Bozor munosabatlari sharoitida budjetdan tashqari fondlarning ahamiyati qanday bo‘ladi?
Davlat moliyasi tarkibida budjetdan tashqari fondlar qanday o‘rinni egallaydi?
Budjetdan tashqari fondlarning mohiyati nimadan iborat?
Budjetdan tashqari fondlarni tashkil etish manbalari nimalarga bog‘liq holda aniqlanadi?
Budjetdan tashqari fondlarga tushadigan mablag‘lar qaysi yo‘nalishlarda foydalaniladi?
BTFlarni shakllanish manbalari nimalar hisoblanadi?
44-mavzu: Soliq tizimining mohiyati.
Reja: Soliqlarni guruhlanishi Umumdavlat soliqlar hamda mahalliy soliqlar va yig’imlar
Umumdavlat soliqlar
Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa majburiy to‘lovlar hamda ularning tuzilish tamoyillari, usullari, soliq nazoratining yig‘indisi soliq tizimini tashkil etadi. Soliq qonunchiligida soliq tizimi tor ma’noda talqin qilinib, bir xil mohiyatga ega bo‘lgan va markazlashgan pul fondini tashkil etadigan soliq, yig‘im, boj va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘indisi soliq tizimi deb ataladi.
Umuman olganda soliq tizimini tarkiban soliqqa tortish tamoyillari, soliq siyosati, soliqqa tortish tizimi, soliq mexanizmi kabilarga ajratish mumkin. Ushbu elementlar bevosita mamlakatda amal qilayotgan soliqlarning tarkibini belgilab beradi.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AMALDA BO’LGAN SOLIQ TURLARI
1. Yuridik shaxslar foydasidan olinadigan soliq
2. Qo‘shilgan qiymat solig‘i
3. Aktsiz solig‘i
4. Jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq
Do'stlaringiz bilan baham: |