngea superior; 2–a. thyroidea superior; 3–m. thyrohyoideus; 4–cartilago 
thyroidea; 5–v. thyroidea superior; 6–r. cricothyroideus; 7–lobus dexter; 8–m. 
cricothyroideus; 9–cartilago cricoidea; 10–a. thyroidea inferior; 11–a. thyroidea 
ima; 12–a. thyroidea inferior; 13–trachea; 14–plexus thyroideus impar; 15–v. 
thyroidea inferior; 16–isthmus glandulae thyroideae; 17–lobus sinister; 18–a. 
thyroidea superior; 19–lobus pyramidalis; 20–lig. thyrohyoideum medianum; 21–os 
hyoideum. 
I n n e r v a s i y a s i: nn. Laryngei superior et interior (n. vagus). 
Q o n t o m i r l a r i: aa. thyroidea superior dextra et sinistra (a. carotis externa 
tarmoqlari), aa.thyroidea inferior dextra et sinistra (a. subclavia tarmoqlari). Ba’zida 
yelka-bosh arteriya poyasidan qo‘shimcha a. thyroidea ima ham chiqadi. Bu 
arteriyalar bez kapsulasi ostida o‘zaro qo‘shilib, qon tomir to‘rini hosil qiladi. 
Qalqonsimon bezning orqa tanachalari (glandula parathyroidea, 361-rasm) 
to‘rtta, ba’zan beshta bo‘lib, qalqonsimon bez yon bo‘laklarining orqa yuzasiga ikki 
juft – glandula parathyroidea superior (bir juft), glandula parathyroidea inferior (bir 
juft) bo‘lib yopishib yotadi. Endokrin bezlar ichida eng kichik bo‘lgan bu bezlarning 


uzunligi 6 mm, kengligi 4 mm, qalinligi 2 mm ga teng. Har bir bez qon tomirlariga 
boy parda bilan o‘ralgan. Gormonlari kalsiy va fosfor almashinuvini bajaradi. 
3-rasm. Qalqonsimon bez va qalqonsimon bez orqa tanachalari. 
1–m. constrictor pharungis medius; 2–lig. thyrohyoideum; 3–raphe pharyngis; 4–
glandula thyroidea (lobus sinister); 5–oesophagus; 6–cartilagines tracheales; 7–
glandula parathyroidea inferior; 8–glandula thyroidea (lobus dexter); 9–glandula 
parathyroidea superior; 10–m. constrictor pharyngis inferior. 
Fabritsius haltasi anatomiyasi va morfologiyasi 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling