&
Saprofit
|
Parazit
|
Fototrof
|
Xemotrof
|
|
|
|
|
Mustaqil bajarish uchun topshiriq: Avval o‘zlashtirgan bilimlaringiz asosida organizmlarni mos ravishda jadvalga yozing.
ORGANIZMLARNING KO‘PAYISHI. JINSSIZ KO‘PAYISH
Ko‘payish tirik organizmlarning genetik axborotdan foydalangan holda o‘ziga o‘xshaganlarni yarata olish xususiyatidir. Tirik organizmlarning ko‘- payish xususiyati tufayli tur doirasida avlodlar almashinuvi uzluksizligi ta’minlanadi. Ko‘payish jarayonida genetik materialning xilma-xil kombi- natsiyalari hosil bo‘lishi tufayli yangi irsiy belgilarga ega organizmlar paydo bo‘ladi. Bu esa tur ichida xilma-xillikni ta’minlovchi omildir.
Tabiatda ko‘payishning ikki xil turi: jinssiz va jinsiy ko‘payish farqlanadi: Jinssiz ko‘payish. Jinssiz ko‘payish tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, bir hujayrali va ko‘p hujayrali organizmlarda kuzatiladi.
Jinssiz ko‘payishga xos xususiyatlar: ko‘payishda faqat bitta ona organizm ishtirok etadi, somatik hujayralar yordamida amalga oshadi, mitoz jarayoniga asoslangan, hosil bo‘lgan yangi organizm ona organizmning genetik jihatdan aynan nusxasi bo‘ladi.
.Jinssiz ko'payish
Do'stlaringiz bilan baham: |