1-Mavzu: Bolalar adabiyoti faniga kirish. Bolalar folklori


Download 100.66 Kb.
bet3/4
Sana09.09.2023
Hajmi100.66 Kb.
#1675063
1   2   3   4
Bog'liq
1-MARUZA (B.A)1

Fanning vazifalari esa talabalarni milliy bolalar adabiyoti namunalari bilan tanishtirish, u dastavval, ijtimoiy voqelik, xalq og‘zaki ijodining boy an’analariga ega milliy o‘zbek adabiyoti va jahon adabiyoti tajribalarini o‘zlashtirish orqali yuzaga kelganini asoslash, nihoyat, bu adabiyotning takomili, tadriji, taraqqiyot xususiyatlarini mavjud ijod namunalari misolida ko‘rsatib berishdan iborat.
“Bolalar adabiyoti,– deb yozgan edi N.Fozilov,– nozik adabiyot. Bolalar adabiyoti biz bilgan kattalar adabiyotining boshi... Bolalar yozuvchilari o‘z asarlari bilan katta adabiyotga boshlovchi darg‘alar. Bu adabiyot – hurmattalab adabiyot, e’zoztalab adabiyot. Chunki, bolalar uchun yozilayotgan har bir asarda o`zing bolaga aylanmasang, u jonsiz tana bo`lib qoladi. Bolaning ko‘ngli ham shunday. Uni sindirib bo‘lmaydi. Unga hamisha e’tibor darkor. Shundagina uning ko‘ngli to‘lib o‘sadi. U – mehrtalab. Shundagina u muhabbatingiz mevasiga aylanadi, izingizni bosadi”
Bolalar adabiyoti tarbiya quroli sifatida kichkintoylarga bilim berish vazifasini ham bajaradi, ularning qiziqishlari doirasini kengaytiradi. Garchi u “kattalar”– ijod ahli tomonidan yaratilsa-da, bolalar olamini bolalarga xos nuqtayi nazardan badiiy tadqiq qiladi. Bolalar adabiyotining bosh xususiyati ham ana shunda: narsa-hodisalarga bolalar ko‘zi bilan qaray bilish, ularni bolalarcha idrok eta bilish, ularga bolalarcha munosabat ko‘rsata olish hamda ulardan bolalarcha hayratlanishda.
Binobarin, bolalar adabiyoti tabiat va jamiyatdagi barcha mavzularda ijod etish jihatdan umumadabiyotga yaqin, “qanday qilib yozish muhim”ligi esa uning o‘ziga xos jihatidir. Bu tarixiy tasnif mohiyati ayniqsa istiqlol davri bolalar adabiyotida yorqin ko‘zga tashlanadi. Aytaylik, E.Malikning “Shaytonvachchaning nayranglari” ma’rifiy qissasida mustaqillik tufayli bolalar adabiyotiga xalq pedagogikasi, milliy ta’lim-tarbiya asoslarining singdirilishi, shu bilan birga asarda jamiyat va mamlakat taraqqiyotiga salbiy ta’sir etuvchi ijtimoiy hodisalarning obrazli tasviri namoyon bo`lishi ahamiyatlidir.
G‘afur G‘ulomning “Shum bola” asari o`tgan asrning 30-yillarida yozilgan bo`lsa ham u haqda “Qilichning damida yurib yaratilgan san’at mo‘jisasidir” (A.Rasulov) deyilishida istiqlol mafkurasining ta’siri yaqqol seziladi. Zero, yaratilgan chinakam badiiy asarlar zamonlar osha navqiron avlodlarga ham yangicha estetik zavq bilan xizmat qilaveradiki, bunday asarlar yosh kitobxonni aslo befarq qoldirmaydi.
Bolalar adabiyotining
Download 100.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling