1-Mavzu: Bolalar muvozanatli ovqatlanishining asosiy tamoyillari
Download 17.63 Kb.
|
1-Mavzu Ma`ruzasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. Bolalar kunlik energiya sarfi va kundalik ovqatlanishning energetik qiymati
- NAZORAT SAVOLLARI
1-Mavzu: Bolalar muvozanatli ovqatlanishining asosiy tamoyillari 1. Bolalar organizmining anatomik va fiziologik xususiyatlari 2. Bolalar ovqatlanishida oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, vitaminlar, minerallarning ahamiyati I. Bolalar organizmining anatomik fiziologik xususiyatlari Bolalar va o`smirlar organizmi bir qator muhim xususiyatlarga ega: Bolalarning tana to`qimalari 25% oqsillar, yog`lar, uglevodlar, mineral tuzlar va 75% suv *Sut tishlari *Oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan past tolerantlik *So`lakning past fermentativ faolligi *Ijobiy azot balansi *Assimilatsiya dissimilatsiyadan ustun turadi *Fermentlarning past faolligi *Umumiy mushaklarning va oshqozon-ichakning mushak qatlamining sust rivojlanganligi *Oshqozon hajmining kichik hajmligi *Tezkor o`sish, yuqori harakatchanlik, yuqori darajadagi issiqlik almashinuvi *Ichak yuzasi so`rilishining yuqoriligi *Jigar massasining kattaligi, yuqori ta`sirchanligi, regenratsiya qobilyatining mavjudligi, oshqozon osti bezi kabi jigar funktsional yetuklikka 6-9 yoshda yetishadi *Suvga talabning yuqoriligi *Skelet, pay to`qimalarining shakllanishi, defferensial tormozlanish darajasining pastligi va boshqalar. II. Bolalar kunlik energiya sarfi va kundalik ovqatlanishning energetik qiymati Inson hayotini tavfsiflovchi asosiy jarayon energiya va moddalar almashinuvi (metabolizmi) bo`lib, u assimilatsiya va dissimilatsiya hodisalaridan iborat. Assimilatsiya- inson organizmida hujayralar, to`qimalar, va turli a`zolarning murakkab organik moddalarning paydo bo`lishi va qayta tiklanishi hazm bo`ladigan oziq-ovqatning oddiy moddalari tufayli sodir bo`ladi. Disimilatsiya- murakkab organik moddalarning oddiy moddalarga aylanishi. Natijada hosil bo`lgan suv, karbonat angdrid, mochevina teri, siydik ayirish, nafas olish orqali tashqi muhitga ajratiladi. Assimilatsiya – energiya sarfi bilan, Dissimilatsiya energiya hosil qilish bilan kechadigan jarayondir. Moddalar almashinuvi (Metabolizm)- bu inson tanasida oziq moddalar bilan sodir bo`ladigan biokimyoviy reaktsiyalar to`plamidir. Inson energiya xarajatlariga mos keladigan oziq-ovqat bilan ta`minlash uchun kunlik energiya sarfini aniqlash kerak. Bola tanasining energiya sarfi: Organizmning asosiy hayotiy funksiyalarini bajarish To`qima moddalarining o`sishi, rivojlanishi va zahiraga yi`g`ilishi Bolalarda harakat, jismoniy faollik, qichqiriq, yig`lash uchun Oziq-ovqatnibg o`ziga xos dinamik ta`siridan Asosiy almashinuv (asosiy metabolik energiya)- bu ichki organlar faoliyati va issiqlik almashinuviga sarflanadigan energiya. Muskullar faol bo`lmagan holatida , och qoringa, atrof-muhit harorati 20-22̊̊ C darajada, asosiy metabolik energiya darajasi- tana vaznining 1 kg uchun 1 soatga 1 KKAL hisoblanadi. Bolalarda energiya almashinuvining xususiyatlari: Bolalardagi asosiy metabolizm kattalarnikiga qaraganda 1,5-2 baravar yuqori: Tana massasi birligida to`g`ri keladigan tana yuzasi yoshi kattalarnikiga qaraganda kattaroq: Yuqori harakatchanlik: Kattalarga qaraganda ko`proq issiqlik yo`qotilishi: Turli yoshdagi bolalarning kuniga 1 kg vazniga o`rtacha energiya sarfi (kkal). 1 yoshgacha 100 kkal 1 yoshdan 3 yoshgacha 90-100 kkal 4 -6 yoshdagi bolalarda 80-70 kkal 7-10 yoshda 65-45 kkal Inson hayotiy jarayonlarga sarflaydigan energiya manbayi oziq-ovqatdir. Oziq-ovqat tarkibidagi energiya yashirin holatda bo`ladi va metabolism jarayonida ajralib chiqadi. Oziq-ovqat tarkibidagi yashirin energiya miqdori uning energetic qiymati yoki kalloriyasi deb ataladi. Kundalik ovqatlanishning energetik qiymati yiki kalloriyasi insonning kunlik energiya sarfiga teng bo`lishi kerak. Bolalarda va o`smirlarda energetik qiymat energiya sarfidan 10% ga yuqori bo`lishi kerak chunki ozuqa moddalarning bir qismi organizmning o`sishi va rivojlanishini ta`minlash uchun sarflanadi. Kundalik ovqatlanishning energetik qiymati yiki kalloriyasi insonning kunlik energiya sarfiga teng bo`lishi kerak. Bolalarda va o`smirlarda energetik qiymat energiya sarfidan 10% ga yuqori bo`lishi kerak. Oziq-ovqat tarkibidagi energiya manbayi oqsillar, yog`lar va uglevodlardir. Uglevodlar va oqsillarning energetic qiymati koeffisiyenti 4 kkal/g., yog`larniki esa 9 kkal/g. Oziq-ovqatlar energetik qiymatini hisoblash yo`li bilan aniqlash mumkin. Buning uchun mahsulotlarning kimyoviy tarkibini va ular tarkibidagi moddalarning 1 gramm energetik qiymatini bilish kerak. Bolalar va o`spirinlarda oziq moddalariga bo`lgan ehtiyoj ularning yoshiga teskari proportsiyanaldir. (bolalar qancha kichik bo`lsa, shuncha katta energetik ehtiyoji bo`ladi) chunki bola hayotining birinchi yillarida ayniqsa tezroq o`sadi. bolani barcha oziq-ovqat tarkibiy qismlari, vitaminlar, makro va mikro elementlar bilan yetarli darajada ta`minlash uning immun tizimining holatini yaxshilaydi, organizmning atrof-muhitidagi salbiy omillarga chidamliligini oshiradi. Ovqatlanish bolaning markaziy asab tizimining rivojlanishiga, aql-idrokiga va ish qobilyati holatiga ta`sir qiladi. Ratsionda nafaqat oqsillar, yog`lar, uglevodlar balki makro va mikro elementlar ham muvozanatli bo`lishi kerak. NAZORAT SAVOLLARI Bolalar organizmining anatomik fiziologik xususiyatlari haqida tushcha bering? Bolalar kunlik energiya sarfi va kundalik ovqatlanishning energetik qiymati haqida bayon eting? Download 17.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling