ÓZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA ÓRTA MAXSUS TÁLIM VAZIRLIGI
NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
“TASDIQLAYMAN”
_______________B.Otemuratov
2022-yil “_____”___________
BOSHQARUV PSIXOLOGIYASI
FAN DASTURI
Bilim sohasi: 100000 — Gumanitar
Ta‘lim sohasi: 110000 — Pedagogika
Talim yo’nalishi : 5611700 – Maktap menedjmenti
NUKUS-2022
Fan/ modul kodi
|
Óquv yili
2022-2023
|
Semestr
|
ECTS-kreditlar
10
|
|
Fan/modul turi majburiy
|
Tálim tili
Ózbek/Qoraqalpoq/Rus
|
Xaftadagi dars soatlari
4-6
|
|
1.
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashǵulotlari
|
Mustaqil tálim
|
Jami yuklama
|
|
Boshqaruv psixologiyasi
|
|
|
|
|
|
1.Fanning mazmuni:
O‘quv fanining dolzarbligi oliy hasbiy ta‘limdagi o‘rni
Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari)
Bozor munosabatlari sharoitida oliy ta’lim tizimida mutaxassislarni tayyorlashda chuqur o’zgarishlarga o’z bilim va tajribalari bilan moslasha oladigan, jaxon andozalariga javob bera oladigan zamonaviy kadrlarni yetkazib berish muhim masala hisoblanadi. “Boshqaruv psixologiyasi” fanidan o’quv-uslubiy modul chet el universitetlarida ushbu fanni o’qitish borasida orttirilgan tajriba asosida yozilgan bo’lib, unda bo’lajak mutaxassislarda ana shunday hususiyatlarni qaror toptirish ko’zda tutiladi.
O’quv fanini o’qitishning maqsad va vazifalari
“Boshqaruv psixologiyasi” fanidan o’quv-uslubiy modulning maqsadi ushbu fan bo’yicha tahsil olayotgan talabalarga boshqaruv asoslarini, boshqaruvning psixologik jixatlarini makro va mikroiqtisodiy darajada o’rgatish asosida ularning yetuk va yuqori malakali mutaxassis bo’lishlarini hamda olingan bilimlari asosida o’qish va ilmiy izlanishlarini davom ettirishlarini ta’minlashdir.
Fanning vazifalari quyidagilardan iborat:
bozor iqtisodiyoti sharoitida “Boshqaruv psixologiyasi” fanining tutgan o’rni va uni o’rganishning zarurati;
boshqaruvning qonun va tamoyillarini o’rganish, ulardan amaliyotda foydalanish;
menejer kadrlarni o’qitish va ulardan iqtisodiyotni boshqarishda samarali foydalanish;
menejment samaradorligi ko’rsatkichlari va uni baholash usullarini o’rganish.
Fanning o’quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
“Boshqaruv psixologiyasi” fani ijtimoiy-gumanitar, umumiqtisodiy, tabiiy va matematik fanlar bilan uzviy aloqadordir. Fanning nazariy-uslubiy asosini psixologiya, iqtisodiy nazariya, bozor nazariyasi va boshqaruv nazariyasi kabi fanlar belgilaydi. Bundan tashqari, makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, strategik menejment, innovatsion menejment, tashkilot nazariyasi, sotsiologiya, psixologiya, inson resurslarini boshqarish, ekonometrika, tarmoqlar iqtisodiyoti va boshqa fanlar bilan aloqadordir.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |