Buxoro davlat universiteti tarix va yuridik fakulteti


Download 107.5 Kb.
bet1/2
Sana06.05.2023
Hajmi107.5 Kb.
#1435982
  1   2
Bog'liq
Bekmurodova Ruxsora manbawunoslik




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
TARIX VA YURIDIK FAKULTETI
5-3 Tar 19 guruh talabasi
Bekmurodova Ruxsoraning
Manbashunoslik va tarixshunoslik fanidan tayyorlagan


Mustaqil ishi
Buxoro- 2023
O'ZBEKISTONDA XX ASRNING 60-80 YILLARIDA TARIX FANI
REJA:
1.O’zbekistonda 1960-1980-yillardadagi tarix fani
2.Madaniy qaramlik va uning oqibatlari
3.Respublikamiz madaniy-ma’naviy hayotiga “Rivojlangan sotsializm” g’oyasining singdirilishi


Madaniyatimiz tarixi mamlakatimizda, xonadonimizda asrlar davomida yashab kelayotgan qadimiy qadriyatlarda o’z aksini topgan. Ular go’zallikni his qilish muhitini yaratgan, xalqimizning buyuk tarixini o’zida aks ettirgan bo’lib, o’sib kelayotgan avlod ongiga tarixiy idrok urug’larini qadab, qalbiga esa Vatanga muhabbat g’oyalarini singdirib, ularni yuksak ma’naviy ruhda tarbiyalab kelgan. Shuning uchun ham keyingi 130 yildan ortiq davr mobaynida madaniyatimiz boshdan kechirgan fojialarni butun teranligi bilan tasavvur qilish qiyin. Lekin bu fojealar o’z tarixchilarini davom etmoqda, o’z tarixini yozilishini talab etmoqda.
Tarixdan shu narsa ma’lumki, mustamlakachilik eng avvalo bosib olingan xalq millatni ma’naviy qashshoqlikka duchor etish yo’lidan borganlar. Bunday yo’l istilochilarning tarix sinovidan o’tgan, sinalgan, ayni paytda ularning ma’lum siyosatlarini yashirib turuvchi yo’ldir.
Bu jihatdan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning quyidagi mulohazalari diqqatga sazovordir. “Xoh o’tmishda, xoh bugun bo’lsin, boshqa millat, davlatni o’ziga qaram qilish niyatida harakat qilgan, qilayotgan kuchlar doimo bir siyosatni yuritganlar, yuritadilar: ya’ni qaram xalqning ma’naviy, madaniy, tarixiy merosini yo’q qilish undan judo etish misol kerakmi?
Sovet davrida o’zbek millati tarixini buzib ko’rsatishdan, uni chalkashtirib yoritishdan, ba’zi sahifalarni umuman ko’rsatmaslikdan maqsad nima edi? Сhor Rщssiyaning Sxobelev degan generali shunday deb yozgan edi: “Millatni yo’q qilish uchun uni qurish shart emas, uning madaniyatini, san’atini, tilini yo’q qilsang bas, tez orada o’zi tanazzulga uchraydi.” Xo’sh, shu gaplarni tarixchilarimiz biladimi? Afsuski, ko’p olimlarimiz ongida eski tuzum asoratlari mahkam qolgan. Ular hozir mustaqillik sharoitida ham kimdandir qo’rqib, cho`chib gapiradilar. Nazarimizda, niqoblangan mustamlakachilik siyosatining tub mohiyatini bundan aniq va lo’nda qilib tushuntirib berishning imkoni bo’lmasa kerak.
Rossiya mustamlakachilari va kommunistik mafkura “alloma”larning boy o’zbek madaniyatini kishilar ijtimoiy ongidan shuuridan siqib chiqarishga undagan narsa nimada? Nima uchun ular o’zbek milliy – madaniy boyliklarini yurtimizdan zo’ravonlarcha olib ketishga harakat qildilar? Buni tushunish uchun tarixga nazar tashlab, e’tiborini quyidagi muhim nuqtalarga qaratish lozim.
Ma’lumki Turon, Turkiston o’lkasi qadimdan jahon sivilizatsiyasining asosiy beshiklaridan bo’lgan,bunda qadimshunos olimlarimizning ilmiy izlanishlari, ular qo’lga kiritgan natijalar guvohlik beradi. Darhaqiqat, Afrosiyob, Varaxsha, Bolaliktepa, Fayoztepa, Sopollitepa, Ayritom saroylarning hashamatli devor bezaklari va ularning betakrorligi o’tmish me’morlarining nozik didi, yuksak bilimini namoyon etish barobarida o`lkamiz hukmdorlarining qadimgi davrlardagi hayot va turmush tarzi juda dabdabali bo’lib, ular behisob boylikka ega bo’lganlarini ko’rsatadi.
Shuni alohida qayd qilish lozimki, Markaziy Osiyo qadim - qadimdan Urartu, Misr,Yunoniston, Bobil, Rim kabi Yaqin Sharq va G’arb davlatlari bilan o’zaro savdo – sotiq ishlarini olib borgan. Turondan o’tgan “Buyuk ipak yo’li” esa Sharqiy Osiyo va Hindistonni O’rta Yer dengizi mamlakatlari bilan bog’lar edi. Bu yo’l ustidan Sian, Dunxuan, Yorkent, Samarqand, Buxoro, Termiz, Marv kabi jahon sivilizatsiyasiga o`lkan hissa qo’shgan shaharlar joylashgan
bo’lib, savdogarlar sotiladigan mollar qatorida turish madaniyat, san’at va fan sohalari bo’yicha yangiliklarni ham keltirganlar. Chunonchi, Xitoyga Sug’diyonadan gazlama, gilam, bezak buyumlari va qimmatbaho toshlar, Baqtriyadan tuyalar, Farg’onadan arg’um otlar, Badaxshondan la’l, Hindistondan Xitoyga kumush va fil suyagidan ishlangan buyumlar va ziravorlar va boshqa mahsulotlar olib borilgan. Albatta, hududlarimizdan milliy – madaniy boyliklarning tashib ketilishi turli boqinchilik, istilochilik yurishlari davrida juda avj oldi. Biroq e’tirof etish joizki, turli savdo – sotiq jarayonlari, madaniy aloqalar davrida ham ko’plab madaniy boyliklarimiz begona yurtlarda qolib ketgan.
Beruniy va Narshaniy kabi allomalarning guvohlik berishlaricha, arab istilochilari xalqqa ham moddiy zarar yetkazdi, milliy hokimiyat tugatildi, shaharlar, qadimgi madaniyat yodgorliklari, mavjud yozuvlar, kitoblar yondirilib, muhtasham me’moriy va san’at namunalari yakson qilindi. IX asrning ikkinchi yarmidan ahvol bir muncha yaxshilana bordi. Somoniylardan so’ng keyingi asrlarda o`lkada Qoraxoniylar, G’aznaviylar, Xorazmshohlar davlatlari vujudga keldi. Shu bilan birga Yaqin va O’rta Sharq shakllangan yosh musulmon davlatlari o’rtasida iqtisodiy – madaniy aloqalar jonlandi, madaniyat namunalarini ayriboshlash, o’zaro ma’naviy ta’sir kuchaydi.
Mazkur madaniy davr yuksalishining yorqin siymolari bo’lmish Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Beruniy, Rudakiy, Mahmud Qoshg’ariy, Yusuf Xos Xojib kabi daholar markaziy Osiyo madaniyatining rivojlanishda juda katta va sezilarli rol o’ynadilar. Arab xalifasi Ma’mun o’z vaqtida Markaziy Osiyolik allomalarni xalifalik markazi bo’lgan Bog’doddagi mashhur akademiyasiga olib ketganida, ular bu ilm – fan va ma’daniyat oliy dargohining ko’rki bo’lgan edilar. Qayd etish lozimki, bu ulug’ ma’naviyat darg’alari orasida Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy, Javhariy, Ibn Mansur Marvaridiy kabi yirik allomalar ham bor edi. O`rta Osiyo xalqlari, xususan o`zbeklar orasidan yetilib chiqqan bu mutafakkirlarning nomlari jahon madaniyati tarixi sahifalariga oltin satrlar bilan bitilgandir. Bu yerda arab, fors va turkiy tillarda (bitilgan) muayyan tizimga solingan ijodiy jarayon yo`lga qo`yildi. Bu davr madaniyati o`zining kuchli vatanparvarlikka da’vat etishi, aql-zakovatni e’zozlashi bilan umuminsoniy qadriyatlar yuksakligiga ko`tarila oldi.
Movaraunnahr aholisi baxtsizlikka uchrab masxara etildi. Buyuk bir el shamolday tarqab ketdi.” Xususan qochoq buxoroliklardan biri Xurosonga kelib o`z vatanining ahvolini quyidagi baytda keltirgan edi: Omadandu kunandu suhtondu xushtandu burdandu raftand (keldilaru, yemirdilaru, yondirdilaru, uldirdilaru, taladilaru, ketdilar) Markaziy Osiyo Amir Temur hokimiyati ostida birlashtirilib, mo`g`ul istilochilari o’lkadan haydab chiqarilgandan so’ng XIV asrning o’rtalaridan e’tiboran bu yerda madaniyat yanada yuksala boshladi. Temur olimlar, san’atkorlar, ilm – fidoiylarini o’ziga yaqin tutardi. U ulamo va fozillarga izzat – ikrom ko’rsatib, ularni har qanday kishilar dan muqaddas bilardi. Amir Temurning Movaraunnahrda kutubxonachilik ishini rivojlantirishga dunyodagi eng yaxshi, qimmatli qo’lyozmalarni mamlakat kutubxonalarida saqlash yo’lidan qilgan sa’y – harakatlari, ayniqsa diqqatga sazovordir, xususan, uning shaxsan o’zi Samarqandda kutubxona tashkil qilishga bosh – qosh bo’ldi. Qo’lyozmalarni ko’chirish va kitob tayyorlash ustaxonalarida milliy kitob san’atining eng yaxshi ustalarini to’plagan. Temuriy shahzodalardan Shohruh, Boygunqur va Xusayn Boyqarolarning kutubxonlari ham noyob va rang – barang adabiy – badiiy, ilmiy kitoblarga boyligi jihatidan Temurning Samarqanddagi sulolaviy kutubxonasidan qolishmas edi. Birgina Ulug’bek rasadxonasi qoshida boy kutubxona tashkil etilib unda fanning deyarli barcha sohalariga tegishli qariyb 15 ming kitob saqlangan. Ammo, afsuski, Ulug’bekning o’ldirilishidan so’ng Temuriylarning sulolaviy kutubxonasi o’zaro feodal urushlar natijasida asta – sekin talon – taroj qilindi va dunyo bo’ylab sochilib ketdi.O’zbekistonning Temuriylar davridan keyingi tarixi ongga tahlikali kechdi, o’lka ijtimoiy turmushda nochorlik bu yerda yashagan xalqlar hayotini belgilovchi xususiyatga aylandi. Biroq bunday qiyinchiliklarga qaramasdan, o’zbek milliy madaniyati rivoj topdi, uning yangidan – yangi yo’nalishlari paydo bo’la boshladi, o’zbek tilida yaratilgan asarlar ko’paya bordi. Zahriddin Muhammad Bobur, Abdulla ibn Muhammad ibn Ali Nasrullohiy, Turdi, Abulg’ozixon, Mushfiqiy Saida Nasafiy kabi adib va shoirlar Ibn Bobo Samarqandiy Muhammad Amiral-Munajjim al-Buxoriy, Abu Yoqib ibn Nasr Donish Buxoriy kabi munajjimlarning faoliyat ko’rsatganligi O’zbekiston hududida ilm – fan va madaniyat taraqqiy etganligidan
dalolat beradi. O`rta Osiyoning Chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi ma’naviy-madaniy sohada ham murakkab jarayonlarni keltirib chiqardi. Chorizm madaniyat siyosatining markaziy yo`nalishi O`rta Osiyo xalqlarini ma’naviy jihatdan asoratga solishga islom dinining ta’sirini susaytirib, milliy o`zlikni anglashni bartaraf etishga qaratilgan edi Shu bilan birga Chor ma’muriyatining intilishlariga zid ravishda o`lkaning ma’naviy hayotiga madaniy taraqqiyotiga ob’ektiv ravishda yordam beruvchi yangi ijtimoiy-madaniy hodisalar kirib keldi. Turkiston, Buxoro va Xivaga rus teatr gruppalarining ular qatorida V.M.Samarin kabi buyuk rus sahna ustalarining kelishi mashhur rus yozuvchilari asarlarining o`zbek tiliga tarjima qilinishi, ommaviy kutubxonalarning ochilishi, gazeta, telegraf, grammafon, fotografiya, kinomotografiya, bosmaxonalarning paydo bo`lishi mahalliy xalqlar hayotiga yangiliklar kirita boshladi.Umuman olganda ikki mustabid tuzum davrida siyosiy va mafkuraviy jihatdan nihoyatda og`ir sharoitda o`zbek milliy madaniyati ma’lum darajada rivojlandi, ayrim sohalarda esa yuqori natijalarga ega bo`ldi, lekin unga bu siyosiy tuzumlarning yetkazgan talofatlari cheksiz bo`ldi va fojealarga olib keldi. O’zbekiston va butun O’rta Osiyo mahalliy xalqlari oktyabr to’ntarilishidan so’nggi o’n yillikda o’z boshidan nihoyatda og’ir jabru sitamlar, zulm va musibatlarni kechirdi. Ma’lumki mintaqaning aksariyat mahalliy ziyolilari milliy demokratik ruhda 1917 yil noyabrda ta’sis etilgan muxtoriyatni kelajakka bo’lgan yuksak ishonch va orzu – umid bilan qo’llab – quvvatladilar hamda milliy davlat mustaqilligi uchun kuchlar nisbatining tengsiz bo’lishiga qaramasdan mardonavor kurash olib bordilar. Biroq mag’lub bo’lishdi. Chunki bolshevizm siyosatiga milliy ziyolilarni hokimiyat tepasiga kelish yoki mustaqil ish yuritishi also to’g’ri kelmas edi. Shu davrdan boshlab bu siyosat ustuvor yo’nalishga aylandi. Yangi hokimiyat va yangi ijtimoiy tuzumning qaror topishi jarayoni milliy vatanparvar, siyosiy hamda ijtimoiy tashkilotlar emigratsiya, oppozitsion ruhdagi ming – minglab ziyolilarning quvg’in va badarg’a qilish tazyiqi vositasida amalga oshirildi. Musulmon ruhoniylari, mahalliy aholining o’ziga to’q qatlami hamda an’anaviy o’quv muassasalari bo’lishi maktablar, madrasalar, masjidlar va boshqalar ham yangi hokimiyat va yangi ijtimoiy tuzumning ko’zlagan, siyosiy yo’naltirilgan iskanjasidan chetda qolmadilar2. Yangi hokimiyatga sodiq munosabatda bo’lgan va hatto uni faol qo’llab – quvvatlagan, lekin mahalliy aholining eng muhim milliy manfaatlarini iloji boricha himoya qilishga harakat qilgan siyosiy faol ziyolilarning anchagina qismi ham qatag’on qilib yuborildi. Buning uchun turli havoi sabablar, uydirma “xatolar” to’qilib, o’zbek ziyolilarining bo’yniga ayb sifatida qo’yildi. Masalan, Xalq maorifi komissari Rahim Inog’omov nomi bilan bog’liq va “inog’omchilik” nomini olgan guruh o’z millatini, maorif va madaniyat sohalaridagi huquqini himoya qilgani, milliy kadrlarning davlat boshqaruvida ishtirok talab qilgani uchun reaksion millatchilar sifatida ayblandilar. “18-lar guruhi”, “qosimovchilar” deb nom olgan mavqe huddi shular jumlasidandir. Yana boshqa bir misol tariqasida, davlat va savdo – sanoat boshqaruv apparatini, eng avvalo ish yuritish faoliyatini o’zbeklashtirish bo’yicha Markaziy Komissiya tashkil etish haqidagi O’zbekiston Ijroiya Qo’mitasi Prezidentimizning 1928 yil yanvar qaroridan1 ilhomlangan Xalq Maorifi Komissarligining faol vakili T.Tojiboyevning 1993 yil yozgan kitobi ommaviy mutoaladan olib tashlanganligini kurish mumkin. Muallif jumladan shunday yozadi: “O’zbekiston sharoitida o’zbek tilining davlat tili bo’lganligi vajidan, respublikada barcha iqtisodiy va siyosiy faoliyat jarayonlari shu tilda amalga oshirilayotgani sababli tilning ko’pchilik aholi istimolida bo’lishi tufayli aniq va to’la ayonki, bu til, ozchilik millatlarni tashkil qiluvchi maktablarning barchasida o’tilishi shartdir.” Keyinchalik T.Tojiboyev o’zining ushbu fikrlari uchun “burjua millatchisi sifatida” ayiblanib qatag’on qilindi. Bu siyosat 30-yillarda nihoyatda keskinlashdi. qatag’onlar bilan birga madaniy, xususan, maorif sohasida milliy kadrlarni kamsitish siyosati olib borildi. Hokimiyat organlari sovet maktablari tarmoqlari va boshqa o’quv muassasalarni tashkil etish, ayniqsa, mahalliy millat yoshlari va bolalar uchun juda kam miqdorda mablag’ ajratib keldilar. Ittifoq markaziy hokimiyatni mahalliy aholining ijyimoiy, shu jumladan, maorif va fan (sohasida) borasidagi muammolarni keng tarzda hal qilishga xayrihohlik bildirmadi. Bunga millat farzandlarining, ayniqsa qishloq bolalarining o’qishga kam jalb etish holati yorqin misol bo’la oladi. Mahalliy aholi vakillari texnikum va oliy o’quv yurtlari talabalari umumiy miqdorining masalan O’rta Osiyo davlat universiteti va O’zbekiston davlat universiteti talabalarining uchdan bir qismidan ham kamrog’ini tashkil etgan tibbiyot va industrial institutlaridagi ahvol esa bundan ham battarroq bo’lgan. Faqat qishloq xo’jaligi sohasi bo’yicha o’quv yurtlarida mahalliy millat yoshlari, o’quvchilar umumiy miqdorining yarimigina tashkil etgan xolos. Yana shuni ham ta’kidlab o’tish lozimki, mahalliy millat o’quvchilari va talabalari ularga tegishli bo’lmagan sabablarga ko’ra, shu jumladan, davlat tomonidan oziq – ovqat uchun beriladigan mablag’ning bekor qilinishi natijasida boshqa millatlarga mansub o’quvchilarga qaraganda ikki barobar qismi o’tolmay qolgan. Shu bilan birga mahalliy mutaxassislarni o’rta maxsus va ayniqsa oliy o’quv yurtlariga jalb qilishga yetarli e’tibor berilmagan edi. O’rta Osiyodagi eng katta oliy dargoh hisoblangan O’rta Osiyo davlat unversitetining tashkil topganiga 20 yilga yaqin vaqt o’tgan bo’lsada, 197 professor – o’qituvchining tarkibida 136 rus, 3 ukrain, 19 yahudiy va hatto bir amerikalik o’quvchi bo’lgan holda, mahalliy millatlardan faqat 18 o’zbek, 2 qozoq va 1 qirg’iz vakili bo’lgan. Mazkur unversitetining 90 nafar ilmiy darajaga ega bo’lgan o’qituvchilari orasida faqat T.Qori-Niyozov – professori 6 nafar dotsent – Zohirov, Islomov, Muqimov, Rustamov, Sarimsoqov, Shamsiyev va dotsent vazifasini bajaruvchi S.Azimovlar bor edi xolos. Tosh Mining 249 o’qituvchilaridan atigi 46 nafari mahalliy aholi vakillaridan edi. Ittifoq siyosiy rahbariyati respublikada rus tilining majburiy o’rganish haqidagi qarori (1938 yil 13 fevral)da ayniqsa xalq maorifi sohasida ruslashtirish jarayonini keskin kuchaytirishga oid o’z qat’iyatini ochiq – oydin ifoda etdi. Aynan, o’z maqsadiga erishish uchun 1940 yili Ittifoq markazining qarori bilan respublikada lotin alifbosidan kirillitsaga o’tildi. Bu yo’lda milliy ziyoli vakillarining hech qanday e’tirozi nazarga olinmadi. Buning ustiga 1937-1938 yillardagi ommaviy qatag’onlardan so’ng bolshevistik sovet tuzumining til siyosati bobida olib borayotgan tadbirlariga qarshi kayfiyatdagilar ham churq etmaslikka majbur bo’ldilar. Bundan foydalangan hokimyat vakillari Ittifoq markazi siyosatini amalga oshirishda hatto zo’r tashabbuskorlik bilan faoliyat ko’rsatdilar. 1939 yilda Xalq maorifi Komissarligi hisobotnomalarida O’zbekiston allomalarining ayrim asarlarida sovet hokimiyatining siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy yutuqlariga berilgan tanqidiy baholar sifatida ta’kidlab o’tiladiki “bir qator nashrga tayyor ishlarda zararli g’oyalarning mavjud bo’lganligi tufayli ular yo’qotib yuborildi.” Qoraqalpog’istonning O’zbekistonning tarkibiga kirganidan salkam bir yil o’tgach, Avtanom XKS va viloyat partiya komiteti tomonidan 1938 yil martida “QASSR Xalq Maorifi Komissarligi tizimida zararkunandalik oqibatlarini bartaraf etish bo’yicha tadbirlar haqida” qaror qabul qilindi. Mazkur qarorda “xalq dushmanlari xorijiy davlatlar josuslari, burjua millatchilari Aliyev, Alimov, Rizayev, Kumnev, Kvachev, Ahmedovlar o’zlarining xalq maorifi” Komis- sarligidagi gumashtalari To’rayev S, To’rayev T, Sullyev va boshqalar vositasida xalq maorifi sohasiga katta zarar yetkazdilar. Bu xalq dushmanlari “qoraqalpoq xalqini buyuk rus xalqi madaniyatidan ajratib olmoqchi bo’ldilar, ular maktablarda mahalliy aholi farzandlari rus tilini o’rganish imkoniyatidan mahrum etdilar, ular maktab yoshiga yetgan bolalarning ko’pchiligini saboqsiz qilib qo’ydilar”.O’zbekiston mahalliy aholisining ko’p millatli ziyolilari namoyondalar M. Abdurashidxonov,1 A. Avlonov, C. Abdulg’afforov, K. Avezov, A. Alimov, Oybek.T. Qori-Niyoziy, A.Nurumbetov, A.Shukuriy va boshqalar maktablar, o’quv yurtlari, ilmiy muassasalar tashkil etish va mahalliy millat yoshlarini jalb etish hamda o’quv dasturlari, darsliklar, o’quv qo’llanmalari va boshqa uslubiy adabiyotlar yaratishga ulkan hissa qo’shganlar.
Bu esa xalq maorifi va fan sohasining rivojlanishida mahalliy aholi ziyolilarining ishtirok etish uchun muhim zamin yaratishga imkoniyat eshiklarini ochib berdi va nafaqat O’bekistonda,balki butun O’rta Osiyoda milliy qadriyatlarni saqlab qolishga omil yaratdi. Toshkent va Samarqandning xalq – xo’jaligi uchun mutaxassislar tayyorlashda yirik maktablarga aylanganligi alohida xususiyat baxsh etgan, binobarin, Buxorodagi “Mir arab” madrasasi butun O’rta Osiyoda yagona diniy musulmon o’quv yurtiga aylanib qoldi.
30-yillar O’zbekistonda milliy ziyolilarning sa’y – harakatlari bilan o’rta maxsus maktablari va oliy o’quv yurtlari uchun ko’pgina fan sohalariga oid qimmatli va noyob darsliklar, o’quv qo’llanmalari yozish, yo’lga qo’yildi. “O’qituvchi”(учителъ) nashriyoti tashkil etildi va 1938 yildan boshlab Qoraqalpog’istonda o’quvchilar va o’qituvchilar uchun o’quv adabiyotlari aynan respublikaning o’zida nashr etila boshlandi.
Ikkinchi jahon urushining boshlanishi arafasida va butun urush davomida hamda undan keyingi bir necha yillar davomida muayyan sabablarga ko’ra O’zbekiston madaniy hayoti va maorif tarmoqlari sohasida jiddiy siljishlar deyarli ko’zga tashlanmadi yohud u yoki bu tadbirlar amalga oshirilgan bo’lsa-da, ularning mukammal intixosiga yetkazish borasida ma’lum qiyinchiliklarga duchor qilindi.
1944-1945 o’quv yillarida 160 mingga yaqin maktab yoshidagi bolalar o’qishga jalb etilmay qoldi. O’quv jarayonida maktabdan ketib qolgan yoki qatnashmagan o’quvchilarning umumiy soni 137,5 mingga yetdi. Shunday qilib, 300 mingga yaqin yoki maktab yoshidagi bolalarning 30 foizi maktabga jalb etilmay qoldi. Ko’pgina maktablarda davomat faqat 40-50 foizgina tashkil etgan, ba’zi tumanlarda maktablar umuman yopib tashlangan.1
40- yillarning oxiri va 50- yillarning boshi ziyolilar uchun yangi qatag’onlar, ulug’ davlatchilik – shovunistik quvg’inlar hamda tahqirlar girdobi davri bo’ldi. (Tarixchilarning hisob – kitoblariga qaraganda, 1924 yildan 1953 yilga qadar (urush yillari bundan mustasno) sobiq ittifoqdan 20 miliondan ortiq kishi bu qatag’onlar qurboni bo’ldi).2 Shuning uchun ham partiya – sovet organlari mahalliy aholining milliy oilaviy – maishiy an’analar va urf- odatlarini hisobga olgan holda mahalliy aholi vakillari ishini yo’lga qo’yish borasidagi o’zlarining uquvsizlik va loqaydlik ayblanib aholi-
ning o’ziga to’nkab qo’ya qoldilar. Masalan mahalliy millatga mansub qizlarning maktablardan badarg’a etilishi sabablarini milliy va tashkiliy muammolarda emas, balki “boy – feodal hamda maishiy bid’atlar tasirining oqibatlari”da deb uqtirdilar. Xalq maorifi va oliy maktab tizimida respublika miqyosida 1932 yildan boshlanib 20 yil davom etgan qishloq joylarida boshlang’ich majburiy umumta’lim, shaharlarda esa yetti yillik ta’lim tadbirining amalga oshirilishi xalq maorifi va oliy maktab tizimidagi eng muhim siljishlardan biri bo’ldi. Faqat 1957 yilning sentabriga kelib O`zbekiston hukumati “Toshkent shahrida hamda viloyat markazlarida yetti yillik ta’limdan” o`rta ta’lim (o`n yillik) tizimga o`tishini besh yillikning oxiriga kelib yakunlash va buning uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib keyingi besh yillikda joriy etilishiga erishish qishloq joylarida esa 1952/1953 o`quv yilidan boshlab yetti yillik majburiy ta’limni kiritish haqida
qaror qabul qilindi. Ijtimoiy – gumanitar fanlar ichida 40-yillarda va
Ularning bevosita ishtirokida Stalinchilik ruhi bilan sug’orilgan “VKL(b) tarixi qisqa kursi”ga moslashtirilgan “O’zbekiston xalqlari tarixi” kabi tarixiy asarlarning yozilishiga asos solindi. Mazkur asarning tuzatilgan ikki jildi keyinroq 1947 va 1950 yillarda nashrdan chiqdi.
Ikkinchi jahon urushini g’alaba bilan tugallagan SSSR o’zini yanada mag’rur tuta boshladi. Oliy siyosiy rahbariyat fashizm ustidan qozonilgan bu g’alabani “sotsializmning imperializm – kopitalizm ustidan qozongan g’alabasi”, marksizm – leninizm – stalinizm1 g’oyasining “mardonavor tantanasi”, kommunistik mafkuraning yengilmas kuchi sifatida izohladilar.
Sovet qo’shinlari fashistlardan ozod qilgan bir qator Yevropa mamlakatlarida (Bolgariya, Vengriya, Ruminiya, Chexoslovakiya va boshqalar) “Sovetlarga” yangi hukumatlar tashkil qilinib, ular sotsialistik yo’ldan bora boshaladilar. Bu jarayonni kommunistik mafkura rahnamolari sotsializmning jahon miqyosida g’alabasi, “sotsializmning bir necha mamlakatlarda birdaniga g’alaba qilishi”, “sotsialistik sistemaning yuzaga kelishi” deb baholadilar. Urushdan keyingi yillardan boshlab kommunistik mafkura o’zining xalqaro va ichki miqyosidagi barcha targ’ibot-tashviqot, ommaviy – siyosiy ishlar olib boruvchi ulkan mexanizmni ana shu g’oyani xalq ommasi ongiga singdirishga safarbar qildi. Natijada urush tufayli bir oz bo’lsada susaygan g’oyaviy siyosiy tazyiqlar, cheklashlar yana avj ola boshladi.
Shunisi hayratlanarliki har bir tarixiy bosqichda kommunistik g’oyafurushlar yangi – yangi aqidalarni o’ylab topardilar.
50- yillarning oxirlarida SSSRda sotsializmning to’la va uzil-kesil g’alaba qilganligini KPSS XXI syezdi (1959 yil yanvar - fevral)
tantanali ravishda e’lon qilindi. Shu bilan birga siyosiy rahbariyat “80- yillarda sovet xalqi kommunizmda yashaydi” deb va’da berdi. Hatto bo’lajak kommunizm kishisining “Ahloq kodeksi” ham ishlab chiqildi. Barcha madaniy – ma’rifiy, ommaviy – siyosiy, ishlar xalq ommasini “Ahloq kodeksi” ruhida qayta tarbiyalashga safarbar qilindi.
Biroq mustabid tuzum o’z mohiyatiga ko’ra unitary (qo’shma) davlat bo’lganligi uchun ham bunday “Erkin jamiyatni yarata olish mumkin emasdi”. 60- yillardayoq jamiyat taraqqiyotida kundan - kunga sekinlashish mexanizmi tobora kuchayib, ijtimoiy – iqtisodiy sohalarda ham beqaror rivojlanish ko’zga tashlandi va SSSRda 80-yillarga kelib “va’da qilingan kommunizm” bo’lmasligi yaqqol sezilib qoldi. Shu boisdan ham markaz siyosiy rahbariyati sovet xalqlarini kommunizmda yashashiga ishontirgan N.Xurishchevga barcha aybni qo’yib, “Kommunizmga erishish uchun yana bir bosqich – “rivojlangan sotsializm” boshqichini bosib o’tish zarurligi, busiz kommunizmga o’tib bo’lmasligi” aytib o’tildi. Shu asosda “kommunizm g’oyasi” o’rniga navbatdagi aqida – “rivojlangan sotsializm” g’oyasi sovet jamiyatining ijtimoiy – siyosiy hayotiga sun’iy ravishda kiritildi. Bu partiyaning navbatdagi g’oyaviy – siyosiy o’yini xalq ommasini e’tiborini mustabid tuzumning illatlari oqibatida yuzaga kelgan jamiyat taraqqiyotiga bo’layotgan muhim muammolardan chalg’itish edi.
60-80 yillarda partiya “rivojlangan sotsializmga” erishish uchun o’zining barcha imkoniyatlarini ishga soldi, Ommaviy axborot, targ’ibot – tashviqot bosmalari xalq ommasi ongiga, rivojlangan sotsializm “bosqichida sotsializm o’zining eng yuqori” fazasiga erishadi, bu davrda san’at, qishloq xo’jaligi, fan va texnika, madaniyat – ma’rifat imkon darajasida rivojlanadi, xalqning turmush darajasi muntazam olib boradi, sovet kishilarning yangi “sotsialistik
turmush tarzi” shakllanadi, degan soxta, amalga oshirib bo’lmaydigan, g’oyalarni singdirishga harakat qildi.
1946-1985 yillar oralig’ida Markaz ideologlari tomonidan o’ylab topilgan ana shu xayoliy va noilmiy aqidalar girdobida, butun mamlakatda bo’lganidek, O’zbekistonda ham maorif oliy ta’lim, ilm – fan, san’at o’ta siyosiylashgan holda rivojlanishga majbur qilindi.
Yana eng muhimi shundaki, bu davrda barcha milliy respublikalar va millatlar madaniyatini o’ziga mujassamlashtirgan yagona “sovet madaniyati” yaratilganligining e’tirof etilishi SSSRga birlashtirilgan barcha xalqlar ma’naviyatining bundan keyingi yo’nalishini belgilab berdi. Ushbu davra madaniyatga xos, uning rivojlanishi uchun muhim omil bo’lgan. Erkinlik demokratiya1 batamom yo’q qilindi. Madaniyat, ayniqsa milliy madaniyatning “rivoji” maxsus qalbiga solindi. Siyosiy o’lchovlarga, kommunistik mezonga javob bermagan har qanday asar yo’qqa chiqarildi, uning muallifi jamiyatga yaroqsiz shaxs sifatida “chetga surib” qo’yildi.



Download 107.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling