1-mavzu: biologiya hayot haqidagi fan reja
Download 0.98 Mb.
|
маруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- konyugatsiya
Amaliy mashg’ulot
Mitozning biologik ahamiyati. Mitoz natijasida ikkita hujayra hosil bo‘ladi, ona hujayrada nechta xromosoma bo‘lsa, ularda ham shuncha xromosoma bo‘ladi. Qiz hujayralarining xromosomalari ona hujayra DNKsining aniq replikatsiyasidan hosil bo‘lganligi sababli ularning genlari aynan bir xil irsiy axborotni saqlaydi. Qiz hujayralar genetik jihatdan ona hujayra bilan bir xildir. Shunday qilib, mitoz irsiy axborotni ona hujayradan qiz hujayralarga o‘tkazilishini ta’minlaydi. Mitoz natijasida organizmda hujayralar soni ortadi, bu esa o‘sish mexanizmlarining eng asosiylaridan biridir. O‘simlik va hayvonlarning ko‘pgina turlari hujayralarning mitoz bo‘linishi yordamida jinssiz yo‘l bilan ko‘payadi, shunday qilib, mitoz vegetativ ko‘payishning asosida yotadi. Mitoz barcha ko‘p hujayrali organizmlarda yo‘qotilgan tana qismlarini u yoki bu darajada regeneratsiyasini ta’minlaydi. Hujayraning mitoz bo‘linishi genetik nazorat qilinadi. Mitoz hujayra hayot siklining markaziy qismini egallaydi. Meyoz. Meyoz eukariot hujayralarning o‘ziga xos bo‘linishi bo‘lib, bu bo‘linish natijasida hosil bo‘ladigan hujayralarda xromosomalar soni ikki hissa kamayadi. Meyoz ham mitoz singari interfazadan boshlanadi. Interfazada xromosomalar ikki hissa ortadi. Meyoz ikkita ketma-ket bo‘linishdan iborat. Birinchi - reduksion (meyoz I) bo‘linishda xromosomalar soni ikki marta kamayadi. Ikkinchi ekvatsion (meyoz II) bo‘linishda gaploid xromosomali hujayralar hosil bo‘ladi. Reduksion bo‘linish yadroning profaza I dan boshlanib, telofaza I gacha davom etadi. Ekvatsion bo‘linish esa profaza II dan telofaza II gacha bo‘lgan davrni qamrab oladi. 31-rasm. Krossingover jarayoni. 1 - xromatidalar; 2 - sentromera; 3 - gomologik xromosomalar; 4 - konyugatsiya jarayonida xromatidalar tetradasi; 5 - krossingover jarayoni; 6 - krossover xromosomalar. Profaza I da juft xromatidalardan tuzilgan xromosomalar spirallashib, yo‘g‘onlashib kaltalashadi. So‘ngra gomologik xromosomalar bir-biriga yaqinlashib yonma-yon joylashadi hamda xromatidalar tetradasini hosil qiladi. Bu jarayon konyugatsiya deb ataladi. Gomologik xromosomalarning o‘zaro o‘xshash qismlarining chalkashuvi oqibatida xromatidalarning ayrim qismlari almashishlari mumkin. Bu krossingover hodisasi deyiladi (31-rasm). Qayd etilgan jarayonlardan tashqari profaza I da yadro qobig‘i parchalanadi, yadrochalar yo‘qoladi. Sentriolalar ikki qutbga yo‘naladi. Metafaza I da xromosomalar o‘z sentromerlari bilan birgalikda ekvator tekisligi bo‘ylab joylashadi. Anafaza I da gomologik xromosomalar xromatidalarga ajralmagan holda qarama-qarshi qutblarga tarqaladi. Har bir juftdagi ota va ona xromosomalari qutblarga tasodifiy kombinatsiyalarda tarqaladi. Reduksion bo‘linishning keyingi fazasi telofaza I bo‘lib, u qisqa vaqt davom etadi. Bu bosqichda xromatinlar despirallashadi, yadro qobig‘i hosil bo‘ladi. Xromosomalar soni teng gaploid to‘plamga ega ikkita qiz hujayrani paydo qiladi. Meyozning birinchi va ikkinchi bo‘linishi o‘rtasidagi bosqich interkinez deb ataladi. Interfazadan farqli o‘laroq, interkinezda DNK replikatsiyasi ro‘y bermaydi. Profaza II mitoz profazasidan farq qilmaydi. Metafaza II da juft xromatidali xromosomalar o‘z sentromeralari bilan ekvator tekisligida joylashadi. Anafaza II da sentromerlar bo‘linib har bir xromatida mustaqil xromosomalarga aylanadi. Telofaza II da xromosomalar qutblarga tarqaladi va sitokinez amalga oshadi (32-rasm). / 2 Meyozning biologik ahamiyati. Meyoz jarayonida 1 ta diploid to‘plamli hujayradan 4 ta gaploid hujayralar hosil bo‘ladi. Meyoz jarayonida sodir bo‘- ladigan konyugatsiya, krossingover, gomologik xromosomalarning taso- difiy kombinatsiyalarda tarqalishi tu- fayli bir-biridan va boshlang‘ich ona hujayradan genetik jihatdan farq qiladi. Meyoz jarayoni asosida kombinativ o‘zgaruvchanlik yotadi. IJpA Tayanch so‘zlar: xromosoma, xromatida, geteroxromatin, euxromatin, sentro- mera, metasentrik, submetasentrik, akrosentrik, amitoz, mitotik sikl, mitoz, kariokinez, sitokinez interfaza, profaza, metafaza, anafaza, telofaza, meyoz. Savol va topshiriqlar: Eukariot hujayralarga qaysi yo‘l bilan bo‘linib ko‘payish xos? Prokariotlar uchun-chi? Prokariotlarda oddiy binar ko‘payish qanday kechadi? Mitoz nima? Mitoz fazalarini tavsiflang. Qanday qilib mitoz bo‘linish natijasida qiz hujayralar aynan bir xil irsiy axborotga ega bo‘ladi? Mitoz qanday biologik ahamiyatga ega? Mitoz (a) va meyoz (b) bo‘linish natijasida qanday xromosoma to‘plamiga ega hujayralar hosil bo‘ladi? о Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar: 1-topshiriq. Mitoz jarayoni bosqichlari aks ettirilgan rasmlar raqamlarini mos ravishda jadvalga yozing. 4 3
2- topshiriq. Xromosoma soni - n, xromatidaniki - с. Odamning somatik hujayralarida interfaza va mitozning quyidagi davrlarida n va c ning nisbatlarini o‘rtasidagi muvofiqlikni o‘rnating. 1) G1 davri; 2) G2 davri; 3) profaza; 4) metafaza; 5) anafaza oxirida hujayraning har bir qutbida; 6) telofazaning oxirida har bir qiz hujayrada. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling