1-mavzu: Bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va texnologiyalari fanining predmeti va asosiy tushunchalari. Reja


Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi o’quv fan sifatida


Download 25.57 Kb.
bet2/6
Sana14.12.2022
Hajmi25.57 Kb.
#1004975
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-MAVZU

Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi o’quv fan sifatida.
Jismoniy tarbiya nazariyasi (umumiy asoslari) o’quv fani sifatida jismoniy tarbiya, jismoniy madaniyat va sport bo’yicha mutaxassislarni tayyorlashda hamda maxsus bilim va ma’lumot olishda asosiy fan bo’lib hisoblanadi. O’zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya instituti, Viloyat pedagogika instituti va Universitetlarida, kasb-hunar kollej jismoniy tarbiya fakultetlarining o’quv rejalarida bu fan jismoniy tarbiya nazariyasi jismoniy madaniyat va sport haqida bilimlarining to’la tizimida o’tish kursini ta’minlaydi uning mazmuni jismoniy tarbiya nazariyasining asosiy tushunchalari tashkil yetadi va shu asosida boshqa ayrim nazariy va metodik bo’lim turlari o’rganiladi. Jismoniy tarbiya ijtimoiy hodisalarga taa’luqlidir. Bu hodisalarni xarakterlash uchun jismoniy tarbiyaning kelib chiqishi sabablari uning jamiyat hayotida tutgan o’rni: jismoniy tarbiyaning tarixiy xarakteri: jismoniy tarbiyaning jamiyatdagi sinfiy maqsadi: jismoniy tarbiyaning rivojlanishida mehnat foaliyatining mazmuni va xarakteri: yutuqlari va boshqa omillarning ahamiyati kabilarni anglab olishlari shart. Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, bu omillar jismoniy tarbiyada aloxida - ahamiyatda ega emas, balki murakkab bog’langan holda ta’sir ko’rsatadi. Jismoniy tarbiyaning moxiyatini tushunish uchun eng avvalo uning maxsus mazmunini aniqlash lozim. Jismoniy tarbiya har xil fanlar tomonidan o’rganiladi (jismoniy tarbiya nazariyasi, sport fiziologiyasi, sport psixologiyasi, jismoniy shakllar biomexanikasi hamda sport turlarining nazariyasi uning metodikasi va x.k.). Jismoniy tarbiya nazariyasi pedagogik fandir: u insonning barkamolligini boshqarishning umumiy qonunlarini, shuningdek bu qonuniyatlari asosida O’zbekiston fuqarolarining jismoniy tarbiyasi vazifalarini metodlari va ish shakllarini aniqlaydi: jismoniy tarbiya nazariyasining mazmuni jismoniy komil toptiradigan va Vatan mudofaasiga tayyorlaydigan tarbiya to’g’risidagi bilimlarni tashkil qiladi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi jismoniy tarbiya amaliyotdagi hamma turlarini, hamda aralash fanlarning dalillarini umumlashtiradi. Buni o’rganish hamma sport pedagogik mutuxassisliklarga umumnazariy asos bo’ladi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fanining bo’limlarida jismoniy madaniyatning umumiy ta’lim hamda kasb - amaliy tayyorgarlik va kundalik turmushda xususiyatlari o’rganilib boradi. Shuningdek sport, jismoniy tarbiyaning asosiy komponentlaridan biri hamda sport faoliyatining maxsus shakli sifatida sport musobaqalari taxlil qilinadi.
Shunday qilib, jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi kursi jismoniy madaniyat va sport bo’yicha mutaxassislar, professional - ta’limotning ilmiy fundamentiga kirituvchi kengaytirilgan bo’limlari majmuasini o’z ichiga oladi. Uning ahamiyati faqat bu bilimlar qiymati bilan ifodalanmaydi, u bo’lg’usi mutaxassisga jismoniy madaniyatning butun sohalarida kasbiy - faoliyat mazmunini to’liq tushinishga imkoniyat beradi, uning dunyo qarashini o’zgartiradi, jamiyat sohasidagi boshqa ishchilarning umumiy ishlari bilan bog’laydi va shu yangi tipdagi bilim, usul va metodlarini egallashni, zarur bo’lgan keng professional dunyoqarashini shakllantirishga yordam beradi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi bu inson jismoniy kamolatini boshqarishning umumiy qonuniyatlari haqidagi fandir. Bu fanni egallash jismoniy tarbiyaning barcha bo’g’inlariga tegishli masalalarini hal qilishga to’g’ri yondoshish imkonini beradi.

Download 25.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling