Elektron darslik afzalmi yo darslikmi?


Download 134.18 Kb.
Sana06.02.2023
Hajmi134.18 Kb.
#1171780
Bog'liq
Elektron darslik afzalmi yo darslikmi


Elektron darslik afzalmi yo darslikmi?
B izni elektron kitoblar to’lqini qurshab olgan bir paytda, yaqin orada qog’ozli adabiyotlarning yakun topishi haqida bong urdilar. Lekin tez orada bu xabar bemavrid ekanligi, inson ongi baribir sahifalarni afzal ko’rishi ravshanlashdi.
Ayni paytda elektron kitoblar tasavvur qilib bo’lmas darajada o’zining yuqori cho’qqisiga erishdi. Sotilayotgan elektron kitoblar va ularni o’zida tashkil etadigan (rider va planshet kabi) texnologiyalarning hajmi aqlga sig’mas darajada o’sib bormoqda. Biz ulardan nafaqat badiiy kitoblarni, balki o’quv adabiyotlarini ham o’qiyapmiz. Olimlarning isbotlashicha, bizning miyamiz bosib chiqarilgan matnlarni ko’proq afzal ko’radi hamda odatiy kitobdan o’qilgan ma’lumot ko’proq xotirada qoladi, o’qish jarayonida esa, kishi elektron qurilmalardan foydalangandan ko’ra, sermulohazali bo’ladi va tasavvurni kuchliroq ishlashga majbur etadi.
Ong sahifani ma’qul ko’radi
Biror narsa o’rganish uchun biz kitob bilan yaxshi munosabatda bo’lishimiz kerak. Britaniyaning Lester universiteti olimi Keyt Garlend (Kate Garland) biz elektron kitoblardan ko’ra, qog’ozdan o’qilgan matn tarkibini ko’proq yodimizda qoldirishimizni ta’kidladi. Psixolog buni talabalarga qiyin iqtisodiy matnlarni yod oldirish orqali isbotladi. Natijada esa, farq sezilarli edi: qo’lida odatiy kitoblarni ushlab turganlardan ko’ra, elektron kitob o’qigan insonlarga ma’lumotni o’qib tushunishi uchun nisbatan ko’p marotaba takrorlashga to’g’ri keldi. Bundan tashqari, matnni qog’ozda o’qiganlar materialni ko’proq xotirada saqladilar va uni bir necha hafta o’tgandan so’ng ham osonlik bilan qayta aytib bera oldilar.
Xuddi shunga o’xshash – yoshlar miyasining odatiy va elektron kitoblarni o’qish jarayonidagi holatni yana, Norvegiya Stavanger universiteti professori Anne Mangen (Anne Mangen) ham tadqiq etdi. U 2 guruh litsey o’quvchilaridan bir xil kattalikdagi va bir xil qiyinlikdagi PDF formatda (ya’ni ko’pincha elektron kitoblar yoziladigan format) kompyuter ekranidagi va qog’ozga chiqarilgan holatdagi ikki matnni o’qishni so’radi. Keyin u o’qiganlarni tushunish darajasini tekshirdi. Javoblar yakuniga ko’ra, qog’ozdan mutolaa qilganlar, kompyuter oldida o’tirganlardan ko’proq tushunganligi oydinlashdi. Qiziqarli tarafi shundaki, bunday holat badiiy kitoblar o’qilganda ham, xujjatli yoki ilmiy adabiyot o’qilganda ham kuzatildi.Anne Mangen bilan Devid Maell (Kanadaning Albert universitetidan) yana bir tadqiqot jarayonida qog’ozda o’qilgan matn tasavvurimizni kuchli hayajonga keltirishini, o’qishga mukkasidan ketish osonroq ekanini aniqladilar. Xemingvey hikoyasini o’qib chiqish uchun ko’ngillilarga o’rtacha 17 daqiqayu 20 soniya kerak bo’ldi. Bu tajribani Amerika Frimontidan Nielsen Norman Group tadqiqot kompaniyasi ko’rsatib berdi, lekin o’qish tezligining farqli bo’lishi uni qaerdan o’qilganligiga bog’liq edi. So’zsiz g’alabani odatiy kitoblar qo’lga kiritdi: iPadda hikoyani o’qish 6,2% ga ko’proq vaqt oldi, Kindle esa 10% ni tashkil etdi.Makon yetishmovchiligi (Ma’lumot haqida to’liq tasavvur hosil bo’lmaydi)Nega bizning miyamiz odatiy kitobni afzal ko’radi? Olimlarda bunga aniqroq javob yo’q, lekin hamma gap inson qanday qiyofada ma’lumotni xotirada saqlashi va o’rganishidadir. Professor Mangenning fikricha, kitobni qo’lga olish, istagan betini ochish, boshi va oxiriga nazar tashlash va uning hajmini tasavvur qilish mumkinligi uning ustun jihatlaridir. Bu esa kishi ongida butun bir asarning taxminiy xaritasini shakllantirishga, ya’ni kelayotgan axborotning manbai bilan bog’liqligi, qaerdan olinganligi, ma’lumotlarni o’zlashtirish va o’rganish jarayonida nimalar muhimligi borasida yordam beradi. Elektron kitoblar esa bunday xaritani tuzishga yordam bermaydi: biz doim ekranning biror bir qismiga barmoq bilan tegamiz, ba’zi qurilmalarda esa varaq betlari ham ko’rsatilmaydi. Agar miya yangi xabarning aqliy xaritasini tuza olmasa, xotira uni tasodifiy va tartibsiz ko’rinishida saqlaydi natijada uni topish ancha qiyin bo’ladi.Qolaversa, muammo elektron riderlar va ekran o’lchamlarining holatida hamdir. Misol uchun, biz uzun kitobni kichkina ekrandan o’qiganimizda, doim varaqlashga to’g’ri keladi. Miya esa o’qilgan ma’lumotlarni tushunish va saqlash uchun o’z imkoniyatlaridan foydalanishi kerak bo’lgan bir paytda, boshidan matnning joylashishiga, o’rganayotgan qatorlarni kuzatishga, diqqatini jamlashga harakat qiladi, bu esa kishini charchatmay qolmaydi, deb ta’kidlaydi Geteborg universitetidan Erik Vestlund (Erik Wästlund).Olimning o’z talabalari orqali o’tkazgan ko’plab tajribalari, ko’zlangan natijani tasdiqladi. U matnni tushunish darajasini tekshiradigan shved tilidan mumtoz (klassik) testlarni berdi. Natijada, sinalayotganlardan kompyuterda mashq bajarayotganlari, qog’ozga yozganlardan o’rtacha kamroq ball olishdi va psixologik test ko’rsatganidek imtihondan keyin ular kuchliroq toliqishni his qildilar.
E’tiborni bir joyga jamlay olmaslik (O’qiydi, lekin uqmaydi)
Miya charchaganligi – bu elektron kitoblarning tarkibini yomon o’zlashtirishga sabab emas. Muammo shundaki, biz o’qish paytida nima qilayotganimizda hamdir. Biz mobil qurilmalarida, planshetlarda yoki smartfonlarda kitob o’qiyotganimizda chalg’ishimiz oson: boshqa oyna yoki o’yinga qiziqa boshlaymiz, o’qish vaqtida feysbukda nimalar bo’layotganligini tekshiramiz, pochtaga qarab ko’ramiz, aynan mana shu paytda o’qishni unutib qo’yamiz, deya tushuntiradi Amazon kompaniyasining Kindl riderlarini ishlab chiqqan xodimlaridan biri Jeyson Merkoski (Jason Merkoski).
Bu fikrni tasdiqlovchi yana bir inson – New York Timesga intervyu bergan Sandra Amodt (Sandra Aamodt) bo’lib, u o’z tadqiqotini shunday izohlaydi: “Planshet yoki kompyuter ekranida o’qishga qanchalik kuchli kirishishimiz xarakter kuchiga bog’liq, elektron kitoblarni o’qishga hammasidan ko’proq internetda nima bo’layotganidan xabardor bo’lishni doim xohlashimiz halaqit beradi”. Amerika tadqiqotchilaridan biri esa elektron kitoblar o’qiganda har 3 daqiqa chalg’ishimiz mumkinligini ta’kidladilar.
Xo’sh, internetni o’chirib qo’yishimizning o’zi yetarli bo’larmikan? Unchalik emas. Agar shunday bo’lganda tarqoq e’tibor muammosi bolalarni chetlab o’tgan bo’lar edi, axir ularning miyasi elektron qurilmalardan foydalanishga yaxshi moslashgandek tuyuladi va ko’p vazifalarni osonlik bilan bajarayotgandek ko’rinadi. Baxtga qarshi bu elektron kitoblarni o’qishda namoyon bo’lmaydi: ular odatiy kitoblardan kamroq zavq bag’ishlaydi va o’qishga bo’lgan muhabbatni rivojlantirmaydi. Buni Britaniya National Literacy Trust agentligi o’z tadqiqotida isbotladi. Olimlar 8 yoshdan 16 yoshgacha bo’lgan 40000 maktab o’quvchisini o’rganishdi va elektron kitob o’qiydigan bolalar o’zlarini yaxshi ko’rgan kitoblarini kamdan-kam holatda aytib bera oldilar. Bu borada faqatgina 59% o’quvchilar javob bera oldilar, odatiy kitob o’quvchilarda esa bu 77% ni tashkil qildi.
Ushbu fikrlarni umumiylashtirgan holda shuni aytishimiz mumkinki, elektron kitoblardan tez-tez foydalansakda, biz hali uzoq yillar qalin kitoblardan, o’ziga xos isga ega qog’ozdan va bosmaxona bo’yog’idan voz kechmaymiz. Ongimizning o’zi bunga yo’l qo’ymaydi.
Katajina Burda,
(«Newsweek Polska»)
Qo’limizdagi kitob afzalmi yoki elektronlari?
Bizni elektron kitoblar to’lqini qurshab olgan bir paytda, yaqin orada qog’ozli adabiyotlarning yakun topishi haqida bong urdilar. Lekin tez orada bu xabar bemavrid ekanligi, inson ongi baribir sahifalarni afzal ko’rishi ravshanlashdi.
Ayni paytda elektron kitoblar tasavvur qilib bo’lmas darajada o’zining yuqori cho’qqisiga erishdi. Sotilayotgan elektron kitoblar va ularni o’zida tashkil etadigan (rider va planshet kabi) texnologiyalarning hajmi aqlga sig’mas darajada o’sib bormoqda. Biz ulardan nafaqat badiiy kitoblarni, balki o’quv adabiyotlarini ham o’qiyapmiz. Olimlarning isbotlashicha, bizning miyamiz bosib chiqarilgan matnlarni ko’proq afzal ko’radi hamda odatiy kitobdan o’qilgan mahlumot ko’proq xotirada qoladi, o’qish jarayonida esa, kishi elektron qurilmalardan foydalangandan ko’ra, sermulohazali bo’ladi va tasavvurni kuchliroq ishlashga majbur etadi.
Ong sahifani ma’qul ko’radi
Biror narsa o’rganish uchun biz kitob bilan yaxshi munosabatda bo’lishimiz kerak. Britaniyaning Lester universiteti olimi Keyt Garlend (Kate Garland) biz elektron kitoblardan ko’ra, qog’ozdan o’qilgan matn tarkibini ko’proq yodimizda qoldirishimizni ta’kidladi. Psixolog buni talabalarga qiyin iqtisodiy matnlarni yod oldirish orqali isbotladi. Natijada esa, farq sezilarli edi: qo’lida odatiy kitoblarni ushlab turganlardan ko’ra, elektron kitob o’qigan insonlarga ma’lumotni o’qib tushunishi uchun nisbatan ko’p marotaba takrorlashga to’g’ri keldi. Bundan tashqari, matnni qog’ozda o’qiganlar materialni ko’proq xotirada saqladilar va uni bir necha hafta o’tgandan so’ng ham osonlik bilan qayta aytib bera oldilar.
Xuddi shunga o’xshash – yoshlar miyasining odatiy va elektron kitoblarni o’qish jarayonidagi holatni yana, Norvegiya Stavanger universiteti professori Anne Mangen (Anne Mangen) ham tadqiq etdi. U 2 guruh litsey o’quvchilaridan bir xil kattalikdagi va bir xil qiyinlikdagi PDF formatda (ya’ni ko’pincha elektron kitoblar yoziladigan format) komp’yuter ekranidagi va qog’ozga chiqarilgan holatdagi ikki matnni o’qishni so’radi. Keyin u o’qiganlarni tushunish darajasini tekshirdi. Javoblar yakuniga ko’ra, qog’ozdan mutolaa qilganlar, komp’yuter oldida o’tirganlardan ko’proq tushunganligi oydinlashdi. Qiziqarli tarafi shundaki, bunday holat badiiy kitoblar o’qilganda ham, xujjatli yoki ilmiy adabiyot o’qilganda ham kuzatildi.Anne Mangen bilan Devid Maell (Kanadaning Albert universitetidan) yana bir tadqiqot jarayonida qog’ozda o’qilgan matn tasavvurimizni kuchli hayajonga keltirishini, o’qishga mukkasidan ketish osonroq ekanini aniqladilar. Xemingvey hikoyasini o’qib chiqish uchun ko’ngillilarga o’rtacha 17 daqiqayu 20 soniya kerak bo’ldi. Bu tajribani Amerika Frimontidan Nielsen Norman Group tadqiqot kompaniyasi ko’rsatib berdi, lekin o’qish tezligining farqli bo’lishi uni qayerdan o’qilganligiga bog’liq edi. So’zsiz g’alabani odatiy kitoblar qo’lga kiritdi: iPadda hikoyani o’qish 6,2% ga ko’proq vaqt oldi, Kindle esa 10% ni tashkil etdi.Makon yetishmovchiligi (Ma’lumot haqida to’liq tasavvur hosil bo’lmaydi)
Nega bizning miyamiz odatiy kitobni afzal ko’radi? Olimlarda bunga aniqroq javob yo’q, lekin hamma gap inson qanday qiyofada ma’lumotni xotirada saqlashi va o’rganishidadir. Professor Mangenning fikricha, kitobni qo’lga olish, istagan betini ochish, boshi va oxiriga nazar tashlash va uning hajmini tasavvur qilish mumkinligi uning ustun jihatlaridir. Bu esa kishi ongida butun bir asarning taxminiy xaritasini shakllantirishga, ya’ni kelayotgan axborotning manbai bilan bog’liqligi, qayerdan olinganligi, ma’lumotlarni o’zlashtirish va o’rganish jarayonida nimalar muhimligi borasida yordam beradi. Elektron kitoblar esa bunday xaritani tuzishga yordam bermaydi: biz doim ekranning biror bir qismiga barmoq bilan tegamiz, ba’zi qurilmalarda esa varaq betlari ham ko’rsatilmaydi. Agar miya yangi xabarning aqliy xaritasini tuza olmasa, xotira uni tasodifiy va tartibsiz ko’rinishida saqlaydi natijada uni topish ancha qiyin bo’ladi.
Qolaversa, muammo elektron riderlar va ekran o’lchamlarining holatida hamdir. Misol uchun, biz uzun kitobni kichkina ekrandan o’qiganimizda, doim varaqlashga to’g’ri keladi. Miya esa o’qilgan ma’lumotlarni tushunish va saqlash uchun o’z imkoniyatlaridan foydalanishi kerak bo’lgan bir paytda, boshidan matnning joylashishiga, o’rganayotgan qatorlarni kuzatishga, diqqatini jamlashga harakat qiladi, bu esa kishini charchatmay qolmaydi, deb ta’kidlaydi Geteborg universitetidan Erik Vestlund (Erik Wästlund).
Olimning o’z talabalari orqali o’tkazgan ko’plab tajribalari, ko’zlangan natijani tasdiqladi. U matnni tushunish darajasini tekshiradigan shved tilidan mumtoz (klassik) testlarni berdi. Natijada, sinalayotganlardan komp’yuterda mashq bajarayotganlari, qog’ozga yozganlardan o’rtacha kamroq ball olishdi va psixologik test ko’rsatganidek imtihondan keyin ular kuchliroq toliqishni his qildilar.E’tiborni bir joyga jamlay olmaslik (O’qiydi, lekin uqmaydi)
Miya charchaganligi – bu elektron kitoblarning tarkibini yomon o’zlashtirishga sabab emas. Muammo shundaki, biz o’qish paytida nima qilayotganimizda hamdir. Biz mobil qurilmalarida, planshetlarda yoki smartfonlarda kitob o’qiyotganimizda chalg’ishimiz oson: boshqa oyna yoki o’yinga qiziqa boshlaymiz, o’qish vaqtida feysbukda nimalar bo’layotganligini tekshiramiz, pochtaga qarab ko’ramiz, aynan mana shu paytda o’qishni unutib qo’yamiz, deya tushuntiradi Amazon kompaniyasining Kindl riderlarini ishlab chiqqan xodimlaridan biri Jeyson Merkoski (Jason Merkoski).
Bu fikrni tasdiqlovchi yana bir inson – New York Timesga interv’yu bergan Sandra Amodt (Sandra Aamodt) bo’lib, u o’z tadqiqotini shunday izohlaydi: “Planshet yoki komp’yuter ekranida o’qishga qanchalik kuchli kirishishimiz xarakter kuchiga bog’liq, elektron kitoblarni o’qishga hammasidan ko’proq internetda nima bo’layotganidan xabardor bo’lishni doim xohlashimiz halaqit beradi”. Amerika tadqiqotchilaridan biri esa elektron kitoblar o’qiganda har 3 daqiqa chalg’ishimiz mumkinligini ta’kidladilar.
Xo’sh, internetni o’chirib qo’yishimizning o’zi yetarli bo’larmikan? Unchalik emas. Agar shunday bo’lganda tarqoq e’tibor muammosi bolalarni chetlab o’tgan bo’lar edi, axir ularning miyasi elektron qurilmalardan foydalanishga yaxshi moslashgandek tuyuladi va ko’p vazifalarni osonlik bilan bajarayotgandek ko’rinadi. Baxtga qarshi bu elektron kitoblarni o’qishda namoyon bo’lmaydi: ular odatiy kitoblardan kamroq zavq bag’ishlaydi va o’qishga bo’lgan muhabbatni rivojlantirmaydi. Buni Britaniya National Literacy Trust agentligi o’z tadqiqotida isbotladi. Olimlar 8 yoshdan 16 yoshgacha bo’lgan 40000 maktab o’quvchisini o’rganishdi va elektron kitob o’qiydigan bolalar o’zlarini yaxshi ko’rgan kitoblarini kamdan-kam holatda aytib bera oldilar. Bu borada faqatgina 59% o’quvchilar javob bera oldilar, odatiy kitob o’quvchilarda esa bu 77% ni tashkil qildi.Ushbu fikrlarni umumiylashtirgan holda shuni aytishimiz mumkinki, elektron kitoblardan tez-tez foydalansakda, biz hali uzoq yillar qalin kitoblardan, o’ziga xos isga ega qog’ozdan va bosmaxona bo’yog’idan voz kechmaymiz. Ongimizning o’zi bunga yo’l qo’ymaydi.
Download 134.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling