1-mavzu: Bino va inshootlar restavratsiyasi fanining mazmuni, predmeti va metodi


Download 140.56 Kb.
Pdf ko'rish
Sana12.03.2023
Hajmi140.56 Kb.
#1261972
Bog'liq
1 мавзу



1-mavzu: Bino va inshootlar restavratsiyasi fanining mazmuni, predmeti va 
metodi. 
Reja: 
1. Restavratsiya maqsadlari. 
2. Restavratsiya usullarining asosiy ta’rif-tavsiflari. 
Ma’lumki, har qanday tarixiy obidadan o‘z vaqtida vazifasiga ko‘ra foydalanilgan, 
keyinchalik saqlab kelingan, buzilgan bo‘lsa tuzatilga; baz’zan qayta tiklangan. Qadimda 
tarixiylik xissiyoti rivoj topmagan edi. Tarixiy obidalarni qayta qurishda ko‘pchilik 
ustalar eskisini buzib, yangisii qurishgan. Ba’zan eski qurilish ashyosi sifatida ham 
foydlanilgan. 
Me’moriy yodgorliklarni saqlash keyingi paytlarda ommaviy tus oldi. Binolarni 
qayta qurishdan oldin ularni xususiyatiga qaratiladigan asosiy e’tibor shundan iboratki, 
bunda yangi vazifalar nazarda tutilgan holda binolarni qayta ishlash paytida ularning 
oldingi qiyofasi mumkin qadar saqlanib qolishi birdan bir jiddiy maqsad qilib qo‘yiladi. 
Asrlar o‘tishi bilan asori-atiqalar eskiradi va buzila boshlaydi. Shuning uchun ham ularni 
ta’mirlashga to‘g‘ri keladi. 
Har qanday ta’mirlashdan ko‘zda tutiladigan umumiy maqsad me’morchilik 
asarining madaniy-tarixiy rolini hamda ahamiyatini aniqlash va tasdiqlash, shuningdek, 
ularning badiiy qadriyatlarini ro‘yobga chiqarishdan iboratdir. 
«Ta’mirlash» umumiy tushunchasining ichida ta’mirchi mutaxassislar uchun 
ahamiyat kasb etadigan bir qator torroq ma’nolar: konservatsiya, ta’mirlash, qayta qurish, 
tiklash va yangilash ham mujassamdir. Bundan tashqari mazkur me’moriy yodgorlikning 
vazifasi o‘zgaradigan bo‘lsa, undan boshqa maqsadlarda foydalanish ko‘zda tutiladi, 
binoni mana shu yangi extiyojlarga moslashtirish ishlari olib boriladi. 
Konservatsiya deyilganda odatda binoning tuzilishi, manzara detallarini 
mustahkamlash, uning qoplamalari hamda binoni atmosfera ta’siridan himoya qiluvchi 
qurilmalarini tiklash va tuzatish bo‘yicha muhandislik-texnik choralar turkumini bajarish 
tushuniladi. Bunga tamoman qarama-qarshi tarzda, odatda ishlarning bir muncha 
cheklangan turkumi me’moriy monumentni yangilash hisoblanadiki, bunda me’moriy 
yodgorlik qisman yoki hatto butunlay boshqa uslubda va boshqa loyixa bo‘yicha qayta 
quriladi. Bu holatda uning birlamchi badiiy qadriyatlari ro‘yobga chiqarilmaydi. Ilgari 
keng foydalanilgan yangilashga endilikda yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lmay qoldi. 
Konservatsiya bilan yangilash o‘rtasidagi oraliq holatni ta’mirlash, qayta qurish va tiklash 
egallaydi. 
Ta’mirlash deyilganda binoda alohida detallar va elementlarni aniqlash hamda 
qat’iy cheklangan holda qisman tiklash bilan bog‘liq tuzatish ishlarini o‘tkazish 
tushuniladiki, bularni ilmiy asoslash uchun naturadagi binoning o‘zida baxs talab 
qilmaydigan va yaqqol ko‘rinib turgan ma’lumotlar mavjud bo‘ladi. 
Qayta-qurish deganda shunday tuzatish-tiklash ishlari tushuniladiki, bunda nafaqat 
me’moriy yodgorliklarning saqlanib qolgan qismlari tuzatiladi, balki inshootning


yo‘qolib ketgan alohida qismlari, masalan, qanotlari, minoraning ustki qismi va hakozolar 
ham qayta tiklanadi. Bunday ishlar ham baxs talab etmaydigan ilmiy asoslashlar mavjud 
bo‘lgan taqdirdagina amalga oshiriladi. 
Tiklash deganda binoni poydevor ustiga yangidan barpo etish yoki nurab ketgan 
me’moriy yodgorlikning boshqa qoldiqlarini o‘rniga keltirish tushuniladi. 
Me’moriy yodgorliklarni saqlashning muhimligi, ularning badiiy va tarixiy 
ahamiyatga ega ekanligini anglab yetish jamiyat rivojlanishining dastlabki 
bosqichlaridayoq namoyon bo‘lgan edi. 
Buzilgan asarni ta’mirlashdan ko‘zda tutilgan birdan-bir maqsad, uning ilk ko‘rinishdagi 
tasvirini tiklashdir. Bu narsa asarning moddiy qiymatidan kam baxolanmaydigan 
an’anaviy nufuzini saqlab qolish uchun zarur hisoblanadi. 
Ta’mirlash zarurati haqidagi masalani hal etadigan va tiklash ishlarining uslubiy 
tomonlarini belgilab beradigan sabablar shulardan iborat. Ta’mirlashning asosiy 
tamoyillarini italiyalik me’mor Gustavo Javanchoni ishlab chiqqan. Uning nazariy 
qarashlari 1931 yilda qabul qilingan. U yodgorliklarni 2 turga «tirik va o‘lik» ya’ni 
foydalaniladigan va foydanilmaydigan turlarga ajratadi. U restavratsiyasi 5 turini qayd 
etadi: 
1. Konservatsiya - yuinoni bor holatini asrab qolgan holda kelgusi avladga yetkazish. 
Ya’ni binoni ortiqcha ta’mirsiz bor holida saqlab qolish. 
2. Anastiloz - bu usulda binoning tushib ketgan qismini o‘zining holatiga tiklab 
qo‘yish. 
3. To‘ldirish - bu usulda binoning tushib ketgan qismini to‘ldirib, lekin binoda 
to‘ldirilgan joyini eskisidan farq qiladimgan holda qoldiriladi. 
4. Ochish usuli – bu usulda binoning mazmunini qanday ekanligini ko‘rsatish uchun 
yodgorlikning bir qismi ochib qo‘yiladi. 
5. Yangilash - binoni yangitdan quriladi. 
Konservatsiya – yodgorlikni saqlash maqsadida olib boriladigan ishlar bo‘lib, uni 2 
turi mavjud: 
1) tez buzilib ketishni bartaraf etish (tirgak o‘rnatish, ustini yopish). 
2) muxandislik ta’miri. Asos va poydevorlarni mustahkamlash, konstruksiyalar 
quvvatini oshirish 
Samarqand shahri obidalarini ta’mirlashda anastiloz, ochish,to‘ldirish yangilash 
usullari keng qo‘llanilgan. Masalan, Shoxi-Zinda me’moriy yodgorliklari kompleksida 
asosan konservatsiya, usuli qo‘llanilgan. 
Buxoro me’moriy yodgorliklarida Masalan: Somoniylar maqbarasida konservatsiya va 
to‘ldirish usullari qo‘llaniladi. 
Xiva me’moriy yodgorliklarida ham konservatsiya va to‘ldirish usullari 
qo‘llanilgan. 
Kalit so‘zlar: ta’mirlash, konservatsiya, qayta qurish, yangilash, tiklash. 
Tekshirish uchun savollar: 
1. Restavratsiyaning asosiy maqsadlari to‘g‘risida so‘zlab bering.


2. Konservatsiya nima? 
3. Hozirgi vaqtda yangilash usuli keng qo‘llaniladimi? 
4. Qayta qurish va ta’mirlash deganda nimani tushunasiz? 
Adabiyotlar: 
1. Opolovnikov A.V. «Restavratsiya pamyatnikov narodnogo zodchestva», M., 
Stroyizdat. 1974 
2. «Metodika restavratsii pamyatnikov arxitekturo‘» Ye.F. Mixaylovskiy muallifligi 
asosida, M., Stroyizdat, 1977. 
3. Sh. Kantakzino., S. Brandt. «Binolar restavratsiyasi». M., Stroyizdat. 1984. 

Download 140.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling