1. mavzu: birinchi jahon urushi va 1939 yillargacha sssr va osiyo davlatlari. Reja
Download 30.26 Kb.
|
1-Ma\'ruza (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- BUYUK
- G’ARBIY FRONTDAGI AHVOL
TURKIYANING URUSHGA KIRISHI
Turkiya hukmron doiralarining aksariyati Germaniya tarafida turib urushda qatnashishni maqsadga muvofiq deb hisoblardi. Chunki, ularning fikricha, Turkiyaning o`zi bosib olishi mo`ljallangan yerlar yo Rossiya qo'1 ostida, yoki Angliya qo'1 ostida edi. Ana shu bosqinchilik niyatini amalga oshirish ilinji Turkiyani 1914yilning 2- avgustida yashirin sharoitda Germaniya bilan ittifoq shartnomasini imzolashga olib keldi. 11- oktabr kuni Germaniya Turkiyaga katta miqdorda qarz taklif etdi. Turkiyadan shu qarzni olgan zahotiyoq urushga kirishga va'da oldi. Germanparast, harbiy vazir va Bosh qo`mondon Anvar poshsho 29oktabr kuni Turkiya flotiga nemis admirali Sushan qo`mondonligida Qora dengizga chiqishga va Rossiyaning hududlarini o`qqa tutishga buyruq berdi. 2- noyabr kuni Rossiya Turkiya hujumiga javoban unga urush e'lon qildi. Urush harakatlari uzunligi 350 km bo`lgan Kavkaz frontini vujudga keltirdi. 5—6- noyabr kunlari Angliya va Fransiya ham Turkiyaga urush e'lon qildilar. 1915- yilning 19- yanvarida Antanta harbiy dengiz kuchlari Turkiyaga qarshi Dardanell bo`g`ozida harbiy operatsiyalarni boshlab yubordi. Germaniya mumkin bo`lgan barcha imkoniyatlardan foydalanib, Turkiyaga yordam ko`rsatdi. Natijada, Angliya harbiy dengiz flotiga katta talafot yetkazildi. Bu operatsiya natijasida 200 ming ingliz soldati halok bo`ldi va yaralandi. BUYUK СHEKINISH. Sharqiy front 1915- yilda asosiy urush harakatlari i maydoniga aylandi. Germaniya va Avstriya-Vengriya o`z qurolli kuchlarining yarmiga yaqinini Rossiyaga tashlashga qaror qildilar. Ittifoqchilarning qo`shinlari 1915- yilning bahorida hujum harakatlarini Galitsiyadan (g`arbiy Ukraina) boshladilar. Natijada, 1915- yilning bahori va yozida rus armiyasi qonli mudofaa janglari olib borishga majbur bo`ldi. Rus armiyasi mislsiz darajada talafot ko`rdi. 850 ming soldat va ofitser halok bo`ldi. 900 ming nafari esa asirga tushib qoldi. Rus armiyasi qattiq qarshilik ko`rsatsa-da, kuchlar noteng bo`lgan janglar natijasida Polshani, Boltiqbo`yi, g`arbiy Belorussiya va g`arbiy Ukrainaning bir qismini tashlab chiqishga majbur bo`ldi. Bu chekinish birinchi jahon urushi tarixiga «buyuk chekinish» nomi bilan kirgan. G’ARBIY FRONTDAGI AHVOL Sharqiy frontdagi dastlabki muvaffaqiyatlardan ruhlanga Germaniya g`arbiy frontdagi ahvolini ham o`zgartirib olmoqchi bo`ldi. Bu o`rinda u mutlaqo yangi qurol—suvosti kemalariga katta umid bog`ladi. Ayni paytda, Germaniya harbiy harakatlar hududlaridagi har qanday suv usti kemalarini ham cho`ktirib yuborish niyatida edi. Shunday qildi ham. Chunonchi, 1915- yilning 7- may kuni Germaniya suvosti kemalari Angliyaning «Luzitaniya» deb ataluvchi ulkan yo`lovchilar tashish kemasini cho`ktirib yubordi. Uning bortida jami 2000 ga yaqin yo`lovchi (shu jumladan 126 nafar AQSh fuqarosi) bor edi. Ulardan 1195 nafari halok bo`ldi. Germaniya tomonidan yuzlab yuk kemalari yo`q qilinib tashlandi. Germaniya faqat suvosti kemalaridangina foydalanib qolmadi. U 1915- yilning 25- aprelida Ipr jangida urushlar tarixida birinchi marotaba kimyoviy qurol—zaharli gaz (xlor) ishlatdi. Buning natijasida 15000 kishi zaharlandi. Ulardan 5 mingi vafot etdi. Biroq, bu qurol ham Germaniya kutgan natijani bermadi. Antanta armiyasi tez orada gazga qarshi himoya vositasi (protivogaz) bilan ta'minlandi. Download 30.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling