1-Mavzu bilim inson manaviy kamoloti omili


-MaVZU BMT kodeksida korrupsiyaga munosabat


Download 103.12 Kb.
bet2/12
Sana27.12.2022
Hajmi103.12 Kb.
#1068243
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
2-MaVZU BMT kodeksida korrupsiyaga munosabat
Korrupsiya murakkab ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy hodisa hisoblanib, u yoki bu darajada u hech qaysi mamlakatni chetlab o‘tmaydi. Korrupsiya demokratik institutlarga putur yetkazadi, iqtisodiy o‘sishni pasaytiradi va davlatning poydevorlarini barbod qiladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, BMTning baholashlariga ko‘ra dunyo bo‘yicha berilgan poralarning umumiy hajmi 1 trillion AQSh dollarigaga yetadi va bu dunyo yalpi ichki mahsulotining 5%iga teng demakdir. Butunjahon iqtisodiy forumi ma’lumotlariga ko‘ra esa, korrupsiya sababli biznesni yuritishga ketadigan xarajatlar o‘rtacha 10%ga ortadi. Shuningdek u sababli suv infrastrukturasini qurish bahosini qariyb 40%ga - ya’ni 12 mlrd AQSh dollariga oshiradi va bu miqdordagi mablag‘ bir yilda butun jahonda toza ichimlik suvi va sanitariyani ta’minlashga yetadi. Rivojlangan mamlakatlarda sog‘liqni saqlash sohasidagi soxtakorlik va o‘z lavozimini suiiste’mol qilish oqibatida ba’zi hukumatlar yiliga 12 mlrddan 23 mlrd AQSh dollarigacha bo‘lgan qo‘shimcha mablag‘larni sarflashga olib keladi. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (BSST) ma’lumotlariga binoan, butun dunyodagi 25% sotib olinadigan dori vositalari mansab vazifasini suiiste’mol qilinishi, poraxo‘rlik va boshqa korrupsiyaga oid faoliyatlar oqibatida yo‘qolishi mumkin ekan.

Korrupsiyaning oldini olish sohasidagi hamkorlik samarali boshqaruv sohasidagi loyihalar portfelida yaqqol namoyon bo‘ladi va davlat organlarining ochiqligi va oshkoraligi, davlatning ochiq ma’lumotlari, qonunchilik hujjatlarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi, qonunchilik hujjatlarini tartibga solish ta’sirni baholash tizimi (QHTSTBT), davlat xizmatiga konkurs asosida qabul qilish va mansabdor shaxslarning kasbiy ahloq kodeksi kabi masalalarni qamrab oladi. Bundan tashqari qator davlat xizmatlari bo‘yicha ma’muriy tartiblarni soddalashtirish, masofadan elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish, milliy darajada va tajriba viloyatlarida ochiq ma’lumotlar portali, Oliy sud rasmiy veb-saytini, shuningdek, xo‘jalik sudlarida audio-video yozib olish tizimini modernizatsiya qilish kabilarni ta’kidlash mumkin. Korrupsiyaning oldini olishda xalqaro hamkorlikni qo‘llab quvvatlash uchun 2015 yilning iyun-iyul oylarida O‘zbekistondagi BMTTD BMTning korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi bo‘yicha mamlakat majburiyatlarining va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Istanbul harakat rejasini bajarilishini o’rganuvchi missiyaning tashrifini tashkil qilishga texnik ko‘mak ko‘rsatdi. Transparency International (TI) xalqaro nohukumat tashkiloti tomonidan 1995 yildan buyon amalga oshirilib borayotgan davlatlarning korrupsiyalashganligi to‘g‘risidagi tadqiqotlar, so‘rovlarda aniqlangan davlatlarning korrupsiyalashganligi darajasi bo‘yicha reyting ko‘rsatkichlari shundan dalolat beradiki korrupsiyalashmaganligi jihatdan ilgari o‘rinda turgan davlatlar asosan rivojlangan, demokratik davlatlar sanaladi. Korrupsiyalashganligi jihatdan yuqori o‘rinlarda turgan davlatlar esa asosan sobiq sotsialistik mamlakatlar va davlat boshqaruvida nodemokratik yo‘ldan borayotgan davlatlar bo‘lib, bularga Afrika va Osiyoning boshqaruvda diktatura, avtoritar rejim o‘rnatilgan davlatlari Gonduras, Kamerun, Nigeriya, Keniya, Tanzaniya, Paragvay, Uganda va MDHning ayrim davlatlari kiradi. BMTning yuqorida qayd etilgan hujjatlarida korrupsiyaning xalqaro xarakteri va unga qarshi kurashning vositalari va metodlari haqida tavsiyaviy qoidalar o‘z aksini topgan. BMT tomonidan 2000 yilda qabul qilingan Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash Konvensiyasida korrupsiyaning tranmilliy xarakterdagi jinoyat ekanligi va unga qarshi kurashda Konvensiyaga qo‘shilgan mamlakatlarning majburiyatlari va korrupsiyaga qarshi kurashning keng qamrovli choralari o‘z aksini topgan.
BMT tomonidan qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurashga yo‘naltirilgan hujjatlar ichida 2003 yil dekabr oyida qabul qilingan Birlashgan Millatlar Tashkilotining korrupsiyaga qarshi Konvetsiyasi muhim o‘rin tutadi. Mazkur hujjatni korrupsiyani qarshi kurashga qaratilgan xalqaro huquqning universal kodifikatsiyalashgan akti sifatida baholash mumkin. Konvensiyada korrupsiyaning milliy taraqqiyot va xalqaro munosabatlar barqarorligiga tahdid va demokratik institutlar va qadriyatlarni qo‘poruvchi illat sifatida baho berilgan. Konvensiyaning korrupsiyaga qarshi kurash choralari deb nomlangan bobida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashdagi siyosat va amaliyot masalalarida davlatlarning yondoshuvi, korrupsiya vujudga kelishi mumkin bo‘lgan sohalarda davlat ko‘rishi lozim bo‘lgan choralar, bunda davlat organlarining vazifalari va ular faoliyatining tashkil etilishi to‘g‘risidagi normalar mavjud.

3


Download 103.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling