1-mavzu. “Bank ishi” fanining predmeti va vazifalari


Download 63.36 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi63.36 Kb.
#1015878
Bog'liq
1-MAVZU

1-MAVZU. “BANK ISHI” FANINING PREDMETI VA VAZIFALARI

Ma’ruza rejasi

  • 1.1.“Bank ishi” fanining maqsadi, predmeti va vazifalari.
  • 1.2.Fanning boshqa iqtisodiy fanlar bilan bog‘liqligi.
  • 1.3.Banklarning mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish, real sektorni kreditlash, iqtisodiy islohatlarning borishi va samarasini ta’minlashdagi roli.
  • 1.4.Bank tizimini isloh qilish, yanada rivojlantirish va banklararo raqobatni shakllantirish borasidagi vazifalar.

«Bank ishi» fanining predmeti bo‘lib hisoblanadi.

  • bank faoliyatining huquqiy asoslari;
  • banklarni tashkil etish va ularning faoliyatini tugatish tartibi;
  • bank faoliyatini tartibga solish;
  • banklarning huquq va majburiyatlari;
  • banklarga vasiylik qilish tartibi;
  • banklarning moliyaviy ahvoli;
  • bank operatsiyalarini amalga oshirish tartiblari;
  • pul tizimi hamda pul muomalasini tashkil etish qoidalari;
  • valyutani tartibga solish va xalqaro rezervlarni boshqarish;
  • banklarni nazorat qilish;
  • banklarda hisob yuritish va hisobot;
  • bank menejmenti;
  • bankning rivojlanish tarixi kabi masalalarni o‘rganuvchi fandir.

O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunida bankka quyidagicha ta’rif berilgan:

  • «Bank - tijorat tashkiloti bo‘lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan quyidagi faoliyat turlari majmui­ni, ya’ni:
  • yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish;
  • qabul qilingan mablag‘lardan tavakkal qilib kredit berish;
  • investitsiyalash uchun foydalanish;
  • to‘lovlarni amalga oshiruvchi yuridik shaxsdir».

Bank va uning turlari


t/r

Turkumlash belgilari

Bank turlari

1. 

Vakolatiga qarab
  • emissiya qiluvchi banklar
  • tijorat banklari
  • investitsion banklar
  • universal banklar

2. 

Operatsiyalarni bajarish xarakteriga qarab
  • tarmoqlar bo‘yicha
  • mijozlar tarkibi bo‘yicha
  • miqdor bo‘yicha
  • regionlar bo‘yicha xizmat qiluvchi banklar

3. 

Mulk shakliga qarab
  • ixtisoslashgan (masalan, ipoteka) banklar
  • davlat banklari
  • aksioner (hissador) banklar
  • xususiy banklar
  • aralash banklar

4. 

Faoliyat miqyosiga qarab
  • bank konsorsiumlari
  • yirik banklar
  • o‘rta banklar
  • mayda banklar

5. 

Xizmat qilish sohasiga qarab
  • mahalliy (regional) banklar
  • regionlararo banklar
  • milliy banklar
  • xalqaro banklar

6. 

Sho‘balar soniga qarab
  • sho‘basi bor banklar
  • sho‘balari yo‘q banklar

Bank o‘z faoliyati jarayonida quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi:

  • jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan vakil banklarning hisob varaqalarini ochish va yuritish hamda hisob varaqlar bo‘yicha hisob-kitob qilish;
  • omonatlarni jalb qilish;
  • o‘z mablag‘lari va jalb qilingan mablag‘lar hisobidan o‘z nomidan kreditlar berish;
  • chet el valyutasini naqd pul va naqd bo‘lmagan pul shakllarida yuridik hamda jismoniy shaxslardan sotib olish, sotish va ayirboshlash;
  • pul mablag‘lari veksellar, to‘lov va hisob-kitob hujjatlarini inkasso qilish;
  • uchinchi shaxs nomidan majburiyatlarning bajarilishini nazarda tutuvchi kafolatlar berish;

Bank o‘z faoliyati jarayonida quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi:

  • uchinchi shaxs nomidan majburiyatlarning bajarilishini talab qilish huquqini olish;
  • qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, xarid qilish, sotish, hisobni yuritish va saqlash, ularni boshqarish va boshqa operatsiyalarni bajarish;
  • davlat faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;
  • kichik va o‘rta tadbirkorlikni kredit bilan ta’minlash;
  • trast xizmatlari - ishonch qog‘ozlar orqali mijozlar aktivlarini boshqarish;
  • faktoring xizmatlarni amalga oshirish;
  • moliyaviy lizingni bajarish;
  • iste’mol kreditini berish;

Bank o‘z faoliyati jarayonida quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi:

  • moliyaviy maslahat va axborot xizmatlarini bajarish;
  • naqd pul mablag‘larini boshqarish;
  • yuqori tavakkalchilikka ega kreditlar berish;
  • sug‘urta xizmatlarini sotish;
  • qimmatliklar bilan bo‘ladigan operatsiyalarda brokerlik xizmatlarini amalga oshirish;
  • investitsiya va boshqa xizmatlarni ado etish.

Download 63.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling