1-mavzu: boshlang‘ich matematika kursining amaliy yo‘nalishi reja
Download 23.79 Kb.
|
1-mavzu.
1-MAVZU: BOShLANG‘ICH MATEMATIKA KURSINING AMALIY YO‘NALISHI REJA: 1. Matematika o‘qitishning amaliy yo‘nalishi. 2. Amaliy yo‘nalishni kuchaytirish xususiyatlari. 3. Amaliy yo‘nalishni kuchaytirish imkoniyatlari. 1. Matematika abstrakt fandir. Biroq u odamlarning amaliy extiyojlari (yer uchastkalarining yuzalarini, idishlarning hajmlarini o‘lchash kabi) dan kelib chiqqan. Matematika fanining mazmuni juda ko‘p predmetlar, ularning xossalari va o‘zaro munosabatlarn doirasini qamraydi. Bu holat matematikannng, xususan geometriyaning boshqa fanlar va texnika bilan turli va mustahkam aloqalari mavjudligiga sabab bo‘ladi. Geometrik materialni o‘qishda geometrik shakllarning hossalari odamlarning ilmiy va amaliy faoliyatlarida qanday ishlatilayotganligini ko‘rsatish imkoni bor. Geometriyaning boshqa o‘quv predmetlarida, xalq xo‘jaligida, o‘quvchilarning mehnat faoliyatlarida turli xil qo‘llanishlarni aniqlash maktab geometriya kursini o‘qitishning muhim vazifasidir. O‘quvchilarning geometrik materialni ongli o‘zlashtirganliklari egallangan bilimlarni, faqat o‘quv jarayonida emas, balki undan farq qiluvchi vaziyatlardagi amaliy masalalarni yechishga qo‘llay olish ko‘nikma va malakalarni egallanganliklari bilan aniqlanadi. Maktab matematika kursining amaliy yo‘nalishini keng va tor ma’noda qaraladi. Keng manodagi amaliy yo‘nalish - bu o‘qitishning mazmuni va usullarini matematikaning texnika, qo‘shni o‘quv predmetlar, xalq xo‘jaligi va maishiy hayotda qo‘llanishidir. Tor manodagi amaliy yo‘nalish esa matematikani masala va mashqlar yechishga, o‘quvchilarda matematik ko‘rinishdagi mustaqil faoliyat malakalarini shakllantirishda karatilgandir. Bu yo‘nalish quyidagi pedagogik masalalarni o‘z ichiga oladi: 1) xisoblash, algebraik almashtirishlar, o‘lchash, grafiklar bilan ishlash kabi malakalarni shakllantirish, 2) nazariy materialni masalalar yechish jarayonida o‘rganish 3) matematikani kelusida muvafaqiyatli o‘rganish va qo‘llash uchun zarur bo‘lgan bilim va malakalarni egallash, 4) o‘quvchilarni predmetga bo‘lgan qiziqishari, ularning matematik faolligini, matematikadan foydalanuvchi predmetlarni mustaqil o‘rganish qobiliyatlarini rivojlantirish: 5) o‘z faoliyatini ratsionallashtirish, yoki rejalashtirishga oid o‘quv mehnat ko‘nikmalarini singdirish: 2. Matematika darslarida nazariy material va mashqlar birligini amalga oshirish kerak. Masalan: geometriya darslarida uchburchak ichki burchaklari yig‘indisi teoremasidan so‘ng u qo‘llaniladigan masalalar to‘plami bilan tanishtirish kerak. a) ixtiyoriy uchburchak ikkita burchagi bo‘yicha uchinchi burchagini topish (teng yonli yoki to‘g‘ri burchakli uchburchakning bitta burchagi berilishi kifoya); b) 3 ta to‘g‘ri chiziqlarning kesishishidan hosil bo‘lgan burchaklarni topish (umumiy uchga ega bo’lmagan ikkita burchak bo‘yicha qolgan bittasi topiladi), v) ko‘pburchak ichki burchaklari yig‘indisi uni uchburchaklarga bo‘lish orqali topiladi, g) undan tashqari bu teoremadan geodeziyada ham qo‘llaniladi. Nazariy material o‘tilgandan so‘ng uning qayerda qo‘lllanilishini ko‘rsatib o‘tish zarur. Bu esa mashqlar yechiщda ko’rinadi. Shuning uchun ham masalalar yechishning ahamiyati kattadir. Predmetga bo‘lgan qiziqish o‘qitish uchun juda zarurdir. Shuning uchun har bir yangi tushuncha yoki holat amaliy masalalarda paydo bo‘lishi kerak. Chunki bunday masalalar birinchidan, yangi materialni foydali ekanligiga o‘quvchilarni ishontiradi, ikkinchidan, matematik abstraksiyalar hayotdan kelib chiqishini ko‘rsatadi. Masalan: funksiyalarning hossalarini mavjud bog‘liqliklarni aks ettiruvchi grafiklarda namoyish qilinishi foydalidir. Hosilni yig‘ishning har soatli grafigi, poyezdlar harakati grafigi, yurak urushi kardiogrammasi va x. k. Matematikaning hayot uchun zarurligini ko‘rsatish uchun amaliy masalalar qaraladi. Masalan: sirtning gorizontalligini to‘g‘ri chiziq va tekislikning perpendikulyarlik belgisi bo‘yicha tekshirish o‘quvchilar uchun qiziqarlidir. Bu usuldan sport maydonchasini tekislashda foydalanish mumkin. 3. Amaliy yo‘nalish tashqi dunyoni bilishning usullaridan biri-matematik modellashni o‘rganishni ko‘zda tutadi. Boshlang‘ich sinfdayoq matnli masalalarni yechishda matematik modellashning sodda ko‘rinishlari bilan tanishiladi. Masalani tenglamalar yordamida yechishda amaliy masalalarni yechishning quyidagi bosqichlari qaraladi: a) real hayotdan tenglamaga o‘tish (modelni yasash). b) tenglamani yechish (yasalgan modelni matematik usullar va vositalar bilan tadqiq qilish). v) olingan yechimni real holat bilan taqqoslash (topilgan yechimni izohlash). O‘rmondagi yog‘och hajmi geometrik progressiya bo‘yicha bo‘ladi. Ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, halq xo‘jaligiga oid masalalar yechish, ularni tanlash muhimdir. Xususan, optimallashtirish masalalari (eng kichik masofa va x. k.) hosilaning tadbiqlari. Chiziqli programmalash bilan chiziqli tenglamalar (tengsizliklar) sistemasini yechishda tanishtirish mumkin. Amaliy yo‘nalishni kuchaytirish uchun predmetlararo aloqadan foydalanish muhimdir. Buning ikki yo‘li bor: 1) amaliy mashqlarni kuchaytirish, 2) matematikani boshqa predmetlarda qo‘llash. Shuningdek qo‘shma seminarlar ("matematika va fizika (hosila)") o‘tkazish mumkin. Matematika darslarida fizik miqdorlarga oid topshiriqlar berish kerak: 1) Har bir o‘zgaruvchini 2- orqali ifodalang: a) m=p·v b)s=v·t v) Q=cm(t- ) g) R=p 2) funksiyalardan qaysi biri Download 23.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling