1-Mavzu. Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi. (2 soat) Reja
Pedagogika ilmining asosiy xususiyatlari quyidagilardir
Download 53.68 Kb.
|
INNOVATSIYA 1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagogika quyidagi asosiy muammolarni o’rganadi
Pedagogika ilmining asosiy xususiyatlari quyidagilardir:
-Ijtimoiylik-pedagogika ilmi avvalambor ijtimoiy vazifalarni hal etishga yo’naltirilgan va qaratilgan bo’ladi. -gumanitar- pedagogika ilmi o’z mohiyatiga ko’ra gumanitar hisoblanib, insonni o’rganish, uning shaxs sifatida shakllanishi va rivojlanishini o’rganadi. - ochiqlilik- pedagogika ilmi boshqa fanlardan farqli o’laroq, inson hayoti va faoliyatining barcha sohalarini qamrab oladi. Pedagogika quyidagi asosiy muammolarni o’rganadi : -pedagogik jarayon qonuniyatlari mohiyatini aniqlash va tahlil etish, shaxsning shakllanishi va rivojlanishi hamda ularning ta’lim-tarbiyaga ta’sirini o’rganish; -tarbiya, ma’lumot, ta’lim maqsadlarini aniqlash; -tarbiya, ma’lumot, ta’lim mazmunini ishlab chiqish; -ta’lim va tarbiya texnologiyalari metodlarini ishlab chiqish va tadqiq qilish. O’zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar hamda huquqiy jamiyatni barpo etish sharoitida pedagogika fani yuksak ma’naviy va axloqiy talabalarga javob beruvchi yuqori malakali, raqobatbardosh kadrlarni tarbiyalash va voyaga etkazish tizimini ishlab chiqish, milliy istiqlol g’oyasi asosida ta’lim va tarbiya nazariyasini ijodiy rivojlantirish vazifasini hal etadi. Mazkur jarayonda quyidagi vazifalarni bajarishga e’tibor qaratiladi: -Ma’naviy va axloqiy talabalarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalashga yo’naltirilgan pedagogik jarayonning mohiyatini o’rganish. -tarbiya, ta’lim, o’qitish sohasidagi qonuniyatlarni aniqlash, ta’lim va tarbiya tizimlarini boshqarish; -ilg’or pedagogik faoliyat tajribasi hamda amaliy faoliyat natijalarini o’rganish, umumlashtirish; -pedagogik jarayon va uning tuzilishidagi ijobiy hamda salbiy holatlarni tahlil qilish; -zamonaviy pedagogik hamda axborot texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish; -ta’lim-tarbiya, o’qitish tuzilmalarini boshqarish tizimi uchun yangi metod, shakl va vositalarni ishlab chiqish; -pedagogik nazariya va amaliyot rivojlanishini bashorat qilish; -pedagogik tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy qilish. Shuningdek, elektron darsliklar va kutubxonalar, ta’lim saytlarini yaratish, davlat ta’lim standartlari, ma’lum sharoitda rioya qilinishi lozim bo’lgan umumiy qoidalar, talabalarni ishlab chiqish, avtomatlashgan o’qitish tizimlari va dasturlarini joriy qilish kabi vazifalar ham pedagogikaning rivojlanishi uchun xizmat qiladi. Zamonaviy ta’limning eng muhim unsurlari qadimdan shakllanib kelgan. Ta’lim maqsadi, mazmuni, shakl, uslub va vositalari ta’lim jarayonlari mazmunini tahlil qilish uchun qo‘llaniladigan an’anaviy kategoriyalar bo‘lib hisoblanadi. Aynan shu kategoriyalar ma’lum predmet, mutaxassislik yoki ixtisoslik bo‘yicha o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qiluvchi pedagog faoliyatining predmeti sifatida yuzaga chiqadi. Qayd etilgan pedagogik kategoriyalarni maqsadga muvofiq ravishda yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatning qonuniyat va mezonlarini tizimlashtiruvchi omil vazifasini bajaradi. Zamonaviy o‘qituvchi dars jarayonida «aktyor» emas, aksincha «rejissyor» bo‘lishi kerakligini anglashi lozim. Buning uchun esa u bir necha yangicha ta’lim usullarini yaxshi bilishi kerak. Shu yerda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Mustaqil o‘ylay oladigan tafakkur yuritib to‘g‘ri ma’qqul va maqbul ish tuta oladigan vatanparvar shaxslarni shakillantirish va tarbiyalash kerak deb ta’kidlaydi hurmatli yurtboshimiz o‘z nutqlarida. 1 Darhaqiqat yoshlarni zamonaviy fan-texnikaning, umuman, ilm- fanning yutuqlaridan bahramand qilmasdan turib, ularga yuqori malakali ixtisos egalari bo‘lib yetishishiga zamin yarataolmaymiz. Respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining deyarli barchasi yangitdan qurilgan va kapital ta’mirlangan qariyb 9,5 mingta maktab zamonaviy o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlandi. Respublika umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 1074 ta Axborot- resurs markazlari tashkil qilinib, zarur texnik jihozlar bilan to‘liq ta’minlandi. Maktablar Axborot-resurs markazlarining kitob fondi 7. 960.840 nusxani tashkil etadi. Bunga qo‘shimcha ravishda Axborot-resurs markazlarida 95.645 dona elektron nashrlar mavjud. Respublika umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim 7 tilda – o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, turkman va tojik tillarida olib boriladi. Download 53.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling