1. mavzu: birinchi jahon urushi va 1939 yillargacha sssr va osiyo davlatlari. Reja


– 1939-YILLARDA XITOY VA HINDISTON


Download 30.26 Kb.
bet6/6
Sana08.10.2023
Hajmi30.26 Kb.
#1695429
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-Ma\'ruza (3)

4.1918 – 1939-YILLARDA XITOY VA HINDISTON
Xitoy. Birinchi jahon urushi yillarida Xitoy amalda Yaponiyaga to‘liq qaram bo‘lib qoldi. 1919-yil Parij konferensiyasida Xitoy o‘z talablari bilan ishtirok etdi. Bu ta lablar yapon qo‘shinlari tomonidan Xitoy hududini bosib olishni to‘xtatish, Shan dun orolini ozod qilish, Xitoyning suvereniteti va hududiy yaxlitligini tan olishdan iborat edi. Talablar Xitoy ilgari G‘arb davlatlari bilan imzolashga majbur bo‘lgan shartnomalarning ham bekor qilinishini nazarda tutardi. G‘arb davlatlari bunga rozi bo‘lmadi va Xitoyga rasman rad javobi berildi. Bundan g‘azablangan xitoylik talabalar 1919-yil 4-may kuni Pekinda namoyish boshladilar. Talabalar harakati butun Xitoyni larzaga soldi va juda katta ijobiy natijalarga olib keldi. 1920-yil iyulda Pekindagi hukumat ag‘darilib, hokimiyatga Buyuk Britaniya va AQSH tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Peyfu keldi. Natijada, 1921 – 1922-yillari Vashing tonda bo‘lib o‘tgan konferensiyada barcha ishtirokchi davlatlar Xitoyning suvereniteti va hududiy yaxlitligini kafolatladi. Yakkalanib qolgan Yaponiya Shan dun viloyatini Xitoyga qaytarishga majbur bo‘ldi. Umuman konferensiya Xitoy ning xalqaro obro‘si oshayotganligidan dalolat berdi. Xitoy inqilobini tashkil qilishda Sun Yatsenning roli beqiyos. 1921-yili u Xitoy Respublikasi prezidenti lavozimiga saylandi. Biroq mamlakat shimoli va chet el davlatlari Sun Yatsenning huku matini tan olmadilar. 1925-yil martda Sun Yatsen vafot etgandan so‘ng mamlakatni tinch yo‘l bilan birlash tirish imkoniyati yo‘qqa chiqdi. Sun Yatsen. 53 1920-yillardagi «Buyuk milliy inqilob». 1925-yil bahorda shan xaylik burjuaziya, talabalar va ishchilar vakillari mamlakatdagi ingliz larga qarshi harakat boshladi. Harakatga talabalarning tinch namo yishi ingliz politsiyachilari tomonidan o‘qqa tutilishi sabab bo‘ldi. Bu va tanparvarlik harakati «30- may harakati» nomini oldi va Xitoyning suverenitetini tiklash shiori ostida o‘tdi. Inqilobga Gomindan partiyasi (Milliy partiya) rahbarlik qildi. 1926-yili general Chan Kayshi boshchiligidagi Gomindan milliy hukumati Milliy inqilobiy armiyaning Shimolga yuri shini boshladi. Bu yurish davrida Markaziy Xitoyning ko‘plab provinsiyalari, jumladan, Uxan, Nankin, Nanchan, Shanxay kabi yirik shaharlari gomindanchilar qo‘liga o‘tdi. Shu davrda gomindanchilar bilan kommunistlar o‘rtasida ajralish yuz berdi. Mamla katda real hokimiyatni qo‘lga olgan gomindanchilar inqilobni yakunlangan deb hisobladi, kommunistlar esa Xitoyda sotsializm qurish rejasini ilgari surdi. Ular 1931-yili Xitoy Sovet Respublikasini e’lon qildi va Mao Sze dun uning raisi etib saylandi. Gomindan bilan kommunistlar o‘rtasidagi kurash yigirma yil davom etgan fuqarolar urushiga aylanib ketdi. Yaponiya bosqini. Yaponlar 1931-yil sentabrda Xitoyga qarashli Manchjuriyaga bostirib kirdi, bir kunda barcha yirik shaharlarini egalladi. Bu hududni himoya qilgan Gomindan armiyasi mamlakat ichkarisiga uloqtirib tashlandi. Chan Kayshi hukumati Yaponiya ustidan shikoyat qilib Millatlar Ligasiga murojaat qildi, ammo xalqaro hamjamiyatning e’tibori uncha kuchli bo‘lmadi. Birorta yirik davlat Yaponiya bilan janjallashishni istamadi. 1932-yil 1-martda yaponlar Manchjuriyada Manchjou-Go davlati tuzil ganligini e’lon qildi. Hindiston. Inglizlarning mustamlaka hukumati Birinchi jahon urushi yillarida Hindistonga o‘zini o‘zi boshqarish huquqini va’da qilgan edi. Ammo hind xalqining umidi ro‘yobga chiqmadi, Hindistonning maqomi o‘zgar madi. Bu hol mustamlakachilikka qarshi kurashning yangi davrini boshlab berdi. Shaharlarda zamonaviy madaniyat va sanoat jadal rivojlanayotgan bo‘l sa-da, hind qishlog‘ida kasta tizimi, qabilachilik va tabaqalarga bo‘lish hukmron edi. Shunga qaramasdan, jahon urushlari oralig‘ida Hindiston milliy ozodlik harakatining asosiy kuchini hind dehqonlari tashkil qildi. 1920 – 1940-yillar da hindlarning zo‘ravonliklarsiz ommaviy chiqishlarini tashkil qilishda hind xalqining buyuk far zandi Maxat ma Gandi ning roli beqiyos bo‘ldi. Jahon urushlari oralig‘ida Gandi Hindiston Milliy kongressi (HMK) partiyasining g‘oyaviy rahbari, xalq harakatining yetakchisi ga aylandi. U ishlab chiqqan zo‘ravonliklarsiz qarshilik ko‘rsatish taktikasi qurolli to‘qnashuvlardan, millionlab kishilarni o‘limdan saqlab qoldi. Milliy ozodlik kurashining, zo‘ ra von liklarsiz qarshilik ko‘rsatishning «Gandizm» deb nomlangan bu usuli Hindiston an’analarini va dehqonlar psixo logiyasini chu qur bilishga asos langan. Bu usul da sabrtoqat va norozilik, konser vatizm va inqilob chilik ajoyib bir tarzda uyg‘unlashib ketgan edi. Gandizm dehqon larni, hu narmand larni, milliy Maxatma Gandi. 55 bur juazi yani birlash tirdi va qon to‘kiladigan qurolli kurashlarsiz mustamlaka chilarning Hindistonni tark etishini talab qildi. 1939-yili Ikkinchi jahon urushi boshlanishi va Buyuk Britaniya Germaniyaga urush e’lon qilishi bilan Hindiston vitse-qiroli mamlakatni urush holatida deb e’lon qildi.


Download 30.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling