1-Mavzu: Bolalar muvozanatli ovqatlanishining asosiy tamoyillari


Download 17.63 Kb.
Sana03.06.2024
Hajmi17.63 Kb.
#1843817
Bog'liq
1-Mavzu Ma`ruzasi


1-Mavzu: Bolalar muvozanatli ovqatlanishining asosiy tamoyillari
1. Bolalar organizmining anatomik va fiziologik xususiyatlari
2. Bolalar ovqatlanishida oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, vitaminlar, minerallarning ahamiyati
I. Bolalar organizmining anatomik fiziologik xususiyatlari
Bolalar va o`smirlar organizmi bir qator muhim xususiyatlarga ega:
Bolalarning tana to`qimalari 25% oqsillar, yog`lar, uglevodlar, mineral tuzlar va 75% suv
*Sut tishlari
*Oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan past tolerantlik
*So`lakning past fermentativ faolligi
*Ijobiy azot balansi
*Assimilatsiya dissimilatsiyadan ustun turadi
*Fermentlarning past faolligi
*Umumiy mushaklarning va oshqozon-ichakning mushak qatlamining sust rivojlanganligi
*Oshqozon hajmining kichik hajmligi
*Tezkor o`sish, yuqori harakatchanlik, yuqori darajadagi issiqlik almashinuvi
*Ichak yuzasi so`rilishining yuqoriligi
*Jigar massasining kattaligi, yuqori ta`sirchanligi, regenratsiya qobilyatining mavjudligi, oshqozon osti bezi kabi jigar funktsional yetuklikka 6-9 yoshda yetishadi
*Suvga talabning yuqoriligi
*Skelet, pay to`qimalarining shakllanishi, defferensial tormozlanish darajasining pastligi va boshqalar.
II. Bolalar kunlik energiya sarfi va kundalik ovqatlanishning energetik qiymati
Inson hayotini tavfsiflovchi asosiy jarayon energiya va moddalar almashinuvi (metabolizmi) bo`lib, u assimilatsiya va dissimilatsiya hodisalaridan iborat.
Assimilatsiya- inson organizmida hujayralar, to`qimalar, va turli a`zolarning murakkab organik moddalarning paydo bo`lishi va qayta tiklanishi hazm bo`ladigan oziq-ovqatning oddiy moddalari tufayli sodir bo`ladi.
Disimilatsiya- murakkab organik moddalarning oddiy moddalarga aylanishi. Natijada hosil bo`lgan suv, karbonat angdrid, mochevina teri, siydik ayirish, nafas olish orqali tashqi muhitga ajratiladi.
Assimilatsiya – energiya sarfi bilan,
Dissimilatsiya energiya hosil qilish bilan kechadigan jarayondir.
Moddalar almashinuvi (Metabolizm)- bu inson tanasida oziq moddalar bilan sodir bo`ladigan biokimyoviy reaktsiyalar to`plamidir.
Inson energiya xarajatlariga mos keladigan oziq-ovqat bilan ta`minlash uchun kunlik energiya sarfini aniqlash kerak.
Bola tanasining energiya sarfi:
Organizmning asosiy hayotiy funksiyalarini bajarish
To`qima moddalarining o`sishi, rivojlanishi va zahiraga yi`g`ilishi
Bolalarda harakat, jismoniy faollik, qichqiriq, yig`lash uchun
Oziq-ovqatnibg o`ziga xos dinamik ta`siridan
Asosiy almashinuv (asosiy metabolik energiya)- bu ichki organlar faoliyati va issiqlik almashinuviga sarflanadigan energiya.
Muskullar faol bo`lmagan holatida , och qoringa, atrof-muhit harorati 20-22̊̊ C darajada, asosiy metabolik energiya darajasi- tana vaznining 1 kg uchun 1 soatga 1 KKAL hisoblanadi.
Bolalarda energiya almashinuvining xususiyatlari:
Bolalardagi asosiy metabolizm kattalarnikiga qaraganda 1,5-2 baravar yuqori:
Tana massasi birligida to`g`ri keladigan tana yuzasi yoshi kattalarnikiga qaraganda kattaroq:
Yuqori harakatchanlik:
Kattalarga qaraganda ko`proq issiqlik yo`qotilishi:
Turli yoshdagi bolalarning kuniga 1 kg vazniga o`rtacha energiya sarfi (kkal).
1 yoshgacha 100 kkal
1 yoshdan 3 yoshgacha 90-100 kkal
4 -6 yoshdagi bolalarda 80-70 kkal
7-10 yoshda 65-45 kkal
Inson hayotiy jarayonlarga sarflaydigan energiya manbayi oziq-ovqatdir. Oziq-ovqat tarkibidagi energiya yashirin holatda bo`ladi va metabolism jarayonida ajralib chiqadi.
Oziq-ovqat tarkibidagi yashirin energiya miqdori uning energetic qiymati yoki kalloriyasi deb ataladi.
Kundalik ovqatlanishning energetik qiymati yiki kalloriyasi insonning kunlik energiya sarfiga teng bo`lishi kerak.
Bolalarda va o`smirlarda energetik qiymat energiya sarfidan 10% ga yuqori bo`lishi kerak chunki ozuqa moddalarning bir qismi organizmning o`sishi va rivojlanishini ta`minlash uchun sarflanadi.
Kundalik ovqatlanishning energetik qiymati yiki kalloriyasi insonning kunlik energiya sarfiga teng bo`lishi kerak.
Bolalarda va o`smirlarda energetik qiymat energiya sarfidan 10% ga yuqori bo`lishi kerak.
Oziq-ovqat tarkibidagi energiya manbayi oqsillar, yog`lar va uglevodlardir. Uglevodlar va oqsillarning energetic qiymati koeffisiyenti 4 kkal/g., yog`larniki esa 9 kkal/g.
Oziq-ovqatlar energetik qiymatini hisoblash yo`li bilan aniqlash mumkin. Buning uchun mahsulotlarning kimyoviy tarkibini va ular tarkibidagi moddalarning 1 gramm energetik qiymatini bilish kerak.
Bolalar va o`spirinlarda oziq moddalariga bo`lgan ehtiyoj ularning yoshiga teskari proportsiyanaldir. (bolalar qancha kichik bo`lsa, shuncha katta energetik ehtiyoji bo`ladi) chunki bola hayotining birinchi yillarida ayniqsa tezroq o`sadi.
bolani barcha oziq-ovqat tarkibiy qismlari, vitaminlar, makro va mikro elementlar bilan yetarli darajada ta`minlash uning immun tizimining holatini yaxshilaydi, organizmning atrof-muhitidagi salbiy omillarga chidamliligini oshiradi. Ovqatlanish bolaning markaziy asab tizimining rivojlanishiga, aql-idrokiga va ish qobilyati holatiga ta`sir qiladi.
Ratsionda nafaqat oqsillar, yog`lar, uglevodlar balki makro va mikro elementlar ham muvozanatli bo`lishi kerak.
NAZORAT SAVOLLARI

  1. Bolalar organizmining anatomik fiziologik xususiyatlari haqida tushcha bering?

  2. Bolalar kunlik energiya sarfi va kundalik ovqatlanishning energetik qiymati haqida bayon eting?

Download 17.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling