Saidjonova mahliyo Biologiya mustaqil talim-6 MAVZU: Hujayralarning bõlinishi:mitoz va meyoz. - Hujayralarning ajoyib sifatlaridan biri – uning о'zidan kо'payishidir. Bu protsess hujayra avlodlarining tugalmasligini (turg'unligini) ta'minlaydi. Hujayra sikli (yoki hujayraning hayot sikli) – bu hujayra hosil bо'lgandan to uning bо'linishi yoki nobud bо'lishigacha bо'lgan siklik davrdir. Kо'p hujayrali hayvonlarda hujayraning hayot sikli butun organizm hayotidan qisqa bо'ladi. Kо'p hujayrali organizmda о'layotgan hujayralar doimo yangi hujayralar bilan almashinib turadi. Hujayraning reproduksiyasi organizm о'sishi va taraqqiyotining asosi hisoblanadi
- Mitoz. Mitotik bо'linish о'tgan asrning oxirlarida hayvon hujayralarida Flemming (1882), о'simlik hujayralarida Strasburger (1882) tomonidan ta'riflangan. Mitoz (yunoncha mitos – ip) bо'linish qonuniyatlari barcha hujayralar uchun umumiydir. Hujayra bо'linishidagi jarayonlar ma'lum qonuniyat asosida borib, ularni ketma-ket keladigan interfaza va mitozga bо'lish mumkin. Ba'zi bir hujayralar populyatsiyasi bо'linishda bо'ladi (kambial zona hujayralari). Bо'linishga tayyorgarlik vaqtini (interfaza) va mitoz bо'linishni qо'shib mitotik sikl deyiladi
- Mitoz jarayonining о'zida 4 faza farq qilinadi Profazada xromosomalarning kondensatsiya bо'lishi va mitotik apparatning shakllanishi kuzatiladi. Xromosomalar kattalashadi va yо'g'onlashadi. Bu hodisa S davrida hosil bо'lgan xromatidalarning spirallanishi bilan tushuntiriladi. Spiralizatsiya protsessida xromatidalarning biri ikkinchisi atrofida aylanmay, balki har biri о'zicha spiral hosil qiladi. Shuning uchun ular mitozning keyingi fazalarida yengil ajraladi. Profazaning oxirida xromosomalar juft xromatidalardan tashkil topdi. Xromosomalarning kattalashishi va yо'g'onlashishi bilan birga xromatidalar sentromerlar deb ataluvchi malum bо'lmalari bilan birlashadi. Profaza oxirida xromosomalar bо'linayotgan yadroning ekvatorial yuzasida joylashib, bо'linish dukchasini hosil qila boshlaydi
- Metafazada butunlay shakllangan xromosomalar ekvatorial yuzada joylashgan bо'ladi. Xromosomalarning dukka qarab harakat qilishi xromosoma sentromerlarining mitotik apparatning xromosoma iplarga birlashishi bilan tugaydi (ekvatorial plastinka yoki onalik yulduzi). Metakinez (xromosomalarning dukka harakati) natijasida xromosomalar duk ipchalarga nisbatan perpendikulyar yotadi, xromosomalarning bunday joylashishi ularning sonini, shaklini va kattaligini aniqlashga yordam beradi.
- Anafaza–xromosomalar xromatidalarining bir-biridan ajralishidan boshlanadi. Bu vaqtda har bir xromosoma hosil qilgan qiz xromosomalar (xromatidalar) qarama-qarshi qutbga qarab harakat qiladi. Bu tarzda «qiz yulduzi» shakllanadi. Xromosomalarning harakati bir xilda – sinxron kechadi. Bu harakat mexanizmi hali noma‟lum.
- Telofaza–mitozning oxirgi davri. Uning boshlanishi xromosomalarning hujayraning qarama-qarshi qutblariga yetishiga tо'g'ri keladi. Telofaza gо'yo profazaning teskarisi bо'lib, hamma protsesslar teskari tartibda ketadi. Duk yо'qoladi, buralgan xromosomalar yoyilib, uzunlashadi. Qiz yadrolar qaytadan tiklanadi, yadrocha va yadro qobig'i hosil bо'ladi. Mitotik apparat parchalanadi va hujayra tanasining bо'linishi rо'y beradi (sitotomiya yoki sitokinez). Qiz hujayralari yadrosi interfazadagi hujayralarga xos tuzilishga ega bо'ladi. Sitotomiya mexanizmi hali yetarli о'rganilmagan.
- Meyoz. Malum differensirlangan birlamchi jinsiy hujayra meyoz bо'linishga kirishadi. Meyozda ketma-ket 2 marta (I va II) bо'linish sodir bо'ladi. Birinchi bо'linish reduksion bо'linish bо'lib, xromosoma soni ikki karra kamaygan 2 qiz hujayra hosil bо'ladi. Ikkinchisi ekvatsion (teng bо'lgan) bо'linish bо'lib, reduksion yо'l bilan bо'lingan, xromosomasi gaploid tо'plamga ega bо'lgan har bir hujayradan ikkitadan hujayra hosil bо'ladi. Ekvatsion bо'linish jarayoni xuddi hujayraning mitoz bо'linishi kabi rо'y beradi. Meyoz jarayoni mitoz bо'linishdan keskin farq qiladi.
- Meyoz bо'linish ketma-ket rо'y beradigan, murakkab bosqichlardan iborat jarayondir. Bunda hujayra xromosomasi malum tarzda qonuniy о'zgarishlarga uchraydi. Meyozda interfazadan sо'ng birinchi bо'linishdagi profaza I, metafaza I, anafaza I, telofaza I sodir bо'ladi va sо'ng hujayra qayta interfazaga kirmaydi. Bunday hosila hujayrada interfazaga xos bо'lgan DNK replikatsiyasi sodir bо'lmaydi, hujayra yana tо'g'ridan-tо'g'ri ikkinchi bо'linishga kirishib ketadi.
- Meyoz jarayoni muhim biologik ahamiyatga ega. Meyoz natijasida hosil bо'lgan hujayra gaploid tо'plam xromosomaga ega bо'lib, urug'lanish oqibatida hujayra diploidligini tiklab oladi. Shu boisdan organizm har bir individga mos xromosoma soniga egaligini doimo saqlab qoladi.
- Meyozda ota-ona xromosomalarining hosila hujayralariga mustaqil ravishda taqsimlanishi har bir jinsiy hujayraga ota-ona belgilarining turlicha о'tishini taminlaydi. Meyoz paxinemasida rо'y bergan krossingover jarayoni ham gametalarning shu sifatini kuchaytiradi. Demak, bir organizmning jinsiy hujayralari genetik jihatdan оta farqlanuvchi xususiyatlarga ega bо'ladi. Shunday qilib, gametalar genetik strukturasining xususiyati jinsiy yо'l bilan kо'payuvchi organizm avlodi belgilarining rang-barangligini taminlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |