Bo‘linish davri. Bunda hujayraning bo‘linishi sodir bo‘ladi.
O‘sish davri. Hujayra bo‘linib ko‘paygach, ma’lum o‘lchamlarga qadar hajmi ortadi, o‘sa boshlaydi.
Differensiatsiyalanish (ixtisoslashish) davri. Bu davrda hujayra ma’lum tuzilish va funksional xususiyatlarga ega bo‘ladi.
Yetuklik davri. Hujayra ixtisosligiga mos holda u yoki bu funksiyani bajaradi.
Qarish davri. Bu davr hujayra hayotiy funksiyalarining pasayishi bilan ifodalanadi, hujayraning bo‘linishi yoki nobud bo‘lishi bilan yakunlanadi.
Hujayralar bo‘linishining ikkita usuli bor: mitoz va meyoz.
Mitoz - eukariot hujayralarning bo‘linishi jarayoni bo‘lib, uning natijasida dastlab irsiy material ikki hissa ortadi, so‘ngra qiz hujayralar o‘rtasida teng taqsimlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |