1-mavzu: boshlang’ich sinflarda geometriya elementlarini o’rgatish metodikasi reja: Geometrik materiallarni o‘qitishning mohiyati


Grafik ko‘rinishdagi ob’ektlar ustida ishlash


Download 1.28 Mb.
bet15/31
Sana19.06.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1626170
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31
Bog'liq
mo\'m umk

4.Grafik ko‘rinishdagi ob’ektlar ustida ishlash.
Diagrammalar grafiklar dеb ham ataladi. Ular elеktron jadvallarning ajralmas kismidir. Diagramma — sonli jadval kurinishida bеrilgan axborotlarni kurgazmali namoyish etish usulidir. Ma’lumotlarni diagramma shaklida namoyish etish bajarilayotgan ishni tеz tushunishga va uni tеz xal kilishga yordam bеradi. Jumladan, diagrammalar juda katta xajmdagi sonlarni kurgazmali tasvirlash va ular orasidagi alokadorlikni aniklashda juda foydalidir. Diagrammalar asosan sonlar bilan ish yuritadi. Buning uchun ishchi jadval varaqiga bir nеcha son kiritiladi, sung diagramma tuzishga kirishiladi. Odatda, diagrammalar uchun foydalanilayotgan ma’lumotlar bir joyda joylashgan buladi. Ammo bu shart emas. Bitta diagramma ma’lumotlarni ko‘p sonli ishchi varaqlar va hatto ishchi kitoblardan ham olishi mumkin.




DIAGRAMMA (yun. diagrammachiz-ma, rasm, shakl) — muayyan mikdorlar (t-ra, bosim va b.) oʻrtasidagi bogʻlanishni grafik tarzda ifodalash (yaqqol koʻrsatish) usullaridan biri. Massa, statistikada maʼlumotlarni geometrik shakllar (tekisliklar, chiziqlar, doiralar va b.) yordamida ifodalovchi chizmalar majmui. Diagrammada oʻlchov birligi (foiz, kg, g va b.) mikdorning turiga qarab tanlanadi. Mas, ogʻirlik (massa) t, kg, g larda, t-ra gradus (daraja) orqali ifodalanadi.
5.Sodda grafiklar diagrammalar, jadvallar.
Diagrammalarning bir nеcha xil turlari mavjud: chiziqli, doiraviy, grafik shakldagi va boshqalar. EXCELda diagrammalarning ixtiyoriy turini tuzish mumkin. Ayrim diagrammalar juda murakkab shakllarni ham aks ettiradi. Masalan, bargli, halqasimon va h.k. Diagrammalar hosil qilingandan kеyin u oʻzgarmas holatda bulmaydi, balki har doim uning shaklini oʻzgartirib turish va maxsus bichimlash atributlarini qoʻshish, yangi ma’lumotlar tuplami bilan to‘ldirish, mavjud ma’lumotlar to‘plamini boshka diapazon yachеykalardan foydalanadigan qilib ma’lumotlarni oʻzgartirish mumkin.









Ma’lumotlarni doiraviy diagramma ko‘rinishida ham tasvirlash mumkin. Odatda, doiraviy diagrammalar bir butun narsaning tarkibiy qismlari orasidagi munosabatlarni ko‘rgazmali qilib tasvirlash uchun tuziladi.
Masalan, maktab jami o‘quvchilari sonining sinflar bo‘yicha taqsimlanishi, mamlakat aholisining milliy tarkibi, oilaning jami xarajatlaridagi turli xil xarajatlarning ulushi, qotishmadagi turli metallar ulushini tasvirlovchi doiraviy diagrammalar va hokazo.
1-misol. Massasi 12 kilogramm bo‘lgan aralashmaning 2 kilogrammini tuz, qolganini suv tashkil qiladi. Bu ma’lumotlar asosida doiraviy diagramma tuzing.
Yechish. Doira markazini yoyiq burchakning uchi deb olsak, butun doirani ikkita 180° li yoyiq burchak qoplaydi (1- rasm).

1-rasm 2-rasm
Demak, butun doiraning gradus o‘lchovini 2*180° = 360° deb olsak bo‘ladi. Masala shartiga ko‘ra, 12 kg aralashmani butun doira (360°) kabi tasvirlaymiz. U holda, 1 kilogrammlik aralashmaga 360 : 12 = 30° li burchak mos keladi.
Unda, 2 kg tuz 2*30° = 60° li burchak bilan tasvirlanadi.
Aniqlangan qiymatlar asosida doiraviy diagramma quramiz. Buning uchun doira chizib, uchi doiraning markazida bo‘lgan 60° li burchak bo‘ylab ikkita radius o‘tkazsak, hosil bo‘lgan doira bo‘lagi tuzning miqdorini aniqlaydi (2- rasm).
Ravshanki, doiraning qolgan bo‘lagi aralashmadagi suvning miqdorini aniqlaydi.
Hosil bo‘lgan shakl aralashmadagi tuz va suv miqdorini ko‘rsatuvchi doiraviy diagrammadan iborat bo‘ladi.
Ba’zi hollarda diagramma tuzishda butun doirani ko‘proq bo‘laklarga bo‘lishga to‘g‘ri keladi.
misol. Qishloq fuqarolari yig'iniga o‘tkazilgan saylovda jami 12 000 saylovchi qatnashdi. Ularning 5400 tasi A nomzodga, 2100 tasi В nomzodga, 3300 tasi D nomzodga, 1200 tasi E nomzodga ovoz berishdi.
Saylov natijalarini ko‘rsatuvchi doiraviy diagramma tuzing.
Yechish. Butun doira (ya’ni 360°) - barcha 12 000 ta saylovchilar sonini tasvirlasin. Unda bitta saylovchiga 360° : 12 000 = 0,03° gradusli burchak mos keladi. Endi har bir nomzodga ovoz bergan saylovchilar soniga mos kelgan burchak kattaliklarini topamiz:
A nomzod uchun: 5400 0,03 = 162°
B nomzod uchun: 2100 0,03 = 63°
D nomzod uchun: 3300 0,03 = 99°
E nomzod uchun: 1200 0,03 = 36°
Doira markazini burchaklarning uchi deb olib mos burchaklarni transport yordamida chizsak, tegishli diagrammani hosil qilamiz (3- rasm).






Fermer xo‘jaligining 22,4 ga maydondagi issiqxonasida ekinlar qancha maydonga ekilganligi doiraviy diagrammada berilgan (5-rasm). Har bir ekin ekilgan maydon kattaliklarini gektarlarda aniqlang.
5-rasm
So‘rov natijalariga ko‘ra sinfdagi 36 nafar o‘quvchining 6 tasi - adabiyot, 8 tasi - matematika, 4 tasi - fizika, 3 tasi - kimyo, tasi – ingliz tili, 6 tasi - informatika va 2 tasi iqtisod fani bo‘yicha tashkil qilingan to‘garaklarda shug‘ullanishadi. Bu ma’lumotlar asosida bu sinf o‘quvchilarining fan to‘garaklariga qatnashishini ifodalovchi doiraviy diagramma quring.
RUZA-6

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling