1. Mavzu; Biznesga kirish fаnining mоhiyati, prеdmеti vа mаzmuni Fanning mazmuni mohiyati va maqsadi
Download 13.54 Kb.
|
1. Mavzu; Biznesga kirish fаnining mоhiyati, prеdmеti vа mаzmuni-fayllar.org (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Fanda qo‘llaniladigan usullar va undan foydalanish.
1. Mavzu; Biznesga kirish fаnining mоhiyati, prеdmеti vа mаzmuni Fanning mazmuni mohiyati va maqsadi 1. Mavzu; Biznesga kirish fаnining mоhiyati, prеdmеti vа mаzmuni1. Fanning mazmuni mohiyati va maqsadi.2. Fanning predmeti, vazifasi, o‘rganish usullari va boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqasi.3. Fanda qo‘llaniladigan usullar va undan foydalanish.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi -Toshkent: “O‘zbekiston” nashriyoti, 2021. - 464 b. Nazarov Q.N., Raximova D.N.Aripov A.N.Abduraxmonov Q.X va boshqalar. Zamonaviy menejment: nazariya va amaliyot. T.: DJQA, 2011 yil. Samatov G.A., Rustamova I.B., Sheripbaeva U.A. Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti va menejmenti. Darslik - T.: 2012 y. - 346 b. Toshbaev A.J. Kichik biznesni boshqarish. O‘quv qo‘llanma. Toshkent: TIMI, 2014.-415b. X.K.Kuvnaqov, N.A.Alieva, M.U.Achilov- Biznes menejment 2022 yil Toshkent O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M,Mirziyoyev o‘zining “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” nomli kitobida “...O‘zbekistonning “Biznesni yuritish”, global raqobatbardoshlik, innovatsiyalar, sanoatning raqobatbardoshligi indekslari bo‘yicha dunyoning yetakchi 50 ta mamlakati qatoridan o‘rin egallashini ta'minlash tadbirkorlikni rivojlantirishdagi muhim vazifalardandir”, -deb ta'kidlagan. Yangi O‘zbekiston strategiyasi / Sh.M. Mirziyoyev. -Toshkent: “O‘zbekiston” nashriyoti, 2021. - 464 b. Tadbirkorlik – o‘z mulki bilan tavakkalchilik asosida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun davlat ro‘yxatidan o‘tish kerak. Biznes nima? Biznes - jamiyatdagi muommolarni hal qilish orqali foyda topish imkoniyati. Muommo bor - ushbu muommoni qandaydir foyda evaziga(albatta qonun doirasida) hal qila oladigan tadbirkor bor. Biznes - bu doimiy ravishda o'z ustida ishlash, rivojlanish. Biznes - bu o'ylash, tafakkur qilish. Shu orqali yon-atrofdagi imkoniyatlarni ko'ra olish. Biznes - bu doimiy harakat, oldinga yurish. Biznes - jamiyat, davlat so'roviga javob berish. Muommo bor - uni hal qilish kerak. Talab bor - uni qondirish kerak. Biznes - bu doimiy ravishda tajribalar qilish, uni natijasi foyda bo'lishi mumkin, uni natijasi ziyon bo'lishi mumkin. Biznes - bu biron bir yangilik qilish jarayoniga o'zini baxshiyda qilish. Biznes - imkoniyatlardan foylanishdan qo'rqmaslik va buni evaziga mukofot olish. Biznes - bu insonning yashash tarzi. Biznes - bu insondagi ba'zi sifatlar to'plami: aql, kreativlik, maqsadga intiluvchanlik. Biznes - bu FOYDA = DAROMADLAR - XARAJATLAR. Shu birgina formula orqali biznes va biznes yuritishni tushuntirish mumkin. Qolganlari esa, ikkinchi darajalati narsalar yoki biznesning detallaridir. Biznesni muvaffaqiyatli bo'lishi uchun ichki va tashqi omillar muhim ro'l o'ynaydi. Resurslar. Resurslar - biznesni yuritish uchun kerak bo'ladigan asosiy element. Biznes uchun u ko'proq xarajatlar ichida bo'ladi. Resurslarga quyidagilar kiradi: Yer - bu tabbiy resurslar, yer usti, yer osti boyliklar; Ishchi kuchi - bu odamlar, ular ma'lum bir maosh evaziga biznesdagi masalalarni yechishga tayyor shaxslar.; Kapital - umumiy qilib aytganda - pul mablag'lari; Tadbirkorlik - yoki ishlab chiqarish bilan shug'ullanish. Xattoki pul mablag'i, va zaruriy resurslarga(bino, uskunalar, hom-ashyo) ega bo'lgan holda ham mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko'rsatishni yo'lga qo'yish oson emas; Tashkiliy tuzilma. Tashkiliy tuzilma - kerakli, biron bir ish qila oldigan insonlarni ularni imkoniyatlaridan kelib chiqib, kerakli joylashlar joylashtirish yoki ishchi kuchdan to'g'ri, oqilona foydalanish. Ularni quyidagi turlarga bo'lish mumkin: Biznes jarayonlar bo'yicha; Funksional; Regional; Biznez jarayonlar. Katta korxonalarda har xil mutaxassislar va menejerlar bo'limlarda, yo'nalishlarda faoliyat olib borishadi. Ularning har biri ma'lum bir masalani yechishadi yoki o'zlarini funksional yo'nalishlari bo'yicha biron bir ishni bajarishadi. Korxonadagi shu bo'limlar va shaxslar bir-biri bilan hamfikrlikda, ma'lum bir tizim yordamida birgalik faoliyat olib borishlari biznes jarayondir. Mahsulotlar turlari. Mahsulot turlarini asosan ikki yirik turga bo'lishadi: biznes uchun ishlab chiqariluvchi mahsulotlar yoki xizmatlar; oddiy iste'molchi uchun ishlab chiqariluvchi mahsulotlar yoki xizmatlar. Tashqi omillar. Tashqi omillar - bu korxona tashqarisidagi muhit. Odatda korxonalar tashqi atrof-muhit bilan yaqin hamkorlikda rivojlanadi. Aynan shu tashqi omillar korxona qanday mahsulot ishlab chiqarishi yoki qanday turdagi xizmatlar ko'rsatishi kerakligini aniqlaydi. Quyida asosiy tashqi omillar keltirilgan: Hukumatning istisodiy yo'nalishi; Mamlakatdagi ayni davrdagi itisodiy holat; Dunyodagi inqirozli holatlar. Foyda olish modellari. Biznes pulsiz juda yomon ishlaydi. Bekorga pul - iqtisodiyotning qoni deb aytishmagan. Biznesdan foyda olish modellarini tushunish uchun ularni bir nechtasini o'rganish kerak bo'ladi. Download 13.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling