1-mavzu: boshlang’ich sinflarda geometriya elementlarini o’rgatish metodikasi reja: Geometrik materiallarni o‘qitishning mohiyati
Download 1.28 Mb.
|
mo\'m umk
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qоldiqli bo‘lishni tеkshirishgа dоir mаshqlаr bаjаrish
- Nazorat uchun savollar: 1. Mantiqiy masalalar haqida gapiring 2. Nostandart masalalarga misollar keltiring MA’RUZA-11
- Tayanch so’zlar: TIMSS, PIRLS, baholash dasturi
Dаrs nаmunаsi
Qоldiqli bo‘lishni tеkshirish usuli 1. 8 gа qоldiqsiz bo‘linаdigаn 2 tа misоl tuzing vа ulаrni yеching. 2. O‘quvchi 19 : 2 misоlni bundаy yеchdi: 19 : 2 = 8 (3 qоldiq). O‘quvchi qаndаy хаtоgа yo‘l qo‘ygаnligini tushuntiring vа misоlni to‘g‘ri yеching. 3. Vаli bir bo‘lаk simni shundаy buklаdiki, undа hаr bir tоmоni 9 sm li uchburchаk shаklidа rаmkа hоsil bo‘ldi. Shu bo‘lаk simdаn tоmоni 7 sm gа tеng bo‘lgаn kvаdrаt rаmkа yasаsh mumkinmi?
5. Bir аyol dоnаsi 5 so‘mlik kаrаmli sоmsаdаn bir nеchtа vа dоnаsi 10 so‘mlik go‘shtli sоmsаdаn hаm shunchа оldi. Kаrаmli sоmsаlаr uchun u 30 so‘m to‘lаdi. Go‘shtli sоmsаlаrgа qаnchа to‘lаngаn? Маsаlаni jаdvаlgа qisqаchа yozing vа uni еching. 6.
7. (х – 24)+ 9 = 48 (х + 27) – 9 = 73 х * 25 = 75 Qоldiqli bo‘lishni tеkshirishgа dоir mаshqlаr bаjаrish 1. Qizchа bittа qоrа qаlаm uchun 2 so‘m, 6 tа bo‘yoq qаlаm uchun 24 so‘m to‘lаdi. Bittа bo‘yoq qаlаm bittа qоrа qаlаmdаn nеchа so‘m qimmаt turаdi? 2. Bir tоmоni 6 sm bo‘lib, u ikkinchi tоmоnidаn 3 mаrtа оrtiq bo‘lgаn to‘g‘ri to‘rtburchаk chizing. Bu to‘g‘ri to‘rtburchаkning pеrimеtrini hisоblаng. 3.
4. Ishchilаr kunigа 8 m dаn yo‘lgа аsfаlt yotqizishdi. Ulаr 70 m lik yo‘lgа nеchа kundа аsfаlt yotqizib bo‘lishаdi? Uch dugona –Aziza, Iroda va Shaxlo turli rangdagi: ko’k, sariq va oq ko’ylaklar kiyib olishgan. Azizaning ko’ylagi oq emas, Irodaniki esa oq ham, sariq ham emas, aytingchi har bir qizchaning ko’ylaklari qanaqa rangda? Javob: Aziza – sariq, Shaxlo– oq, Iroda esa ko’k rangdagi ko’ylakda. Sut to’ldirilgan bidon og’irligi 34 kg, yarim to’ldirilgani esa 18 kg. Bo’sh bidon og’irligi nеcha kg? Javob: Bo’sh bidon og’irligi 2 kg. Munisa Nodiraga nisbatan bo’yi pastroq, Kamola esa Nodiraga nisbatan bo’yi balandroq. Quyidagi savollarga javob bеring? Kimning bo’yi balandroq – Kamolanimi yoki Nodiranikimi? qizchalarni bo’yiga qarab yozib chiqing. Yechimi: Kamola, Nodira, Munisa. Tarozining bir pallasida katta karam, ikkinchi pallasida esa 2 kilogramli tosh va kichik karam. Tarozi pallalari muvozanatda. Katta karam massasi kichik karam massasiga nisbatan qanchaga ko’p? Javob: 2 kilogrammga. Ikki litrlik bankadan va 5 litr suv sig’adigan choynakdan foydalanib, qaysi yo’l bilan vodoprovoddan 6 litr suv olish mumkin? Javob: Bankaga 2 litr suv olib, choynakka quyamiz, yana bankaga 2 litr suv olib, choynakka quyamiz va bankaga yana 2 litr suv olamiz. 25 ta sportchining maykalarida ularning tartib raqamlari yozilgan. Qanaqa raqamlar ko’proq – toqlarimi yoki juftlari va nеchtaga ko’p? Javob: juft raqamlar 12 ta, toqlari esa 1 taga ko’p, ular 13 ta. 4 ta o’rtoqning ismi Karim, Ikrom, ?ani va Salim. Agar Ikrom ular orasida eng bo’yi baland emasligi, ammo baribir Karim va Salimdan balandro?ligi, Karim esa Salimdan balandro? emasligi ani? bo’lsa, tartib bo’yicha bolalarning ismi kim? Javob: 8. Sonlar kеtma – kеtligidan tuzilgan har bir bеrilgan qatordagi qonuniyatni aniqlang va qatorni davom ettiring.
To’tiqushning tayoqchasi filchaning tayoqchasidan uzunroq, ammo bo’g’ma ilonning tayoqchasidan qisqaroq, martishkaning tayoqchasi esa filchaning tayoqchasidan qisqaroq. Tayoqchalar egalarini tayoqchalarining uzunligi kichrayishi darajasida qarabnomini ayting? Javob: Bo’g’ma ilon, to’tiqush, filcha va martishka 9 9 9 9 sonlari orasiga amallar bеlgisini shunday qo’yingki, natijada 100 soni hosil bo’lsin. Izoh: 99 + 9 : 9 Doniyor 6 ta piyolani qancha vaqtda yuvsa, u 4 ta tarеlkani ham shuncha vaqtda yuvdi. Doniyor – tarеlkani tеzroq yuvadimi yoki piyolani? Ikki bola 40 daqiqa shaxmat o’ynadi. Harbir bola qancha vaqt shaxmat o’ynagan? Bolada bir nеchta nok bor edi. U noklarni ikki opasiga bo’lib bеrishga qaror qildi. U kichik opasiga noklarning yarmini va yana bitta nok bеrdi. Katta opasiga esa qolgan 2 tasini bеrdi. Bolada nеchta nok bor edi? Javob: bolada 6 ta nok bor edi. Onasining yoshi qizinikidan 3 marta katta, ular birgalikda 48 yoshda. Onasi nеcha yoshda va qizi nеcha yoshda? Javob: Onasi 36 yoshda, qizi esa 12 yoshda. Malika soat uyg’otgichni ertalab soat 7.00 ga to’qirlab qo’ygan edi.U soat jiringlaganda uyg’ondi. Malikaning yuvinishi va kiyinishi uchun 15 daqiqa, ertalabki nonushta qilishi uchun 10 daqiqa, xonani yiqishtirish uchun 5 daqiqa, jismoniy mashq qilishga 20 daqiqa va maktabga еtib borishi uchun 10 daqiqa kеrak bo’ladi. Agar uning soati 5 daqiqaga kеchikkanligi, darslar esa 8.30 da boshlanishi ma'lum bo’lsa, Malikaning darslar boshlanishigacha amalda qancha bo’sh vaqti qoladi? Javob: Malikaning 25 daqiqa bo’sh vaqti bor Inomjon ukasi Alijondan 4 yoshga katta va opasi Ma'muradan 5 yosh kichik. ularning uchalasining yoshini qo’shsak, 31 yosh bo’ladi. Inomjon nеcha yoshda? Javob: Inomjon 10 yoshda Vali maktabdan uyga soat 13 dan 35 daqiqa o’tganda qaytdi. Unga kiyimini almashtirish va yuvinishi uchun 10 daqiqa, tushlik qilishi uchun 25 daqiqa, uy vazifalarini bajarishi uchun 1 soat 45 daqiqa, xonani yiqishtirishi uchun 25 daqiqa va modеl tayyorlash bilan shu?ullanadigan yosh tеxniklar uyigacha еtib borishi uchun 30 daqiqa kеrak bo’ldi. Agar Vali mashg’ulotga 20 daqiqa kеchikib borgan bo’lsa, modеl tayyorlash bo’yicha mash?ulotlar soat nеchada boshlanadi. Javob: Mash?ulotlar soat 16 dan 30 daqiqa o’tganda boshlanadi. Oilada to’rt aka – uka. Birinchi bola tuqilgandan so’ng uning har bir ukasi oldingisidan 2 yil o’tib tuqilavеrdi. Hozir birgalikda ularning yoshi 36 da. Eng kichik ukasining yoshini qisoblab chiqing? Javob: Eng kichigining yoshi 6 da. Izoh. 36:4=9 (o’rtacha yosh) 4 aka-ukaning ikkitasi 9 dan katta, ikkitasi 9 dan kichik bo’lsa, ularning yoshlari 12, 10, 8 yosh. Irodaning yoshi singlisi Nafisaning yoshidan roppa – rosa 3 marta katta. Agar ularning yoshlari yiqindisining yarmi 12 ga tеng bo’lsa, opa – singillarning har biri nеcha yoshda bo’ladi? Javob: Iroda 18 yoshda, Nafisa 6 yoshda. Oilada uch farzand: Dildora, Vahob va Sеvara. Dildoraning yoshi Sеvaranikidan 2 baravar katta, Vahob esa Sеvaradan 6 yosh katta. Agar ularning yoshini qo’shsak, 22 bo’ladi. har bir bola nеcha yoshda? Izoh: masala sharti bo’yicha tеnglama tuzamiz. D + В + С = 22 D = 2 С В = С + 6 1 –tеnglamaga asoslanamiz D = 2 С ва В = С + 6 ekanligidan 2 С + (С + 6 )+ С = 22 Javob: С = 4, D = 8, В = 10 29.Yo’qolgan raqamlarni tiklang. 1) 51*8 2) 4*23 3) *63 2*1* 12** 25*6 *083 *205 1*44 Javoblar: 1) 5198 2) 4423 3) 3630 2115 1218 2586 3083 3205 1044 Nazorat uchun savollar: 1. Mantiqiy masalalar haqida gapiring 2. Nostandart masalalarga misollar keltiring MA’RUZA-11 MAVZU: XALQARO BAHOLASH DASTURLARI Reja: TIMSS xalqaro baholash dasturi Xalqaro baholash dasturiga oid masalalardan namunalar Tayanch so’zlar: TIMSS, PIRLS, baholash dasturi Matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha TIMSS xalqaro baholash tadqiqoti 1995-yildan boshlangan bo‘lib, u 1960-yildan 1980-yilgacha o‘quv dasturlarining ushbu yo‘nalishlari bo‘yicha (matematikadan ikkita, va tabiiy fanlardan ikkita) IEA tomonidan avvalroq o‘tkazilgan boshqa tadqiqotlarning davomi sifatida tashkil etildi. 1990-yillardagi erta baholash davriyliklaridan so‘ng, TIMSS tadqiqoti barqarorlashib, keyingi yigirma yil mobaynida har to‘rt yilda bir marotaba to‘rtinchi va sakkizinchi sinflarda muntazam o‘tkazib kelinmoqda. 1995-yildan buyon har bir TIMSS tadqiqoti doirasida baholashning o‘zlashtirish natijalari (matematika va tabiiy fanlar, to‘rtinchi va sakkizinchi sinflar) baholash davriyliklarini qamrab olgan o‘zlashtirish shkalalarida aks ettiriladi, bu esa bir davriylikdan ikkinchisigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida o‘zlashtirishdagi o‘zgarishlarni aniqlash va o‘zlashtirish dinamikasini baholashga imkon beradi. Bundan tashqari, to‘rtinchi va sakkizinchi sinflarni baholash kvazi-kogort dizaynda amalga oshiriladi, bunda bitta davriylikda baholangan to‘rtinchi sinf o‘quvchilari kogortasi (guruhi) keyingi davriylikda sakkizinchi sinf o‘quvchilari kogortasi (guruhi)ga aylanadi. Bu TIMSSga ma’lum vaqt oralig‘ida va sinflar bo‘yicha ta’lim sohasidagi yutuqlarning dinamikalari haqida qimmatli ma’lumotlarni taqdim etish imkonini beradi. Shuningdek, TIMSS Advanced baholash dasturi davriy ravishda amalga oshiriladi. TIMSS Advanced tadqiqoti birinchi marta 1995-yilda, keyin esa 2008-yilda o‘tkazildi, yaqinda yana TIMSS 2015 tadqiqotining bir qismi sifatida baholandi. TIMSS Advanced tadqiqoti matematika va fizika fanlari bilan jiddiy shug‘ullanayotgan o‘quvchilarga qaratilgan bo‘lib, ular oliy o‘quv yurtlarida STEM (tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik va matematika) dasturlari bo‘yicha o‘qishga kirishga tayyorlaydi. Bunday o‘quvchilar o‘rta maktab ta’limining oxirgi yilida TIMSS Advanced tadqiqotida baholanadilar va ushbu tadqiqot STEM kasblar uchun maxsus tayyorlangan o‘quvchilar haqida muhim ma’lumotlarni beradigan yagona xalqaro baholash dasturidir. TIMSS baholashlarida ishtirok etagan barcha mamlakatlar, idoralar va agentliklar matematika va tabiiy fanlardan ta’lim sohasidagi yutuqlarni keng qamrovli, innovatsion va barqaror trend o‘lchovlarni ishlab chiqishda hamkorlikda ishladilar. TIMSS va PIRLS xalqaro tadqiqot markazi, IEA Amsterdam, IEA Gamburg va ishtirokchi mamlakatlar TIMSS tadqiqotini doimiy ravishda takomillashtirish maqsadida uning uzoq rivojlanish tarixi davomida birgalikda ishladilar. Masalan, 2011-yilda TIMSS va PIRLS to‘rtinchi sinfda matematika, tabiiy fanlar va o‘qishdan o‘zlashtirishning nisbiy ta’sirini o‘rganish maqsadida birgalikda baholandi. 2015-yilda trendlarning 20 yilligini nishonlash uchun TIMSS va TIMSS Advanced birinchi marta 1995-yildan boshlab birgalikda baholandi, bunda umumiy o‘rta ta’lim haqida umumiy ma’lumot taqdim etildi. Endilikda, 2019-yildan boshlab TIMSS raqamli formatga o‘tmoqda. Yuqoridagilarni inobatga olib, TIMSS tadqiqotida o‘zlashtirish dinamikalarini muntazam baholashga, mazmun sohasi va ta’lim olish uchun kontekstlarda paydo bo‘ladigan muammolarga e’tibor qaratiladi hamda samarali usul va faoliyat ishtirokchi mamlakatlarda ta’limga oid qarorlarni qabul qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. TIMSS tadqiqotida o‘zlashtirish to‘g‘risida olingan ma’lumotlar bilan kontekstli so‘rovnomalar shkalari birgalikda quyidagi maqsadlarda qo‘llanilishi mumkin: • tizim darajasidagi o‘zlashtirish dinamikalarini global kontekstda monitoring qilish; • TIMSS tadqiqotlari natijalaridan ta’lim siyosatini yurituvchilarni xabardor qilish va yangi yoki qayta ko‘rib chiqilgan siyosatning samaradorliginimonitoring qilishda foydalanish; • Past natija ko‘rsatayotgan har qanday hududlarni aniqlash va o‘quv dasturlarini isloh qilishni rag‘batlantirish; • o‘tgan davriylikdagi to‘rtinchi sinf kogortasi keyingidavriylikda sakkizinchi sinfda qanday ishlashini kuzatish; • uy va maktabda ta’lim olish va ta’lim berish sharoitlariga bog‘liq holda o‘quvchilarning matematika va tabiiy fanlarni o‘zlashtirishlari haqidagi muhim ma’lumotlarni olish. TIMSS tadqiqotlari TIMSS tadqiqotining 27 yillik tarixi davomida o‘tkazilgan har bir baholashda matematika va tabiiy fanlardan yangilangan baholash qamrov doiralariga muvofiq amalga oshiriladi. Qamrov doiralarida ikkita o‘lchov keltiriladi: baholanadigan mavzunni ko‘rsatadigan mazmun sohasi o‘lchovi va o‘quvchilar mazmun bilan ishlaganda baholanishi kerak bo‘lgan fikrlash jarayonlarini belgilaydigan kognitiv o‘lchov. TIMSS tadqiqotida to‘rtinchi va sakkizinchi sinflarda baholashlarni o‘tkazishning odatdagi tajribasiga amal qilinadi. Ushbu baholashlar uchun TIMSS 2019 baholash qamrov doiralariquyida qisqacha bayon qilingan. Matematika mazmun sohalari • To‘rtinchi sinf: sonlar, o‘lchashlar va geometriya, ma’lumotlar bilan ishlash • Sakkizinchi sinf: sonlar, algebra, geometriya, ma’lumotlar bilan ishlash, statistika va ehtimollik Tabiiy fanlarning mazmun sohalari • To‘rtinchi sinf: hayot haqidagi fan, fizika, Yer haqidagi fan • Sakkizinchi sinf: biologiya fani, kimyo fani, fizika fani, Yer haqidagi fan Matematika va tabiiy fanlarning kognitiv sohalari • To‘rtinchi va sakkizinchi sinflar: bilish, qo‘llash va mulohaza yuritish Shuni ta’kidlash kerak-ki, har bir TIMSS tadqiqotidagi test topshiriqlari bir qator fikrlash ko‘nikmalarini qamrab oladi, jumladan, o‘quvchilarning olgan bilimlarini qo‘llay olishlari, muammolarni hal qilish, vaziyatlar yuzasidan mulohaza qilish uchun tahliliy va mantiqiy fikrlash. Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, uchta kognitiv sohalar matematika va tabiiy fanlar uchun ham, ikkala sinf uchun ham bir xil bo‘lib, matematika va tabiiy fanlarga oid tushunchalarni o‘rganishda, so‘ngra ushbu tushunchalarni qo‘llash va ular yordamida mulohaza yuritishda amalga oshiriladigan bir qancha kognitiv jarayonlarni qamrab oladi. Shuningdek, tabiiy fanlardan TIMSS tadqiqotida ilmiy amaliyotlar mazmun sohalariga integratsiya qilinadi, jumladan, tabiiy yo‘nalishdagi barcha fanlar uchun asos bo‘lgan, o‘quvchilar ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishda tizimli ravishda qo‘llaydigan kundalik hayot va maktabda egallangan ko‘nikmalar shular jumlasidandir. 2015-yilda foydalanilgan TIMSS baholash qamrov doiralari 2019-yil uchun yangilangan bo‘lib, bundan ko‘zlangan maqsad matematika va tabiiy fanlar ta’limi, qamrov doiralari, ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari haqidagi yangi g‘oyalar va dolzarb ma’lumotlarni ishtirokchi mamlakatlarga taqdim etish imkoniyatini berishdir. Yangilanish jarayoni qamrov doiralarining ta’lim nuqtai nazaridan dolzarbligini saqlaydi, bir baholashdan navbatdagi baholashgacha muvofiqligini ta’minlaydi va TIMSS qamrov doiralari, vositalari va proseduralarining kelajakda asta-sekin rivojlanishiga imkon beradi. TIMSS & PIRLS Xalqaro tadqiqot markazi TIMSS 2019 tadqiqoti uchun TIMSS 2015 ensiklopediyasi(Mullis, Martin, Goh va Cotter, 2016) ma’lumotlari va TIMSS 2019 ekspert guruhi, tabiiy fanlar va matematikadan test topshiriqlarini ko‘rib chiqish qo‘mitasi (SMIRC) tomonidan berilgan sharhlar asosida dastlabki loyihani tayyorladi, qo‘mita a’zolari A ilovada keltirilgan. Yangilanishlar TIMSS 2019 milliy tadqiqot koordinatorlari (NRCs) tomonidan birinchi yig‘ilishda muhokama qilindi. Har bir ishtirokchi mamlakat baholashlarda o‘sha mamlakatning muammolari inobatga olinishini ta’minlash uchun xalqaro loyiha xodimlari bilan ishlaydigan milliy tadqiqot koordinatorini belgiladi. Milliy tadqiqot koordinatorlarining birinchi uchrashuvidagi munozaradan so‘ng, milliy tadqiqot koordinatorlari milliy ekspertlar bilan maslahatlashdilar va TIMSS 2019 tadqiqoti uchun mazmun va kognitiv sohalarni qanday yangilash kerakligi haqidagi mavzu bo‘yicha so‘rovlarga javob berishdi. So‘rov natijalari SMIRC tomonidan qayta ko‘rib chiqilgan va takomillashtirilgan boshqa bir loyihani tuzishda ishlatilgan. Takroriy jarayondan foydalanib, oxirgi loyihalar TIMSS 2019 tadqiqoti bo‘yicha milliy tadqiqot koordinatorlarining ikkinchi uchrashuvida qayta ko‘rib chiqildi va nashrdan oldin oxirgi marta yangilandi. eTIMSS: TIMSS tadqiqotining kelajagi TIMSS 2019 tadqiqotida baholashlarni eTIMSS raqamli formatda o‘tkazish boshlanadi. eTIMSS tadqiqotida TIMSS matematika va tabiiy fanlar qamrov doiralarini keng miqyosda o‘lchash ta’minlanadi va IEA elektron baholash tizimlari tomonidan ta’minlanadigan samaradorlikning afzalliklaridan foydalaniladi. TIMSS 2019 tadqiqotida ishtirok etadigan mamlakatlarning qariyb yarmi kompyuter yordamida baholashga o‘tishi kutilmoqda. Qolgan mamlakatlar TIMSS tadqiqotini avvalgi baholashlarda bo‘lgani kabi qog‘oz va qalam formatida o‘tkazadi. Matematika va tabiiy fanlar qamrov doiralarini kengroq qamrab olish uchun eTIMSS 2019 tadqiqotiga PSI deb tanilgan muammolarni hal qilish va tadqiqotchilikka oid innovatsion topshiriqlar qo‘shimcha ravishda kiritiladi. PSIlarda real olam va laboratoriya sharoitlari simulyatsiya qilinadi, bunda o‘quvchilar matematik masalalarni hal qilish va ilmiy tajribalar yoki tadqiqotlarni o‘tkazish uchun amaliy ko‘nikmalar va mazmun sohasiga oid bilimlarini qo‘llashlari va integratsiya qilishlari mumkin. PSI topshiriqlari, masalan, binolarni loyihalash yoki o‘simliklarning o‘sish sharoitlarini o‘rganish, vizual jihatdan jozibali interaktiv vaziyatlarni o‘z ichiga oladi, bunda o‘quvchilarga muammoni hal qilish uchun bir qator bosqichlarni amalga oshirishning adaptiv va tezkor usullari taqdim etiladi. Dastlabki tajriba sinovlariga ko‘ra, o‘quvchilar PSIni qiziqarli va ruhlantiruvchi deb hisoblashgan. Shuningdek, PSI yordamida o‘quvchilarning muammolarni hal qilishlari yoki tadqiqotni amalga oshirish yo‘llarini raqamli formatda kuzatish imkoniyati bo‘ladi. Muammolarni hal qilish jarayonida o‘quvchi qo‘llagan qaysi yondashuv muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz ekanligi haqidagi ma’lumotlarini o‘rganish ta’lim berishni yaxshilashga yordam beradigan ma’lumotlarni tadqim etishi mumkin. Shuni ta’kidlash kerakki, PSI ga qo‘yilgan yuqori talablar ularni ishlab chiqishni juda qiyinlashtiradi va ko‘p resurs talab qiladi. Maslahatchilarning maxsus guruhlari, shuningdek, TIMSS 2019 SMIRC a’zolari quyidagi topshiriqlarni ishlab chiqishda virtual hamda uchrashuvlarda hamkorlik qilishdi: 1) Matematika va tabiiy fanlarni baholash (o‘qish yoki tirishqoqlikni emas); 2) “e” muhitning afzalliklaridan foydalanish; 3) o‘quvchilarni qiziqtirish hamda ruhlantirish. eTIMSS ga o‘tishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida IEAGamburg test topshiriqlarini yaratish, tarjima va tarjimani verifikatsiya qilish, baholashni o‘tkazish, ma’lumotlarni kiritish va ballarni hisoblashda operatsion samaradorlikni oshirish uchun eAssessment tizimini ishlab chiqmoqda. eTIMSS infratuzilmasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: o‘zlashtirish darajasini aniqlaydigan test topshiriqlarini kiritish uchun eTIMSS Item Builder, tarjima va verifikatsiya qilishni qo‘llabquvvatlaydigan onlayn tarjima tizimi, baholashni o‘tkazish va o‘quvchilarning javoblarini qayd etish uchun eTIMSS pleyer, ma‘lumotlarning yig‘ilishini kuzatib borish uchun onlayn ma’lumotlar monitori, o‘quvchilarning konstruktiv javoblarini baholashni amalga oshirish va boshqarishda Milliy markazlarning ishini yengillashtirish uchun onlayn babaholash tizimi. 1-Topshiriq Azizada raqamli kartochkalar bor: 1 8 6 3 2 U kartochkalar yordamida qaysi eng kichik uch xonali sonni ko‘rsata oladi? U har bir kartorchkadan faqat bir martadan foydalanishi mumkin. Avvalo shartga e’tibor qaratish lozim. Bizga uch xonali son kerak. Qo’shimcha sifatida esa raqamlardan bir martadan foydalanishimiz kerak. O’sha sonlardan hosil qilish mumkin bo’lganeng kichik uch xonali sonni hosil qilishimiz kerak bo’ladi. Biz raqamlarni o’sib borish tartibida joylashtirishimiz kerak. 1<2<3<6<8 Demak, o’sha boshidagi 3 ta sonni olib son hosil qilsak kifoya. Bizning javob: 123 2-Topshiriq 9 ∙ 22 ga eng yaqin bo‘lgan javob qaysi? A) 5 ∙ 20 B) 5 ∙ 25 C) 10 ∙ 20 D) 10 ∙ 25 Bu topshiriqni bajarishda birinchi navbatda misolning javobini topib olamiz: 9∙22=208. So’ngra javob sifatida berilgan variantlarning ham javobini topib 208 soniga eng yaqinini olamiz. 5 ∙ 20=100 Bu javob 208 sonidan 108 birlik ortda joylashgan. 5 ∙ 25=125 Bu javob 208 sonidan 83 birlik ortda joylashgan. 10 ∙ 20=200 Bu javob 208 sonidan 8 birlik ortda joylashgan. 10 ∙ 25=250 Bu javob 208 sonidan 42 birlik oldinda joylashgan. Endi bu javoblarni o’sib boorish tartibida joylashtiramiz: 8<42<83<108. Bizdan eng yaqinini so’rashgan. Bu yerda eng yaqini 8 . To’g’ri javobimiz C) 10 ∙ 20 3-Topshiriq 3 + 8 = □ + 6 Tenglik to‘g‘ri bo‘lishi uchun bo‘sh katakchaga qaysi son yozilishi kerak? A) 17 B) 11 C) 7 D) 5 Bu topshirig’imizda tenglikni hosil qilishimiz kerak. Birinchi navbatda tenglikning chap tarafidagi natijani hisoblab olishimiz kerak bo’ladi: 3+8=11. Demak, tenglikning o’ng tarafidagi amalning javobi ham 11 bo’lishi kerak. Endi har bir variantdagi sonlarni qo’shib hisoblab ko’rishimiz kerak: A) 17 17+6≠11 B) 11 11+6≠11 C) 7 7+6≠11 D) 5 5+6=11 To’g’ri javob D. 4-Topshiriq Qaysi sonda 8 raqami 800 ni bildiradi? A) 1468 B) 2587 C) 3809 D) 8634 Bu topshiriq xona birliklari to’g’risida. Har bir sondagi 8 raqami qaysi sonni bildirayotganligini topishimiz kerak bo’ladi. O’ngdan chapga qarab sonlarni o’qiyotganimizda birinchi son-birlikni, ikkinchi son-o’nlikni, uchinchi son yuzlikni, to’rtinchi son-minglikni bildiradi. Shu qoida asosida sonlarni tahlil qilamiz: 1468 Bu yerda 8 raqami birinchi tartibda turganligi uchun 8(sakkiz) sonini bildirayapti. 2587 Bu yerda 8 raqami ikkinchi tartibda turganligi uchun 80(sakson) sonini bildirayapti. 3809 Bu yerda 8 raqami uchinchi tartibda turganligi uchun 800(sakkiz yuz) sonini bildirayapti. 8634 Bu yerda 8 raqami to’rtinchi tartibda turganligi uchun 8000(sakkiz ming) sonini bildirayapti. Bizga 800 soni kerak. Demak to’g’ri javob: C 5-Topshiriq Qaysi kasr qolgan kasrlarga teng emas? A) B) C) D) Bu topshiriqni bajarishda har bir variantning javobini topib qolganlariga mos emasini topishimiz kerak bo’ladi: =0,5 =0,5 =0,5 =0,25 A=B=C≠D Demak, to’g’ri javob: D 6-Topshiriq Tort 8 ta bo‘lakka kesildi. Jasur tortning 3 ta bo‘lagini yedi. Jasur tortning qancha qismini yegan? Bu topshiriqni bajarishda bizga kasrlar mavzusini yaxshi o’rganib chiqqan bo’lishimiz kerak. Tort 8 bo’lakka kesildi. 8 sonini biz maxraj qismga yozishimiz kerak. Jasur esa 3 bo’lagini yedi. Yeyilgan qismni esa suratga yozamiz. Demak, biz uchun kerakli kasr son hosil bo’ldi: 7-Topshiriq Qaysi kasr ga teng? A) B) C) D) Birinchi navbatda biz ni maxraji 4;6;8;10 ga teng bo’lgan kasrlarga aylantirishimiz kerak bo’ladi: === Javoblar ichida javobi mavjud. Demak, to’g’ri javob: B 8-Topshiriq Tenglik o‘rinli bo‘lishi uchun □ o‘rniga qanday raqam qo‘yish kerak? 4 · □ = 28 Bu topshiriqda □ ni noma’lum son sifatida kiritib tenglama ko’rinishiga keltirsak bo’ladi. 4·x=28 x=28:4 x=7 demak, qo’yilishi kerak bo’lgan son: 7 9-Topshiriq Jamilada 12 ta olma bor edi. U bir nechta olmani yedi va unda 9 ta olma qoldi. Qaysi sonli ifoda nima sodir bo‘lganligini to‘g‘ri tasvirlaydi? A) 12+9=□ B) 9=12+□ C) 12-□=9 D) 9-□=12 Topshiriqda 12 ta olma bor ekanligi hamda bir qancha olma yeyilganligi, 9 ta olma qolganligi haqida ma’lumot berilgan. Bunda biz 12-□=9 ifodani tuzishimiz mumkin. Endi javob variantlaridan to’g’risini topamiz. 12+9=□ bunda 12 ta olmaga yana 9 ta olma qo’shilganligi haqida ma’lumot berilgan. 9=12+□ bunda 9 ta olmaga yana 12 ta olma qo’shilganligi haqida ma’lumot berilgan. 12-□=9 bunda 12 ta olmadan bir qancha olma olingandan so’ng 9 ta olma qolganligi haqida ma’lumot berilgan. 9-□=12 bunda 9 ta olmadan bir qancha olma olingandan so’ng 12 ta olma qolganligi haqida ma’lumot berilgan. Demak, biz uchun to’g’ri javob: C 10-Topshiriq Kemada 218 nafar yo‘lovchi va 191 nafar ekipaj a’zosi bor. Kemada qancha odam bor? Masala shartida bizda yo’lovchi va ekipaj a’zolari soni berilgan. Bizdan so’ralayotgan narsa barcha odamlar soni. Demak, biz barcha odamlarni qo’shamiz: 218+191=409 ta 11-Topshiriq Bo‘yoq 5 litrlik bankalarda sotiladi. Sanjarga 37 litr bo‘yoq kerak. U nechta banka sotib olishi zarur? A) 5 B) 6 C) 7 D) 8 Masalada bo’yoq faqat 5 litrlik bankalarda sotilishi aytib o’tilgan. Sanjarga esa 37 litr bo’yoq kerak. Biz buning uchun 5 ga karrali bo’lgan hamda 37 katta bo’lgan sonni topamiz. Bu son 40 soni. 40 litr bo’yoqni 5 litrlik bankalarda oladigan bo’lsak, bizga nechta banka kerak bo’lishini topsak kifoya. 40:5=8. Sanjarga 8 ta banka zarur. Javob: D) 8 ta 12-Topshiriq 600 ta kitobni har bir qutiga 15 tadan joylashtirish kerak. Nechta quti kerak bo‘lishini aniqlash uchun quyida keltirilgan qaysi amaldan foydalanish mumkin? A) 15 ga 600 ni qo‘shish B) 600 ni 15 ga ko‘paytirish C) 600 dan 15 niayirish D) 600 ni 15 ga bo‘lish Masalada 600 ta kitobni 15 tadan qilib qutiga joylashtirish to’g’risida savol tashlangan. Buning uchun biz bo’lish amalidan foydalanamiz. Ya’ni 600 ni 15 ga bo’lish. Demak, bizda to’g’ri javob: D) 600 ni 15 ga bo‘lish 13-Topshiriq Marjonada 50 zed bor. Har bir kitobning narxi 12 zed. Marjona qancha kitob sotib olishi mumkin? Bu masala qoldiqli bo’lishga to’g’ri keladi. Ya’ni 50 ni 12 ga bo’lsak kifoya. Butun qism qancha kitob olish mumkinligi, qoldiq esa o’zida yana qancha pul qolishi mumkinligini ko’rsatadi. Bizga faqat butun son kerak: 50:12=4 (2q) Demak, 4 ta kitob olishi mumkin. 14-Topshiriq Poyezd ertalab soat 7 dan 52 minut o‘tganda birinchi shahardan chiqib, ikkinchi shaharga shu kuni kunduzi soat 11 dan 06 minut o‘tganda yetib boradi. Poyezd qancha vaqt yo‘l yurgan? Bu masalani yechishda biz ayirish usulidan foydalansak kifoya. 11:06-7:52=3 soat 14 daqiqa ( bu amalni ayirishda daqiqalardagi kichik sondan katta sonni ayirayotganda soatdan daqiqaga qarz olib bersak 100 sifatida emas, balki 60 sifatida olamiz). Demak, javob: 3 soat 14 daqiqa 15-Topshiriq Poyezd Toshkentdan ertalab soat 8:45 da jo‘nadi. U Samarqandga 2 soat 18 minutda yetib keldi. Poyezd Samarqandga soat nechada yetib keldi? 11:15 B) 11:13 C) 11:03 D) 10:53 Bu masalani bajarishda qo’shish amalidan foydalanamiz. 8:45+2:18=11:03 ( bu amalni qo’shayotganimizda daqiqalar 60 dan keyin soatga o’tib ketadi) Demak, to’g’ri javob : C) 11:03 16-Topshiriq Damir avval 4,8 km masofani mashinada, so‘ngra 1,5 km masofani avtobusda bosib o‘tdi. Damir qancha masofani bosib o‘tgan? A) 6,3 km B) 5,8 km C) 5,13 km D) 4,95 km Bu masalani yechishda qo’shish amalidan foydalansak kifoya. 4,8+1,5=6,3 km Demak, to’g’ri javob: A) 6,3 km 17-Topshiriq Boburda 10 zed bor. Tushlik uchun u bir shisha meva sharbatini 2,50 zedga, sendvichni esa 3,85 zedga sotib oladi. Bobur tushlik uchun pul to‘laganidan so‘ng unda qancha pul qoladi? A) 3,65 zed B) 6,35 zed C) 4,75 zed D) 16,35 zed Bu masalani bajarishda avval sarflangan pul miqdorini aniqlashimiz kerak. 2,50+3,85=6,35 zed. Endi esa qolgan pulni topamiz: 10-6,35=3,65 zed Demak, to’g’ri javob: A) 3,65 zed 18-Topshiriq Maktab o‘yin maydonchasi kvadrat shaklida. Maydoncha tomonining uzunligi 100 metr. Ra’no maydonchaning atrofini to‘liq aylanib chiqdi. U qancha masofani bosib o‘tgan? A) 100 metr B) 200 metr C) 400 metr D) 10000 metr Bu masalani bajarishda maydonning perimetrini topsak kifoya. P=4x100=400 (maydon kvadrat bo’lganligi uchun shu formuladan foydalanildi) Demak, to’g’ri javob: C) 400 metr 19-Topshiriq Agar 3, 6, 9, 12 ketma-ketligi davom ettirilsa, unda quyidagi sonlarning qaysi biri ushbu ketma-ketlikka tegishli bo‘ladi? A) 26 B) 27 C) 28 D) 29 Bu yerda berilgan sonlarga e’tibor qarataylik. Barchasi 3 ga karrali son. Biz uchun 3 ga karrali son kerak. Berilgan javoblar ichida faqatgina 27 soni 3 ga karrali son. Demak, to’g’ri javob: B) 27 20-Topshiriq Xaritaning masshtabi quruqlikdagi 4 kilometr masofa xaritadagi 1 santimetrni ifodalashini bildiradi. Xaritada ikki shahar orasidagi masofa 8 santimetrga teng. Bu ikki shahar orasidagi haqiqiy masofa necha kilometr? A) 2 B) 8 C) 16 D) 32 Bu masalani bajarishda 1sm=4km ekanligidan foydalanib 8 sm qancha km ekanligini hisoblaymiz. Buning uchun 4kmx8=32 km. Demak, to’g’ri javob : D) 32 8> Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling