Ma’ruza rejasi - 1.1.“Bank ishi” fanining maqsadi, predmeti va vazifalari.
- 1.2.Fanning boshqa iqtisodiy fanlar bilan bog‘liqligi.
- 1.3.Banklarning mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish, real sektorni kreditlash, iqtisodiy islohatlarning borishi va samarasini ta’minlashdagi roli.
- 1.4.Bank tizimini isloh qilish, yanada rivojlantirish va banklararo raqobatni shakllantirish borasidagi vazifalar.
«Bank ishi» fanining predmeti bo‘lib hisoblanadi. - bank faoliyatining huquqiy asoslari;
- banklarni tashkil etish va ularning faoliyatini tugatish tartibi;
- bank faoliyatini tartibga solish;
- banklarning huquq va majburiyatlari;
- banklarga vasiylik qilish tartibi;
- banklarning moliyaviy ahvoli;
- bank operatsiyalarini amalga oshirish tartiblari;
- pul tizimi hamda pul muomalasini tashkil etish qoidalari;
- valyutani tartibga solish va xalqaro rezervlarni boshqarish;
- banklarni nazorat qilish;
- banklarda hisob yuritish va hisobot;
- bank menejmenti;
- bankning rivojlanish tarixi kabi masalalarni o‘rganuvchi fandir.
O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunida bankka quyidagicha ta’rif berilgan: - «Bank - tijorat tashkiloti bo‘lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan quyidagi faoliyat turlari majmuini, ya’ni:
- yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish;
- qabul qilingan mablag‘lardan tavakkal qilib kredit berish;
- investitsiyalash uchun foydalanish;
- to‘lovlarni amalga oshiruvchi yuridik shaxsdir».
Bank va uning turlari
t/r
|
Turkumlash belgilari
|
Bank turlari
|
1.
|
Vakolatiga qarab
| - emissiya qiluvchi banklar
- tijorat banklari
- investitsion banklar
- universal banklar
|
2.
|
Operatsiyalarni bajarish xarakteriga qarab
| - tarmoqlar bo‘yicha
- mijozlar tarkibi bo‘yicha
- miqdor bo‘yicha
- regionlar bo‘yicha xizmat qiluvchi banklar
|
3.
|
Mulk shakliga qarab
| - ixtisoslashgan (masalan, ipoteka) banklar
- davlat banklari
- aksioner (hissador) banklar
- xususiy banklar
- aralash banklar
|
4.
|
Faoliyat miqyosiga qarab
| - bank konsorsiumlari
- yirik banklar
- o‘rta banklar
- mayda banklar
|
5.
|
Xizmat qilish sohasiga qarab
| - mahalliy (regional) banklar
- regionlararo banklar
- milliy banklar
- xalqaro banklar
|
6.
|
Sho‘balar soniga qarab
| - sho‘basi bor banklar
- sho‘balari yo‘q banklar
| Bank o‘z faoliyati jarayonida quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi: - jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan vakil banklarning hisob varaqalarini ochish va yuritish hamda hisob varaqlar bo‘yicha hisob-kitob qilish;
- omonatlarni jalb qilish;
- o‘z mablag‘lari va jalb qilingan mablag‘lar hisobidan o‘z nomidan kreditlar berish;
- chet el valyutasini naqd pul va naqd bo‘lmagan pul shakllarida yuridik hamda jismoniy shaxslardan sotib olish, sotish va ayirboshlash;
- pul mablag‘lari veksellar, to‘lov va hisob-kitob hujjatlarini inkasso qilish;
- uchinchi shaxs nomidan majburiyatlarning bajarilishini nazarda tutuvchi kafolatlar berish;
Bank o‘z faoliyati jarayonida quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi: - uchinchi shaxs nomidan majburiyatlarning bajarilishini talab qilish huquqini olish;
- qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, xarid qilish, sotish, hisobni yuritish va saqlash, ularni boshqarish va boshqa operatsiyalarni bajarish;
- davlat faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;
- kichik va o‘rta tadbirkorlikni kredit bilan ta’minlash;
- trast xizmatlari - ishonch qog‘ozlar orqali mijozlar aktivlarini boshqarish;
- faktoring xizmatlarni amalga oshirish;
- moliyaviy lizingni bajarish;
- iste’mol kreditini berish;
Bank o‘z faoliyati jarayonida quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi: - moliyaviy maslahat va axborot xizmatlarini bajarish;
- naqd pul mablag‘larini boshqarish;
- yuqori tavakkalchilikka ega kreditlar berish;
- sug‘urta xizmatlarini sotish;
- qimmatliklar bilan bo‘ladigan operatsiyalarda brokerlik xizmatlarini amalga oshirish;
- investitsiya va boshqa xizmatlarni ado etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |