1-mavzu: badiiy asar tahlili (ixtiyoriy) Reja
Download 16.49 Kb.
|
1-amaliy o\'zbek tili sohada qo\'llanilishi (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uyga vazifa
ULUG‘BEK HAMDAM
Ulugʻbek Hamdam (Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich) — yozuvchi, tarjimon 1968-yil 24-aprelda Oʻzbekiston Andijon viloyati Marhamat tumani Yuqori Ravvat mahallasida duradgor oilasida tugʻilgan. 1988-yilda Toshkent davlat universitetining filologiya fakultetiga oʻqishga kirib, uni 1993-yilda tamomladi. 1992-yilda, davlat taʼlim taqsimotiga koʻra, oʻqishni davom ettirish uchun u Turkiyaga Konyo shahriga joʻnatildi. 1993-1994 yillarda Sharqshunoslik institutida oʻqituvchi boʻlib ishladi. 1994-1996 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Universitetining oʻzbek filologiyasi fakultetining aspiranturasini tugatdi. 1997-yilda „XX asrning 30-yillari sheʼriyatida oʻzbekcha“ sof lirika „muammolari“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1997-yildan 2009-yilgacha Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining A.Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida katta va kichik ilmiy xodim boʻlib ishladi. 2003 yildan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining aʼzosi.[2] 2009 yildan 2016-yilgacha — „Sharq yulduzi“ jurnalining bosh muharriri[3]. 2016-yildan Alisher Navoiy nomidagi ToshDOʻTAU universitetida jahon adabiyoti kofedrasi mudiri, 2017-yildan dotsent oʻqituvchi, 2021-yildan hozirgacha Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi oʻzbek tili va adabiyoti institutida XX asr oʻzbek adabiyoti va hozirgi adabiy jarayon boʻlimi mudiri boʻlib ishlamoqda. "Tangriga eltguvchi isyon" (2002), „Atirgul“ (2006), „Seni kutdim“ (2007) sheʼriy hamda „Yolg‘izlik“[4] (2000), „Muvozanat“ (2003), „Isyon va itoat“ (2004), „Sabo va Samandar“, „Uzoqdagi Dilnura“ (2010), „Ota“ (2019) nasriy asarlari[5] va „Badiiy tafakkur tadriji“ (2003), „Yangilanish ehtiyoji“ (2007), „Jahon adabiyoti: Modernizm va postmodernizm“ (2020)[6] ilmiy asarlari bor. Ulugʻbek Hamdam Jaloliddin Rumiyning „Ichindagi ichindadir“[7] (1997, 2001), professor Usmon Turonning „Turkiy xalqlar mafkurasi“ (1995) nomli asarlarini turk tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Uyga vazifa: O‘zingiz yoqtirgan asarning qisqacha mazmunini aytib bering. Asosiy adabiyotlar 1. Abdurahmonova M., Fattaxova D., Xalmuxammedova U., Inogamova N., Egamberdiyeva N. O‘zbek tili (o‘quv qo‘llanma). – Toshkent: Mumtoz so‘z, 2018. 2. Qo‘ng‘urov R., Begmatov E., Tojiyev Y. Nutq madaniyati va uslubiyat. Darslik. – T.: “Barkamol fayz media”, 1992. – 424 bet; 3. Muhiddinova X., Salisheva Z., Po‘latova X. O‘zbek tili (oliy ta‟lim muassasalari rus guruhlari uchun darslik). – Toshkent: O‘qituvchi, 2012. – 288 b. 4. Aminov M., Madvaliyev A., Mahkamov N., Mahmudov N. Ish yuritish (amaliy qo‘llanma). – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2017.– 456 b. Download 16.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling