1-mavzu: biologiya hayot haqidagi fan reja
Download 0.98 Mb.
|
маруза
bioritmlar deb ataladi. Bioritmlar - tabiiy tanlanishning natijasidir. Yashash uchun kurashda o‘z biologik jarayonlarini ritmik o‘zgarishlariga moslashtira olgan organizmlar saqlanib qoladi. Bir sutka davomida organizm fiziologik jarayonlarining ritmik o‘zgarishi kecha- kunduzlik bioritmlar deyiladi. Odamning tana harorati, arterial bosimi, kecha- kunduz davomida ritmik o‘zgarib turadi. Hujayralarning mitoz bo‘linishining tezligi, qon shaklli elementlarining miqdori ham kecha-kunduz davomida ritmik o‘zgaradi. Mavsumiy bioritmlarga fotoperiodizm misol bo‘ladi. Organizmlar
yil davomida kun uzunligining o‘zgarishiga moslashadi va ularda kechadigan fiziologik jarayonlar almashadi. Mavsumiy bioritmlar natijasida daraxtlarning gullashi, xazonrezgilik, hayvonlarning tullashi, qishki uyquga ketishi kabi hodisalar kuzatiladi. Anabioz. Hayotiy jarayonlarning davom etishi noqulay bo‘lgan muhit sharoitida organizm anabioz holatiga o‘tadi. Anabioz holatidagi organizmlarda moddalar almashinuvi sekinlashadi. Anabioz noqulay sharoitlar- ga organizmlarning muhim moslashish mexanizmlaridan biridir. Mikroor- ganizmlarning sporalari, o‘simliklarning urug‘lari, hayvonlar sistalari, tuxumlari anabiozga misol bo‘ladi. 1Ц M Tayanch so‘zlar: embrional rivojlanish, postembrional rivojlanish, yuvenil davr, pubertat davr, gomeostaz, bioritm, anabioz. Savol va topshiriqlar: Ontogenez davrlarini tushuntiring. Maydalanish, blastula, gastrula va neyrula bosqichlarini izohlang. To‘liq va chala o‘zgarishlar bilan kechadigan rivojlanishni taqqoslang. Biologik ritmlarni ifodalang va misollar keltiring. Anabioz nima, undan qanday foydalanish mumkin? Gomeostazning mohiyati va ahamiyatini tushuntirib bering. Mustaqil bajarish uchun topshiriq: O‘zlashtirilgan bilimlaringizga asoslanib insonlar hayotidagi bioritmlarga misollar kelt 1O‘zgaruvchanlikka ta’rif bering. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling