1-mavzu: Biznesga kirish Reja: Biznesga kirish yo'llari


-mavzu: O‘zbekistonda tadbirkorlik sub’ektlarini moliyalashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari


Download 1.25 Mb.
bet72/111
Sana02.05.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1422107
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   111
Bog'liq
1-mavzu Biznesga kirish Reja Biznesga kirish yo\'llari

40-mavzu: O‘zbekistonda tadbirkorlik sub’ektlarini moliyalashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari


Reja:

  1. Mikromoliyalash xizmatlari 

  2. Mikrokreditlar berilish tartibi

Mikromoliyalash xizmatlari – kredit shartnomaga muvofiq, yig‘indisi qonun hujjatlarida belgilangan miqdoridan oshmagan mikrokredit yoki mikrolizing taqdim qilish bo‘yicha bank xizmati.
Mikrokredit - O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan eng kam ish xaqining 1000 (bir ming) baravari miqdoridan oshmaydigan summada filial tomonidan qarz oluvchiga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish shartlari asosada beriladigan pul mablag‘laridir.
Mikrolizing - mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi filial tomonidan lizing oluvchining topshirig‘iga binoan uchinchi tarafdan mol-mulk olish hamda uni egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga shartnomada belgilangan shartlar asosida haq evaziga berish nazarda tutiladigan xizmatdir. Mikrolizing tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun lizing to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq eng kam ish haqining 2 000 (ikki ming) baravari miqdoridan oshmaydigan summada beriladi.
Mikrokreditlar filial tomonidan quyidagilarga beriladi:
- tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yakka tartibdagi tadbirkorlarga, mikrofirmalarga, kichik korxonalarga, dexqon va fermer xo‘jaliklariga;
- oilaviy tadbirkorlik shaklida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan holda birgalikda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar – er va xotinga umumiy mulki negizida (shu jumladan «yosh oilalarga» kreditlar) o‘z ishini va kasanachilikni tashkil qilish uchun;
- kasaba kollejlarni bitirgan shaxslarga – o‘z biznesini yaratish uchun olingan zamonaviy bilim va ko‘nikmalardan amalda foydalanish maqsadida.
Mikrolizing xizmatlari filial tomonidan yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan moliyaviy jihatdan barqaror kichik biznes sub’ektlariga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ko‘rsatiladi.
Mikrokredit (mikrolizing) milliy valyutada, shartnoma asosida, filialda talab qilib olguncha depozit hisobvarg‘iga ega bo‘lgan qarz oluvchilarga to‘lovlilik, muddatlilik, qaytarishlilik, ta’minlanganlik va maqsadli ishlatilishi shartlari bilan taqdim qilinadi. Kreditlash shartlarini har qanday o‘zgartirish kredit shartnomasiga qo‘shimcha bitim tuzish orqali rasmiylashtiriladi.
Mikrokredit (mikrolizing) taqdim qilish muddati kreditlanayotgan loyihaning o‘zini oqlash muddati bilan belgilanadi, lekin 3 (uch) yildan oshmasligi kerak.

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling