Nazorat test. 1-variant
Download 149.92 Kb.
|
1-Nazorat test.1-variant..
Nazorat test.1-variant.. 1. Qora kalamushning qiyofadosh turlarida 16-21- 33 juft gomologik xromosomalar krosingoverga uchradi Krosingoverga uchramagan xromosomalar sonini toping. A) 38 yoki 42 B) 44 yoki 50 C) 32 yoki 36 D) 6 2. To`g`ri fikrni aniqlang. A) Organlarning mashq qilmasligi ular degradatsiyasi (murakkablashuv)ga va yo‘qolib ketishiga sabab bo‘ladi. B) Lamark organik olam evolutsiyasi haqidagi nazariyaga asos soldi va evolutsiyaning harakatlantiruvchi kuchlari yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish ekanligini e`tirof etdi C) Jorj Kyuve Lamarkdan farqli ravishda hayvonlarni sistemaga solishda nerv sistemasi tuzilishiga e’tiborni qaratish lozimligini aytdi. D) J. Kyuve nerv sistemasi tuzilishiga qarab barcha hayvonlarni 4 ta guruh (tip) ga ajratdi. Bular: umurtqalilar, molluskalar, bo‘g‘imlilar, shu’lalilar. 3. Quyidagi hayvonlarning 3-siga xos xususiyatlarni aniqlang A) ko’zlari to’rt juft B) ko’zlari bir juft C) ko’zlari 6 juft D) ko’zlari ikki juft 4. Qaysi javobda Qizil dasht (I) va Kostromaning (II) turkumi (a) va qanday yo'nalishdagi zot ekanligi (b) to'g'ri ko'rsatilgan? 1) sut-go‘sht; 2) mayin jun; 3) sut; 4) dag'al junli; 5) go'sht; 6) yengil yuk tortadigan; 7) toq tuyoqlilar turkumi; 8) juft tuyoqlilar turkumi. A) I - a - 8; b - 3; II - a - 8; b - 1 B) I - a - 8; b - 2; II - a - 7; b - 3 C) I - a - 7; b - 5; II - a - 8; b - 5 D) I - a - 8; b - 3; II - a - 7; b - 1 5. Meyozga xos bo`lmagan jarayoni ko`rsating. A) mikrosporani hosil bo`lishi, glidechiya tuxum hujayrasini hosil bo`lishi B) arxeosporani bo`linishi, belugani spermatazoidini hosil bo`lishi C) vegetativ chang hujayrasini hosil bo`lishi, mikrosporaning bo`linishi D) oqquyruq tuxum hujayrasini hosil bo`lishi 6. Quyida keltirilgan hayvonlar nechta sinfga tegishli? 1) qorayaloq; 2) zog’cha; 3) qizilto’sh; 4) tikandum; 5) tikanli akula; 6) taqaburun; 7) zebra; 8) kaputsin A) beshta B) ikkita C) uchta D) to‘rtta 7. Diploid navli makkajo’xori changdonining dastlabki jinsiy hujayralari soni 1260 tani tashkil etadi. Bu hujayralar meyoz va mitoz bo’lindi. Urug’lanishda makkajo’xori spermiylarining 40%i qatnashgan bo’lsa, hosil bo’lgan urug’ sonini aniqlang. A) 6048 B) 5040 C) 2016 D) 4032 8. Bo‘risimonlar oilasiga xos belgilar? a) hidni yaxshi sezadi, b) o‘ljasini hididan biladi; c) o‘ljasini ta‘qib qilib tutib oladi; d) hidni yaxshi sezmaydi; e) o‘ljasini poylab turadi; f) yomon eshitadi A) d, e; B) a, c; C) c, d, e; D) b, e, f; 9. Quyidagi belgilarga mos keluvchi javobni to’g’ri juftlang. 1 -hayvonlarda zahira holatda to’planadi; 2-disaxarid hisoblanadi; 3-takibida temir atomi mavjud; A) 1-ATF, 2-dezoksiriboza, 3-albumin B) 1 AMF, 2-riboza, 3-globulin C) 1-glyukoza, 2-saxaroza; 3-nukleoprotein D) 1-glikogen; 2-maltoza; 3-gemoglobin 10. Somatik hujayra mitoz sikli tasvirlangan yuqoridagi rasmda qaysi raqam bilan ifodalangan bosqichlarda xromasoma nabori 2n4c bo`ladi. A) 1,2,5 B) 2,3,4,5, C) 5,6 D) 3,4,6 11. Jabra orqali nafas oladigan ayrim jinsli organizmlarini aniqlang? 1) qizil chuvalchang; 2) bedapoya shillig’i; 3) dreysena; 4) krevetka; 5) jigarqurti; 6) chuchuk suv shillig'i; 7) midiya; 8) odam askaridasi A) 1,5 B) 4, 8 C) 3, 7 D) 2, 6
Download 149.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling