1. Mavzu; Biznesga kirish fаnining mоhiyati, prеdmеti vа mаzmuni Fanning mazmuni mohiyati va maqsadi


Download 13.54 Kb.
bet3/3
Sana25.10.2023
Hajmi13.54 Kb.
#1719304
1   2   3
Bog'liq
1. Mavzu; Biznesga kirish fаnining mоhiyati, prеdmеti vа mаzmuni-fayllar.org (1)

To'g'ri huquqiy shaklni tanlash1. Korxonani ochishda qanday huquqiy xarajatlar bo'ladi?
2. Mulkdorning javobgarligi korxonaning huquqiy shakliga qanday bog'liq bo'ladi?
3. Huquqiy shakl kapital sotib olishga qanday ta'sir qiladi?
4. Korxonaning huquqiy shakli soliqqa tortilishga qanday ta'sir qiladi?
Biznes - bu tizimli foyda olishga qaratilgan bo‘lib, uni boshqarish - keng ko'lamli vazifalarni o'z ichiga olgan professional faoliyatdir. U biznes tashkilotining maqsadlarini belgilash va unga erishish yo'llarini tanlashdan tortib, xodimlarning zarur motivatsiyasini ta'minlash, natijalarni hisobga olish, tahlil qilish va baholash kabi vazifalardan iborat.
Bugungi kunda biznes boshqaruvining samaradorligi menejerlar strategiyani qanchalik yaxshi ishlab chiqishlari va amalga oshirishlariga bog'liq. Ba'zi menejerlar kuchli strategiyalarni ishlab chiqadilar, lekin ularni amalda qo'llay olmaydilar.
Biznesga kirish ilmi raqobatbardosh korxonalarda quyidagi vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi:
ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlarni sotish xajmini oshirish;
daromadni oshirish;
bozorda korxona mavqeyini ushlab turish;
korxona brendini taniqliyligini oshirish;
tizimda motivatsiya va nazoratni joriy etish;
yangi bozorlarga kirib borish;
innovatsion usullarni va texnologik yangiliklarni joriy etish.
Fanning vazifasi – talim oluvchilarga fanning nazariy asoslari, biznesni rivojlantirish xususiyatlari, biznesni rivojlantirishni boshkarish tizimi, biznesni kullab-kuvvatlash, samarali biznes modelini yaratish, biznesni rejalashtirish, biznes jaranlari samaradorligini boshkarish, biznes jaranlarini takomillashtirish xakida o‘rgatishdan iborat.
Fanni o‘qitishdan maqsad zamonaviy modellar va korxonalarni optimal biznes modelini shakllantirish usullari asosida biznesni kompleks boshkarish soxasida nazariy bilim va amaliy kunikmalarni rivojlantirishdan iborat.
Biz o‘rganishga kirishgan fanning ob'ekti bo‘lib tijorat va tadbirkorlik hisoblanadi.
Biznes menejment fanining ob'ekti — tadbirkorlikning ajralmas qismi hisoblangan, turli biznes sub'ektlari faoliyatidagi iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi.Ular tarkibiga quyidagilar kiradi:
- turli biznes sub'ektlarini tashkil etish, qo‘llab-quvvatlash, muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatish va nazo­rat qilish jaranlari;
- O‘zbekistonda kichik biznesni rivojlantirishning o‘ziga xos yo‘li va kichik biznesni rivojlantirishning tashkiliy-huquqiy asoslari;
- biznes sub'ektlarining tadbirkorlik faoliyatidagi afzallik ki kuchli tomonlari;
- biznes sub'ektlarini muvaffaqiyatli tad­birkorlik faoliyati olib borishidagi to‘siqlar (muammolar);
- tadbirkorlik faoliyatida boshqarish va rejalashtirish,uning o‘ziga xos xususiyatlari, shakllari va bosqichlari, byud­jet va uni rejalashtirish, strategik maqsadlarni ifodalovchi biznes reja va uning mohiyati;
- turli biznes faoliyatidagi iqgisodiy masala va muammolar,
- biznesda mahsulot ta'minoti, ishlab chiqarish va sotish masalalari. Uni yanada jadallashtirishda ilg‘or usullardan foydalanish;
Biznes menejment fani bir qancha iqtisodiy fanlar bilan uzviy bog‘langandir. Bu fan eng avvalo resurslarning cheklanganligi sharoitida ehtijlarni qondirish maqsadida moddiy boyliklarni ishlab chiqarish taqsimlash va iste'mol etishda kishilarning va guruqlarning xulq-atvorlarini, hatti-harakatlarini o‘rganuvchi «Iqtisodiyt nazariya” fani bilan bog‘liq.
Shuningdek bu fan “Menejment nazariyasi”, “Menejment”, “Mikroiqtisod”, “Inovatsion menejment”, “Strategik menejment”, “Marketing”, “Statistika” kabi fanlar bilan chambarchas bog‘lik xolda o‘rganiladi.
http://fayllar.org
Download 13.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling