1-Mavzu. Ayrisimon bezning anatomiyasi va morfologiyasi Ishning maqsadi


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana15.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1487177
  1   2   3
Bog'liq
1-amaliy mashg`ulot



1-Mavzu. 
 Ayrisimon bezning anatomiyasi va morfologiyasi 
 
Ishning maqsadi: Ayrisimon bezning anatomiyasi va morfologiyasi o`rganish. 
Nazariy qism. Immun sistema juda noyob, murakkab jarayonlarni 
mukammal ravishda amalga oshiradigan tizim bo‘lib, uning asosiy vazifasi 
organizmga turli yo‘l bilan kirib olgan mikrob, virus va sodda hayvon hujayralarini 
aniqlab, ularni organizmdan chiqarib yuborishdan iborat. Immun sistemaning 
faoliyati birlamchi va ikkilamchi limfoid organlarga va ularning faoliyatiga 
bog‘liqdir. Birlamchi limfoid organga timus kiradi. Bu limfoid a’zo bo‘lib, uning 
katta qismi ko‘krak qafasida, ko‘krak suyagi dastasining orqa tomonida joylashadi. 
Ko‘pchilik hayvonlar organizmida timus ikki qismdan iborat. Odam 
organizmida esa timus ikki bo‘lakdan tarkib topgan va umumiy tuzilmani tashkil 
qiladi. Timusning katta-kichikligi yosh ulg‘ayishi bilan o‘zgarib boradi. Uning 
nihoyatda kattalashgan shakli (odam tanasiga nisbatan olinganda) ona qornidagi 
bolada va uning ikki yoshgacha bo‘lgan davriga qadar kuzatiladi. Ikki yoshdan 
jinsiy yetuklik davrigacha ham uning o‘lchovi ancha katta bo‘ladi. Jinsiy voyaga 
yetish davri tugagach, u asta-sekin kichiklasha boshlaydi va deyarli 
involyusiyaga uchraydi. O‘tmishdagi anatomlarga timyan o‘simligi bargining 
shaklini eslatgani uchun ayrisimon bez timus deb nomlangan. Odam 
organizmida ayrisimon bez, embrional davrning ikkinchi oyida uchinchi va 
qisman to‘rtinchi xalqum cho‘ntagidan rivoj topa boshlaydi. Shu davrning 
oltinchi haftasida, timus epitelial hosilaga aylanib, keyinchalik unda qon tomir 
va mezenximal elementlarning hosil bo‘lishi kuzatiladi. 7-8 haftalar orasida 
esa dastlabki limfotsitlar namoyon bo‘la boshlaydi. Shunday qilib ushbu bez 
limfoepitelial a’zoga aylanadi. Embrional rivojlanishning uchinchi oyiga kelib, 
a’zoda bo‘laklar hosil bo‘ladi va shu bilan birga uning tuzilmaga xos 
shakllanishi yuzaga keladi. Bu bezning keyingi rivoji uning sig‘imi
va vaznining 
oshishi bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. 
Ayrisimon bez yupqa biriktiruvchi kapsula bilan qoplangan, uning ostida 
bez bo‘lakchalari yotadi. Har bir bo‘lakcha ikki qatlamdan iborat. 
Bo‘lakchaning periferik, limfotsitlarga gavjum qismi - tashki_po‘stloq, markaziy, 
hujayralarga boy bo‘lmagan qismi esa miya qatlami deb ataladi. Ayrisimon 
bezning normal funksiyasi to‘g‘risidagi ma’lumot oxirgi 10-15 yillar ichida 
olingan bo‘lib, ular orasida eng asosiylari quyidagilar hisoblanadi: immunologik 
jihatdan rivojlanish, tiklanish va ko‘maklashish vakolatlari, periferik limfoid 
tizimini boshqarish va boshqalar. Immunologik nuqtai nazardan nigoh tashlansa, 
timusning asosiy vazifasi T-limfotsit populyasiyalarini ma’lum bir rivoj 
darajasiga yetkazish yoki differensiatsiyalash hisoblanadi. Bezning bu vazifasi 


gumoral omillarni ishlab chiqarish tufayli amalga oshadi. Bu gumoral omillar 
asosan bezning epitelial hujayralari tomonidan yuzaga keladi. Shunday qilib, 
timus T-limfotsit populyasiyalarining ma’lum bir yetuklik darajasiga 
ko‘tarilishida muhim o‘rin tutadi. T-hujayralarining o‘tmish avlodlari timusga 
qarab ko‘chib yurishi qobiliyatiga ega, bunda ular a’zoning ta’siri ostida
bo‘ladi. Timus tarkibidan o‘rin olgan va dastlabki rivoj bosqichida bo‘lgan 
«chakaloq» hujayralar o‘z tashqi markerlari (tamg‘alari) ga ega bo‘lmaydi. Ular 
markerlik xususiyatini ana shu a’zo ta’siri ostida asta-sekin orttiradi. 
Timusning po‘stloq qatlamini tark etgan T- limfotsitlar bir qancha sinflarga 
bo‘linib ketib, voyaga yetgan T- xelper, T - supressor va T - killer vakolatligini 
shakllantirib beradigan, o‘ziga xos markerlarni namoyon qiladi. 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling