Ii-bob bolalarning predmetlar shakli va


Download 163.76 Kb.
bet1/10
Sana16.06.2023
Hajmi163.76 Kb.
#1499085
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ilk yoshdagi bolalarning predmetlar miqdorini idrok qilishning pedagogik psixologik asoslari




NIZOMIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
Tasdiqlayman”
Maktabgacha ta’lim fakultet dekani_________ M.T.Hamdamova «___»________2023-yil

Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 2-kurs 203-guruh talabasi
Mirzayeva Xadichaning
“Ilk yoshdagi bolalarning predmetlar miqdorini idrok qilishning pedagogik psixologik asoslari”

Kurs ishi
mavzusidagi

Himoyaga tavsiya etilsin
Kafedra mudiri:_________F.U.Jumanova
“___” ___________ 2023
Ilmiy rahbar: _________ o‘qituvchi Z.Dehkambayeva


Toshkent – 2023

MUNDARIJA

KIRISH…………………………………………………………………………..3
I-BOB MAKTABGACHA YOSH DAVRIDA PSIXOLOGIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI

    1. Maktabgacha yoshidagi bolalar o‘yinining psixologik xususiyatlari……...…6

    2. Maktabgacha yoshidagi bolalar bilish jarayonlarining rivojlanishi………..10

II-BOB BOLALARNING PREDMETLAR SHAKLI VA

GEOMETRIK SHAKLLLARINI IDROK QILISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI


2.1Bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish. ……………………………..18
2.2.Kichik guruhda bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish……………..21
2.3.O‘rta guruhda bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish………………26
XULOSA………………………………………………………………………....30
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………..31
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi: Bugungi kunda mamlakatimizda barcha sohalarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, maktabgacha ta’lim sohasida tub o‘zgarishlar amalga oshirilib, maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’lim-tarbiya olishi masalasi davlat darajasidagi dolzarb masalaga aylandi.
Bu borada Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ishlar, qabul qilinayotgan farmon va qarorlar dasturul amal bo‘lmoqda. Maktabgacha ta’lim vazirligining tashkil etilishi, Prezidentimiz tomonidan “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2707-sonli Qaror, O’zbekiston Respublikasi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risida”gi qonuni, Maktabgacha ta’lim tizimi boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari, “Ilk qadam” Davlat o’quv dasturi, “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasi” kabi me`yoriy huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ma’lumki, maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy vazifalari bolalarni jismoniy, aqliy va ma’naviy jihatdan rivojlantirish, ularning tug‘ma layoqati, qiziqishi, ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olgan holda milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashdan iborat.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta’lim berish jarayonini takomillashtirishda bo‘lajak pedagoglarning ilmiy va uslubiy ta’minlanganligi, ularning kasbiy tayyorgarligi asosiy masalalardan sanaladi. Ayniqsa, bolalarda matematik tasavvur va bilimlarni rivojlantirish ularning intellektual jihatdan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishida o‘ziga xos o‘ringa ega.
Matematik bilimlar bolalarga, ular nimani bilib olganliklari va nimaning uddasidan chiqa olishlarini hisobga olgan holda, aniq tizim va ketma-ketlikda beriladi. Bu jarayonda “Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va 4 metodikasi” fanining mazmunidan kelib chiqib tayyorlangan ushbu qo‘llanma maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bakalavriat talabalari, shu yo‘nalishning maxsus sirtqi va sirtqi ta’limi talabalari hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilariga zarur ma’lumot va metodik yordam bera oladi. Qo‘llanma zamonaviy pedagogik texnologiyalarni hisobga olib tayyorlangani va bugungi kun talablariga to‘laqonli javob berishi bilan ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 163.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling