1-mavzu: Biznesga kirish Reja: Biznesga kirish yo'llari
Qo’shilgan kapital bilan bog’liq muomalalarni «Хususiy kapital to’g’risidagi hisobotda» aks ettirish tartibi
Download 1.25 Mb.
|
1-mavzu Biznesga kirish Reja Biznesga kirish yo\'llari
Qo’shilgan kapital bilan bog’liq muomalalarni «Хususiy kapital to’g’risidagi hisobotda» aks ettirish tartibiKorxonalar o’z faoliyatini amalga oshirish jarayonida qo’shimcha kapital vujudga keladi. Qo’shimcha kapital aksiyadorlik jamiyatlari, xorijiy firmalar va qo’shma korxonalarda shakllantiriladi. Korxonada qo’shilgan kapital quyidagi operatsiyalar natijasida vujudga kelishi mumkin: a) emissiya daromadni yuzaga keltiruvchi nominal qiymatdan yuqori bahoda aksiyalar birlamchi sotilishida; b) kursdagi farqni keltirib chiqaruvchi xorijiy investitsiyali korxonalar ustav kapitalini shakllantirish paytida. Emissiya daromadi deb aksiyadorlik jamiyatlarida chiqarilgan aksiyalarning nominal qiymatidan yuqori bahoda sotilishi natijasida olingan daromadga aytiladi. Emissiya daromadi aksiyalarni sotish jarayonida vujudga keladi. Demak, emissiya daromadi faqat aksiyadorlik jamiyatlarida o’z aksiyalarini birlamchi sotilishi natijasida olinadi. Boshqa korxonalarda emissiya daromadi olinmaydi. Хorijiy investitsiyali korxonalar-qo’shma korxonalar va 100 % chet el kapitali asosida tashkil qilingan xorijiy firmalar ustav kapitalini shakllantirish jarayonida vujudga keladigan kursdagi farqlarni qo’shimcha kapital sifatida tan oladi. Ustav kapitalini shakllantirish uchun berilgan valuta va valuta qimmatliklari, ustav kapitaliga ulushlarni kiritish sanasidagi O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo’yicha baholanadi. Valuta va valuta qimmatliklarini va boshqa mulklarni baholash ro’yxatdan o’tkazish sanasidagi ta’sis hujjatlarida belgilangan baholardan farq qilishi mumkin. Bunda vujudga keladigan kurs farqlari 8420-«Ustav kapitalini shakllantirishda kurs farqi» schyotida hisobga olinadi. Baholardagi ijobiy kurs farqlari 8420-«Ustav kapitalini shakllantirishda kurs farqi» schyotining kreditida, salbiy kurs farqlari esa mazkur schyotning debetida aks ettiriladi. Kurs farqlarini bu tartibda hisobdan chiqarilishi ta’sis hujjatlarida oldindan kelishilgan, ustav kapitalidagi ta’sischilar ulushining o’zgarmasligiga imkon beradi. Ustav kapitalini shakllantirish jarayonida vujudga keladigan kursdagi farqlar qo’shma korxonalar va boshqa xorijiy investitsiyali korxonalarda amalga oshiriladi. Qo’shimcha kapitalga oid ma’lumotlarni «Хususiy kapital to’’risidagi hisobot»da aks ettirish uchun quyidagi ko’rsatkichlar belgilangan:
Aksiyadorlik jamiyatlari qaroriga muvofiq qimmatli qog’ozlarni emissiya qiladi, ya’ni chiqaradi va ularni aksionerlar o’rtasida joylashtiradi. Aksiyalarni nominal qiymatidan yuqori qiymatda sotish natijasida vujudga kelgan qiymatni 020-satrda, ya’ni qimmatli qog’ozlar emissiyasi ko’rsatkichida aks ettiriladi. Ushbu ko’rsatkichni to’ldirishdan oldin uning to’g’riligiga ishonch hosil qilish lozim. Buning uchun 8410-«Emissiya daromadi», 4610-«Тa’sischilarni ustav kapitaliga badallar bo’yicha qarzlari» va 5110-«Hisob-kitob» schyoti ma’lumotlari o’zaro tekshirilishi lozim. Ularning to’g’riligiga ishonch hosil qilingandan so’ng 8410-«Emissiya daromadi» schyotining kredit qoldig’idagi summa «Хususiy kapital to’g’risidagi hisobot»ning «Qimmatli qog’ozlar emissiyasi» ko’rsatkichining «Qo’shilgan kapital» ustuni (020-satr)ga yozib qo’yiladi. Ustav kapitalini shakllantirishda paydo bo’lgan valuta kursi farqlari (040-satrda) buxgalteriya hisobida 8420-«Ustav kapitalini shakllantirish chog’ida valuta kurslaridagi farq» hisobvarag’ida aks ettiriladigan, ta’sis hujjatlarini ro’yxatdan o’tkazish sanasida va mablag’lar ustav sarmoyasiga haqiqatda kiritilgan sanada Markaziy bank kurslari o’rtasida yuzaga keladigan, korxonaning ustav sarmoyasini shakllantirish chog’ida hisobot davri uchun kurslardagi farq aks ettiriladi. Ushbu ko’rsatkichni to’ldirishdan oldin buxgalteriya hisobi schyotlari ma’lumotlari, shuningdek, ustav kapitalining ro’yxatdan o’tgan va to’langan vaqtdagi chet el valutasining kursi hamda ular o’rtasidagi farq summalar tekshirilishi lozim. Shundan so’ng ushbu ma’lumotlar hisobotning «qo’shimcha kapital» ustuniga yozib qo’yiladi. Hisobotning «Хususiy kapital shakllanishining boshqa manbalari» ko’rsatkichi (100-satr)da qo’shimcha kapitalni shakllantirish uchun yo’naltirilgan boshqa mablag’lar ko’rsatiladi. 43-mavzu: Byudjetdan tashqari fondning kredit liniyasi Reja: Budjetdan tashqari fondlarni tashkil etish Budjetdan tashqari fondlarni tashkil etish manbalari ko‘p jihatdan ularning xarakteri va maqsadlarini amalga oshirish uchun belgilangan vazifalarning ko‘lamlari bilan aniqlanadi. Manbalarning turli xilligiga va ularning miqdoriga davlat yoki rivojlanishning konkret davridagi iqtisodiy va moliyaviy ahvol ta’sir ko‘rsatadi. Shunday qilib, budjetdan tashqari fondlarni tashkil etish manbalari birmuncha doimiy bo‘lganday vaqtinchalik xarakterga ham ega bo‘ladi. Ular ma’muriy-hududiy birligi bilan ajralib, davlat hududlarida bo‘lishi mumkin. Budjetdan tashqari fondlarga tushadigan mablag‘larning foydalanish yo‘nalishlari – bu fondlarni maqsadlariga, konkret iqtisodiy sharoitga qarab ishlab chiqilgan va amalga oshiriladigan rejalar asosida belgilanadi. Mablag‘larning bir qismi ta’sis faoliyatga yo‘naltiriladi hamda qimmatli qog‘ozlarni olish uchun ham yo‘naltirilishi mumkin. Budjetdan tashqari fondlar investorlar va moliyaviy bozorning qatnashchisi bo‘lishi mumkin, chunki: birinchidan, odatda pul mablag‘lari bilan foydalanish vaqti ularning vujudga kelishi bilan to‘g‘ri kelmaydi; ikkinchidan, investitsion faoliyat natijasidagi daromadlar tegishli fondlarning xarajatlarini moliyalashtirish uchun qo‘shimcha manba bo‘ladi. Budjetdan tashqari fondlarni tashkil etish huquqiga respublika va mahalliy organlar ega. Respublika darajasida tashkil etilgan budjetdan tashqari fondlar odatda mahalliy hukumat organlari ixtiyoriga bir qismini ajratish bilan xarakterlanadi. Bu respublika va mahalliy budjetdan tashqari fondlarga tushadigan to‘lovlarning ulushini aniqlash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunday yo‘l bilan davlatning ijtimoiy sug‘urta fondlari, ya’ni Pensiya fondi, aholining bandlik fondi va boshqalar tashkil etiladi.
budjetdan tashqari fondlarga o‘rnatilgan majburiy maqsadli ajratmalar; budjet mablag‘lari; fond tomonidan amalga oshirilgan tijorat faoliyatidan olinadigan foyda; fuqarolar va tashkilotlarning ixtiyoriy badallari. Mahalliy manbalar evaziga mahalliy darajada o‘z budjetidan tashqari fondlar tashkil etiladi. Ularning ichida mahalliy hududni rivojlantirish uchun, kam ta’minlangan aholi qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash fondlari, tabiatni saqlash fondlarini va boshqalarni ajratish mumkin. Maqsadli budjetdan tashqari fondlar odatda davlat hukumat organlari ixtiyorida bo‘ladi, lekin ular operativ boshqarilishi turli va shu qatorda maxsus ma’muriy apparat orqali olib borilishi mumkin. Boshqaruv tuzilmalari fondlar bilan foydalanishi uchun qonun bilan belgilangan ma’lum huquqlarga va majburiyatlarga ega. Budjetdan tashqari fondlar yordamida quyidagi vazifalar amalga oshiriladi: korxonalar, tashkilotlarga kreditlar, subsidiyalar berish moliyalashtirish yo‘llari bilan ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir ko‘rsatiladi; umuman, ijtimoiy infratuzilmani moliyalashtirish, subsidiya, pensiya va nafaqalar berish yo‘llari orqali aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish; chet el davlatlariga, shu qatorda xorijiy sheriklarga qarzlar berish va boshqalar. Budjetdan tashqari fondlarning o‘z faoliyatini amalga oshirishini tashkil etish davlat hukumat organlarining ixtiyorida bo‘ladi. Ularni jamlash va foydalanish tartibi esa, tegishli qonunlar bilan qat’iy belgilanadi. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling