1. mavzu: birinchi jahon urushi va 1939 yillargacha sssr va osiyo davlatlari. Reja
Download 30.26 Kb.
|
1-Ma\'ruza (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1914—1918-yillarda yillardagi birinchi jahon urushi.
- YASHIN TEZLIGIDA
1.MAVZU: BIRINCHI JAHON URUSHI VA 1939 YILLARGACHA SSSR VA OSIYO DAVLATLARI. REJA: 1.1914—1918-yillarda yillardagi birinchi jahon urushi. 2.1918 – 1939-yillarda SSSR. 3.1918 – 1939-yillarda Yaponiya. 4.1918 – 1939-yillarda Xitoy Va Hindiston 1.1914—1918-yillarda yillardagi birinchi jahon urushi. Birinchi jahon urushining bosh sababi ikki harbiy-siyosiy guruh o`rtasida bo`lingan dunyoni qayta bo`lib olish edi. Dunyoning yetakchi davlatlari o`z yovuz maqsadlari yo`lida ma'naviy tubanlikka ketib boylik orttirish uchun millionlab insonlarni qurbon qilishga bel bog`ladilar. 1914- yilning 28- iyulida serbiyalik millatchi tomonidan Sarayevoda Avstriya-Vengriya taxti vorisi F. Ferdinand o`ldirildi. Avstriya-Vengriya hukumati Serbiyaga juda haqoratli talablar qo`yilgan ultimatum yubordi. Serbiya hukumati ultimatumning faqat birgina talabiga, ya'ni suiqasd yuzasidan o`tkaziladigan tergov ishlarini Avstriya-Vengriya davlat huquqiy idoralari olib borishiga rozilik bermagan. Bu esa Avstriya-Vengriyaning 28- iyulda Serbiyaga urush e'lon qilishiga bahona bo`ldi. Serbiya ittifoqchisi Rossiya bunga javoban 29- iyul kuni qisman harbiy safarbarlik e'lon qildi. Bundan Germaniya hukmron doiralari 1- avgustda Rossiyaga, 3avgustda esa uning ittifoqchisi Fransiyaga urush e'lqn qilish uchun bahona sifatida foydalandi. Germaniya Belgiyaning betaraflik maqomini buzib, bu davlatga hujum qildi. Belgiyaning betarafligi to`g`risidagi xalqaro hujjatni bir vaqtlar Prussiya ham imzolagan edi. Biroq, 1914yilda Germaniya hukumati bu hujjatni surbetlik bilan «bir parcha qog`oz» deb atadi. Germaniyaning Belgiyaga hujumiga javoban Angliya Belgiyani himoya qilish bahon&i bilan 4- avgust kuni Germaniyaga urush e'lon qildi. Urush shu tarzda boshlanib ketdi. 15- avgust kuni Yaponiya Germaniyadan Xitoydagi mustamlaka hududlarini Yaponiyaga berish talabi bilan chiqdi. Rad javobini olgach, 23- avgustda Yaponiya Germaniyaga qarshi urush e'lon qildi. Germaniya 1914 yilning oktabr oyida Usmonli turklar imperiyasini, keyinchalik Bolgariyani o`z tarafida turib urushda qatnashtirishga muvaffaq bo`ldi. Tez orada Kavkazorti, Suriya va Falastinda, Bolqon yarim orolida, shuningdek, Germaniyaning Afrikadagi mustamlakalarida yangi frontlar vujudga keldi. Faqatgina Serbiya va Belgiyadan tashqari barcha davlatlar uchun bu urush bosqinchilik urushi edi. YASHIN TEZLIGIDA G'ALABAGA ERISHISH NING BARBOD BO`LISHI Germaniya armiyasi generali fon Shliffen yashin tezligida g`alabaga erishish rejasini tuzib chiqqan edi. Rejaga ko`ra Germaniya armiyasi betaraf Belgiya hududi orqali Fransiyaga hujum qilishi, Germaniya—Fransiya chegarasida to`plangan Fransiya armiyasini qurshab olib, uni kuzgacha tor-mor etishi va shu orqali Fransiyaning taslim bo`lishiga erishishi kerak edi. So`ngra qisqa vaqt ichida Rossiyani ham tor-mor keltirish mo`ljallangan edi. 3- avgustda shiddat bilan hujumga o`tgan Germaniya armiyasi yaqin bir oy ichida Parijga yaqinlashib qoldi Fransiyaning taslim bo`lishi muqarrardek edi. Hatto, hukumat vaqtincha bo`lsa-da, Parijdan chiqib ketishga majbur bo`ldi. Biroq, Shliffen rejasi amalga oshmay qoldi. Bunga Fransiya hukumatining iltimosiga ko`ra 17- avgust kuni Rossiyaning Germaniya va Avstriya-Vengriyaga qarshi boshlagan hujumi sabab bo`ldi. G`arbiy frontda Germaniya harbiy qudratining ma'lum darajada kuchsizlanishi Fransiyani saqlab qoldi. Nafaqat saqlab qoldi, bu hol Fransiyaga kuch to`plab qarshi hujumga o`tishiga imkon yaratdi. Germaniya rus armiyasini Sharqiy Prussiyadan siqib chiqarsa-da, rus armiyasi Avstriya-Vengriyaga qarshi hujumini davom ettirdi. Marna daryosi bo`yida Fransiya va Angliyaning birlashgan armiyasi 1914- yilning sentabrida Germaniya qo`shinlariga qarshi hujumga o`tdi. Marna jangida har ikki tomondan 2 mln. ga yaqin jangchi qatnashdi. Bu jangda Angliya va Fransiya armiyasining qo`li baland keldi. Og`ir ahvolga tushib qolgan nemis qo`mondonligi 9- sentabrda butun g`arbiy front bo`ylab chekinishga buyruq berishga majbur bo`ldi. Marna jangida erishilgan g`alaba tufayli Germaniyaning yashin tezligida g`alaba qozonish rejasi barbod bo`ldi. Download 30.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling