1-mavzu: Biznesga kirish Reja: Biznesga kirish yo'llari


Sifat sohasidagi korxona strategiyasi. Biznes-rejaning ushbu bandida quyidagilar aks ettiriladi


Download 1.25 Mb.
bet107/111
Sana02.05.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1422107
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   111
Bog'liq
1-mavzu Biznesga kirish Reja Biznesga kirish yo\'llari

Sifat sohasidagi korxona strategiyasi. Biznes-rejaning ushbu bandida quyidagilar aks ettiriladi:

  • xaridor uchun eng jozibali bo’lgan sifat jixatlarining tavsifi;

  • mahsulot jozibadorligining o’zgarishi yo’nalishlari;

  • mahsulot sifatini oshirish borasidagi korxonaning strategik yo’nalishlari.


^

Dizayn strategiyasini belgilash. Bunda quyidagilarni yoritish lozim;

  • dizayn borasidagi korxona harakatlarining strategik yo’nalishlari;

  • korxona mahsulotni dizayni bo’yicha xizmat ko’rsatishni tashkil etish;

  • dizayn xizmatiga qilinadigan xarajatlar.


^

Tovarning bozor atributlari (belgilari).

Biznes-rejada tovarning bozor atributlariga alohida e’tibor berish lozim. Chunki uning tashkil etuvchilari tovarni iste’molchi tomonidan qabul qilinishida katta ahamiyatga egadir. Shuning uchun tovarning markasi, qadoqlanishi, xossalari va bajaradigan vazifalarini mufassal bayon etish lozim.



^ Tovar belgisi - huquqiy himoya qilingan tovar markasi yoki uning bir qismi bo’lib, tovar sotuvchisining faqatgina o’ziga marka nomi va marka belgisidan foydalanish huquqini beradi. Tovar belgisi sifat kafolatlari, individuallik, reklama va markani himoya qilish vazifalarini bajaradi. Tovar markasi uning bozor atributlari asosiy elementi bo’lib, bozordagi qiyofasini shakllantirishning asosini tashkil etadi.

^ Tovar markasi - bu ramz, belgi, surat, nom bo’lib, bir yoki bir necha ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarning solishtirishni (identifikatsiya) va raqobatchilar mahsulotlaridan farqlanishini ta’minlaydi.

Markalar o’z ichiga maxsus ramzli belgilar, rasmlar, nomlar va ularning qo’shilmalarini qamrab olishi mumkin.



^ Marka nomi - markaning bir qismi bo’lib, talaffuz qilish mumkin bo’lgan xarf, so’z yoki ularning qo’shilmasi tarzida ifodalanishi mumkin (masalan, «Mersedes-bents», «Tip-top»).


Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling