1-mavzu: Bolalarning jismoniy va aqliy shakllanishiga ijtimoiy muhitning ta’siri


Download 28.27 Kb.
bet4/5
Sana15.06.2023
Hajmi28.27 Kb.
#1485974
1   2   3   4   5
Bog'liq
To\'libayeva Guli. fiziologiya

6. Kichik maktab yoshi davri. Bu davr 7 yoshdan to 12 yoshgacha davom etadi. Ushbu davrda o'sish va skelet suyaklarining qotishi davom etadi, oyoqlarning o'sishi hisobiga tana proporsiyalari o'zgaradi, mushaklar jadal rivojlanadi, katta yarim sharlar po'stlog'ining integratsiyalovchi roli ortadi, tormozlanish jarayonlari kuchayadi. Jigar, buyraklar, o'pka, yurak va boshqa a'zolar hamda to'qimalarning strukturaviy va funksional differensiyalashuvi yakuniga yetadi. Timus bezini qayta rivojlanishi boshlanadi. Qalqonsimon bez va gipofizning funksiyasi kuchayadi. Jinsiy bezlarning gormonal ta'siri boshlanadi.

7. O'rta maktab yosh davri. Bu davr 12 yoshdan to 15 yoshgacha davom etadi. Bu davr jadal o'sish va tana vaznining ortishi bilan tavsiflanadi. Tana proporsiyalari sekin-asta voyaga yetgan inson ko'rsatkichlariga yaqinlashadi. Jinsiy voyaga yetish (o'g'il bolada 13-14, qiz bolada 11-12 yosh) va jinsiy bezlar gormonlarining ta'sirini ortishi ostida qalqonsimon bezning funksiyalari kuchayadi, timus qayta rivojlanishga (involyutsiyaga) uchraydi. Bosh miya katta yarim sharlarining qobig'i «organizmning barcha funksiyalarini bosh boshqaruvchisi va taqsimlovchisi» sifatida faoliyat ko'rsatadi. Qo'zg'alish va tormozlanish jarayonlari muvozanatlasha boradi, farqlash va umumlashtirish funksiyalari, ayniqsa, ikkinchi signal tizimining rivojlanishi tufayli murakkablashadi.

8. Yuqori maktab yoki o'spirinlik yosh davri. Bu davr qiz bolada 13 yoshdan to 18 yoshgacha, o'g'il bolada 15-16 yoshdan to 19-20 yoshgacha davom etadi. Ushbu davr jinsiy bezlar funksiyasining kuchayishi, ikkilamchi jinsiy yakunlanishi bilan tavsiflanadi. Boshqa ichki sekretsiya bezlarining, ayniqsa, gipofiz va qalqonsimon bezning funksiyalari ham kuchayadi. Barcha a'zolar va tizimlar funksiyasi, uzluksiz rivojlanish oqibatida, sezilarli darajada takomillashadi.

7-mavzu: Biologik faol va dorivor moddalarning bola organizmiga ta’siri


Aslida to‘qima va hujayralar umr davomida to‘xtovsiz yangilanib turadi. Xo‘sh, bu nima hisobiga ro‘y beradi? Ma’lumki, inson ovqat iste’mol qilganida organizmi zarur moddalar (ya’ni oqsil, uglevod, yog‘ singarilar) bilan ta’minlanadi. Shu moddalardan ayrimlari, masalan oqsillar bevosita yangi hujayralarning xosil bo‘lishi yoki ular tarkibidagi ayrim qismlarning yangilanishi uUglevodlar inson organizmiga tushgach, uning harakatlari (yurishi, mehnat qilishi)uchun kerakli miqdorda energiya (quvvat) beradi.
Yog‘lar esa bir yo‘la ikki vazifani bajaradi. Bir jihatdan anchagina energiya zahirasiga ega bo‘lganligi bois organizmga quvvat beruvchi manba sifatida xizmat qilsa, ikkinchi tomondan bevosita hujayra va to‘qimalar tarkibiga (masalan hujayra membranasiga) kiradi.
Xullas, ovqat bilan organizmga tushadigan oziq moddalar kishining yoshi, mehnat qobiliyati, u yashaydigan hududdagi ob-havo sharoitlariga qarab bir necha grammdan bir necha yuz grammgacha qabul qilinadi. Ular makronutriyentlar (yirik oziq moddalar) deb ataladi.
Biz iste’mol qiladigan oziq moddalar tarkibida shundaylari ham borki, garchi hujayraga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirib energiya berib turmasa ham baribir qabul qilib turilishi shart. Chunki ular tanadagi moddalar va energiya almashinuvida faol qatnashadi, immun tizimi ishini faollashtirib kasalliklarning oldini oladi, barcha biologik suyuqliklar (qon, limfa, gormonlar, hazm shiralari, fermentlar) tarkibiga kirib hayot uchun muhim vazifalarni bajaradi. Ushbu guruhga kiradigan oziq moddalarga ehtiyoj juda kam bo‘lganligi, ularning milligrammlar va hatto milligrammlarning mingdan bir ulushlari bilan o‘lchanganligi bois mikronutriyentlar (mitti oziq moddalar) deb yuritiladi.
Aytish joizki, vitaminlar, mineral moddalar hamda ko‘pgina biologik faol birikmalar mikronutriyentlardir, Ularning oziq moddalarda uchramasligi (yoki yetarli bo‘lmasligi) hayotiy jarayonlar buzilishi va bir qancha xastaliklar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Ko‘p hollarda mikronutriyentlarning foydalilik xususiyatiga e’tibor berilmaydi. Buning sababi shundaki, kishilarimiz aksariyat xollarda iste’moldagi mahsulotlar (ya’ni non, makaron va shunga o‘xshash un mahsulotlari, shakar, go‘sht, yog‘lar) yeb turilsa kifoya qiladi deb o‘ylashadi. Vaholanki, organizm uchun poliz mahsulotlari (qovun, tarvuz, karam, sabzi, sholg‘om va boshqalar) ko‘katlar (shivit, petrushka, kinza, kashnich, selderey, ko‘k piyoz singarilar) hamda meva-chevalar (o‘rik, olma, gilos, olcha, anor, shaftoli, nok, uzum, sitrus mevalari, xurmo kabilar) ham juda-juda zarur. Ular kundalik ovqatlarga qo‘shib iste’mol qilinsa organizmda mikronutriyentlarga nisbatan tanqislik kuzatilmasligi mumkin.
Meva-sabzavotlarning dasturxonda kam bo‘lishi, shuningdek kundalik taomlarni yuqori issiqlikda qaynatish, kuchli qovurish, konserva holida yeyish, hatto ovqat pishirishda mikroto‘lqinli moslamadan foydalanish ba’zan kutilgan natijani bermaydi. Bunday qilinganda masalliq va mahsulotlarning tabiiy xoldagi vitaminlari hamda biologik faol moddalari nihoyat darajada kamayib ketadi, hatto butunlay yo‘qolishiyam mumkin.
Yoshlarda o‘sish va rivojlanish kuchli bo‘lganligi bois ular organizmi qo‘shimcha oziq moddalarni ko‘p talab qiladi. Boz ustiga shu narsa ham aniqki, hozirgi ekologik noqulay ob-havo sharoitida yetishtirilayotgan aksariyat o‘simlik mahsulotlari tarkibida biz uchun foydali bo‘lgan mikronutriyentlar sezilarli darajada kamayib ketgan.
Qayd qilingan omillar (oziq-ovqat, meva-cheva kabilar) tanani tabiiy kerakli moddalar bilan ta’minlashda anchagina qiyinchiliklar tug‘diradi. Bu hol ayniqsa o‘sish yoshidagi bolalar, homilador ayollar, tuzalayotgan bemorlar, doimiy mashqlar bilan band bo‘lgan sportchilarda yaqqol seziladi. Shunday qiyinchilik va noqulayliklarni bartaraf qilish maqsadida hozirgi zamon biokimyosi va biotexnologiyasi yutuqlaridan foydalanilib, asosiy iste’mol taomlari bilan bir qatorda qabul qilinadigan, tarkibi vitaminlar, mineral moddalar hamda anchagina biologik faol moddalar qo‘shimchalar majmuasidan tashkil topgan maxsus moddalar majmuasi ishlab chiqarila boshlandi. Ular umumiy nom bilan biologik faol qo‘shimchalar deb yuritiladi.

8-mavzu: Bolalarda ikkinchi signal sistemasi tizimining rivojiga ta’sir etuvchi


Omillar

Download 28.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling