1-mavzu: Boshlang‘ich ta’lim samaradorligini oshirishda zamonaviy yondashuvlarning maqsad va vazifasi


Download 0.95 Mb.
bet4/5
Sana25.06.2020
Hajmi0.95 Mb.
#121440
1   2   3   4   5
Bog'liq
3.1 modul











  • insonparvarlik, ya’ni insonga har tomonlama hurmat va muhabbat ko‘rsatish, unga yordamlashish, uning ijodiy qobiliyatiga ishonch bilan qarash, zo‘rlashdan to‘la voz kechish;

  • hamkorlik, ya’ni pedagog va o‘quvchilar munosabatidagi demokratizm, tenglik, sheriklik;

  • erkin tarbiyalash, ya’ni shaxsga uning hayot faoliyatini keng yoki tor doirasida tanlab olish erkinligi va mustaqillikni berish, natijalarni tashqi ta’sirdan emas, ichki hissiyotlardan keltirib chiqarish.

  • shaxs o‘zida yashiringan yangi qobiliyat va iqtidorini yuzaga chiqarish, shaxs kamolotiga yo‘l ochish imkonini beradi. SHaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalarning kommunikativ asosi - pedagogik jarayonda o‘quvchiga insoniy-shaxsiy yondashuv hisoblanadi.

  • mustaqil o‘qib-o‘rganish, o‘quv jarayonidagi qiyin vaziyatlarda o‘qituvchining yordamisiz muammolarni hap qilishga urinish, shundan keyingina o‘zining xulosalari to‘g‘riligiga ishonch hosil qilish uchun o‘qituvchining yordamiga tayanish zarurligini anglatish muhimdir.

Shaxsni rivojlantirish vazifasini to‘g‘ri xal qilish uchun avvolo uning xulqiga ta’sir etuvchi omillarning tabiatini, shaxsning shaxsiy xususiyatini yaxshi o‘rganmoq lozim. Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalari ilmiy-texnikaviy taraqqiyoti jadallashtirilgan davrida rivojlangan davlatlarda shakllantirilganligini inobatga olgan holda ular chuqur ildizlarga ega ekanligini ta’kidlash to‘g‘ri bo‘lar edi. Qadimiy faylasuf Suqrot o‘z chiqishlarida savol va javob usulini ishlatar edi. Bu usul haqiqatni bilib olish uchun yordam berar edi. Qadimiy Rim pedagogi M.F.Kvantilian har bir shogirdga e’tibor va diqqat bilan yondashishni tavsiya bergan edi. O‘rta asr Sharqining buyuk olim-mutafakkirlari tomonidan yirik pedagogik meros qoldirilgin.

Asrlar, mingyillar davomida shaxsga muhabbat va hurmat, unga yordamlashish xislatlari asosida millatimiz shakllanishi bilan birgalikda xalqimizning mentaliteti insonga muhabbat va hurmat ko‘rsatish, unga yordamlashish xislatlari asosida yuzaga chiqdi. Eng avvalo, yoshlarimizga nisbatan muhabbat yaqqol namoyon bo‘ladi. Xalqimiz bolalarga «siz» deb munosabat qilur, kattalar ularga birinchi bo‘lib «salom» berur.

Pedagogika fanining rivojlanishiga evropa buyuk pedagog-olimlari hissa qo‘shgan, jumladan: italiyalik Vittarino di Feltre, fransuz Fransua Rable, ingliz Tomas More, nemis A.Distruverg, rus K.D.Ushinskiy va boshqalarni ta’kidlab o‘tish mumkin. Bular gumanistik tarbiyani, mustaqil fikrlashni rivojlanishini, ijodni, faolligini, ko‘rgazma materiallarni keng foydalanishini, nazariy ta'limni mehnat bilan bog‘lanish tarafdori edilar. Ular pedagogik jarayonda o‘quvchilarni sub'ekt deb hisoblar edilar.

Bunday yondashuvda bir guruh o‘quvchilari faqat o‘zlariga berilgan topshiriqlarni bilishadi xolos, ya’ni boshqa guruhlar ishlari haqida deyarli xabarlari bo‘lmaydi. SHuning uchun ham natijalar qisman birlashtirilishi zarur.. Ta’lim oluvchilarning bilim olish, mustaqil ishlash va ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning ongli faolligi, mustaqilligi hamda ijodkorligini, o‘quv bilish faoliyati natijasining sifatini xarakterlaydi.



Tolerantlik (lot.tolerantia – chidam, sabr-toqat), bag‘rikenglik – o‘zgarlarning turmush tarzi, xulq-atvori, odatlari, his-tuyg‘ulari, fikr- mulohazalari, g‘oyalari va e’tiqodlariga nisbatan toqatli, chidamli bo‘lish. Bu bir-biriga o‘xshamagan odamlarning birga ahillikda yashashidir.

Biror-bir insonda yoki biror-bir begona madaniyatda bizga nimadir yoqmasligi mumkin, biroq o‘zgalarning huquq va manfaatlariga ziyon etkazmasa, joriy qonunlarni buzmasa ularning mavjudligi va rivojlanishini tan olishimiz kerak.

Ya’ni tolerantlik bu o‘zgalarning fikri, qarashlari va xatti- harakatiga passiv, tabiiy ravishda buysunishni anglatmaydi. Balki alohida odamlar, turli guruhlar, xalqlar, ijtimoiy guruhlar o‘rtasida bir-birini tushunish, ijobiy hamkorlik yo‘lidagi faol ahloqiy nuqtai nazar va psixologik hamkorlikni anglatadi.

Bag‘rikenglik o‘zgalarning dunyoqarashi, diniy e’tiqodi, milliy va etnik xususiyatlari, an’ana va marosimlariga hurmat-ehtiromda bo‘lish, muomala-munosabatda kamsitish va tahqirlashlarga yo‘l qo‘ymaslik, insoniylikni hamma narsadan ustun hisoblab, jamoada, ish joylarida, mahalla-kuyda bunga rioya etishni anglatadi. Mazkur tushuncha turli dindagi, turli millat va elatlarga mansub kishilarning bir mamlakat doirasida, yagona davlat tarkibida bahamjihat, tinch-osoyishta yashashini ifoda etadi”.

Xuddi shunday boshqa xalqlarda ham mazkur tushunchaning o‘ziga xos ta’riflari mavjud. Quyida A.Ro‘ziev tomonidan amalga oshirilgan tasnif asosidagi dunyo tillarida tolerantlikni ta’riflovchi atamalarning lug‘aviy ma’nolarini keltirib o‘tamiz:


  1. tolerance (ingl.) – muruvvatli, sabr-toqatli bo‘lishga tayyorlik; to tolerance – sabr-toqatli bo‘lish, hech bir ta’qiqlashlarsiz o‘z fikrlarini namoyon qilish huquqini berish;

  2. tolerance (fr.) – boshqalar bizlarga qaraganda yaxshiroq va mukammalroq fikrlashlari mumkinligiga bo‘lgan qat’iy ishonch;

  3. tolerancia (icp.) – o‘z fikrlari va g‘oyalaridan ham mukammalrog‘lari borligini tan olish;

  4. kuan rong (xit.) – boshqalarni boricha qabul qilish va boshqalarga bag‘rikeng munosabatda bo‘lish;

  5. tasamul (arab.) – ko‘ngilchanlik, rahm-shafqatlilik, kechirimlilik, boshqalarni boricha qabul qilish va kechirish;

  6. tolerantnost (rus) – sabrli bo‘lish (o‘zini tuta bilish, toqatli bo‘lish, har qanday sharoitda murosa qila olish), boshqalarning borligini qabul qilish va tan olish, boshqalarga yoki biror narsaga munosib yoinki munosib emasligini anglash, tan olish.

Sotsiologik tadqiqotlarda qayd etilishicha esa, tolerantlikka falsafiy kategoriya sifatida qaralib, materiyaning ob’ektiv amal qilish shakli tarzida, ya’ni tushuncha holida ongda o‘z ifodasini topishini ham e’tibordan soqit qilmaslik kerak. Tolerantlik – o‘zga shaxsga yoki narsaga, yoxud begona, yoinki farqlanuvchi shaxs – hodisaga nisbatan o‘z his- tuyg‘ularimizni qo‘lga ola bilish demakdir. O‘z-o‘zini cheklash iroda kuchiga ega bo‘lmoqlik demakdir. Tolerantlik o‘z-o‘zini cheklash orqali ifodalangan irodadir va bu o‘zgalarga xayrixoh – murosasozlik bilan qarash imkoniyatini bildiradi7.

Ijtimoiy-demografik omillarga tayangan holda, olimlar tolerantliknng quyidagi sohalarini ajratib ko‘rsatishadi:



  1. gender tolerantlik – boshqa jins vakillariga noto‘g‘ri munosabatda bo‘lmaslik, bir jinsning ikkinchi jins asosida kelib chiqqanligi haqidagi g‘oyalardan voz kechish;

  2. yoshga doir tolerantlik – insonning yoshi bilan bog‘liq o‘ziga xosliklarini to‘g‘ri qabul qilish (keksalarning yoshlarni tushuna olmasligi, O‘quvchilarda bilim va tajribaning etarli emasligi va boshqalar);

  3. ma’lumotlilik darajasi bilan bog‘liq tolerantlik – nisbatan past darajadagi ma’lumotga ega kishilarning fikrlari va xatti- harakatlariga sabrli bo‘lish;

  4. millatlaro tolerantlik – turli millat vakillariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, biror millat vakilining kamchilik va salbiy harakatlarini shu millatga mansub boshqa kishilarda ham bor deb hisoblamaslik. Millatlararo tolerantlik, har bir millat va elatning o‘z vazifalari va burchini anglab etishini nazarda tutadi. Bu burch va vazifalar ko‘p millatli muhitda hayot kechirish, shu jumladan, o‘zining munosabatlari, ko‘nikma va malakalari, muloqot olib borish ehtiyojiga talabchanlik bilan qarash zarurligi, ya’ni, bir-birini tinglash, tushunish, shuningdek, ko‘p yillar davomida to‘planib qolgan muammolarni sabr-toqat bilan o‘zaro maslahatlashib, har qaysi tomonlar manfaatlarini hisobga olgan holda bosqichma-bosqich ijobiy hal qilishga intilishni taqozo etadi;

  5. irqiy tolerantlik – boshqa irq vakillariga past nazar bilan qaramaslik;

  6. diniy tolerantlik – turli dinlar, konfessiyalar, konfessional guruhlarga bag‘rikenglik bilan munosabatda bo‘lish;

  7. geografik tolerantlik – turli hududda istiqomat qiluvchi kishilarning bir-birlarining yashash sharoitlarini bor holicha qabul qila olishlari, kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik;

  8. tabaqaviy tolerantlik – jamiyatdagi turli qatlam vakillari (boylarning kambag‘allarga, kambag‘allarning boylarga)ga sabrli bo‘lish;

  9. fiziologik tolerantlik – kasal, nogiron, jismoniy nuqsoni bor kishilarga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lish;

  10. siyosiy tolerantlik – turli siyosiy partiya va jamoat birlashmalari, siyosiy liderlar faoliyatiga toqatli bo‘lish;

  11. madaniy tolerantlik – madaniy qiziqqonlikka zid bo‘lib, boshqa madaniyatlarni tan olish, ularni to‘g‘ri qabul qilishga qobiliyatlilik. Madaniy tolerantlik madaniy ta’sir o‘tkazish, madaniy ekspansiyaga yo‘l qo‘yilmasligini talab etadi;

  12. shaxslararo tolerantlik – insonlardagi murakkab tabiiylikni, ular orasidagi farqlarni anglash va qabul qilishga qobiliyatlilik bo‘lib, muloqot jarayonida insonning boshqalarni o‘z mavjudligi va rivojining yuksak timsoli sifatida ko‘ra olishidir.

Muammoli ta’lim texnologiyasi.


Muammoli ta’lim zamonaviy ta’lim mohiyatini aks ettiruvchi ilg‘or pedagogik texnologiya hisoblanadi. Ta’lim amaliyotida undan foydalanish ta’lim oluvchilarda ijodiy izlanish, kichik tadqiqotlarni amalga oshirish, muayyan farazlarni ilgari surish, natijalarni asoslash va ma’lum xulosalarga kelish kabi ko‘nikma, malakalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Muammoli o‘qitishda muammoli vaziyatlarni hal qilish metodi faol qo‘llaniladi. Muammoli vaziyatlarni hal qilishda bahs- munozaralardan foydalaniladi. Bunda, ayniqsa, kichik guruhlarda ishlash samarali kechadi.

Muammoli ta’lim yondashuvlari va shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni roli.


Muammoli ta’lim ta’lim oluvchilarning bahslari, mushohadalarida amalga oshiriluvchi analiz-sintez faoliyatiga asoslanadi. Bu ta’limning tadqiqotchilik turidir. SHu nuqtai-nazardan hozirgi oliy maktabdagi samarador o‘qitish texnologiyasi - bu muammoli o‘qitishdir. Uning vazifasi faol bilish jarayoniga undash va tafakkurda ilmiy-tadqiqot uslubini shakllantirishdir. Muammoli o‘qitish ijodiy, faol shaxs tarbiyasi maqsadlariga mos keladi.

Idrok etish va emotsional maqsadini amalga oshirish uchun o‘qituvchi tomonidan quyidagi sog‘lom muhit yaratilishi kerak:

      1. O‘qituvchining samimiyligi.

      2. O‘quvchini mukofotlab, rag‘batlantirib borish. (uning his-tuyg‘ularini qo‘llab quvvatlash va ishonchga erishish)

      3. O‘quvchini har tomonlama tushunish va uni ifoda eta olish.

Ushbu muhitda o‘quvchilar va o‘qituvchilar quyidagi emotsional natijalarga erishishlari mumkin:

  1. O‘z-o‘zini baholash hissini ko‘tarilishiga.

  2. Maktab va ta’limga ijobiy munosabatiga.

  3. O‘quv jarayonida ko‘proq qatnashishiga.

  4. O‘quv mashqlarini bajarishda kutilmagan ijodkorlikni ko‘payishiga. Keling, endi quyidagi statistik ma’lumotga e’tibor beraylik. (kodoskopda ko‘rsatiladi).

Agar o‘kuvchilar suhbat yuritilayotgan mavzuni o‘kib o‘rgangan bo‘lsalar, ikki haftadan so‘ng shu mavzu so‘ralsa, ular 10% ma’lumotni gapirib beradilar.

  • eshitib (o‘kituvchi tomonidan gapirib berilganda) olgan ma’lumotlarning 20%ini,

  • ko‘rib (ko‘rgazmalar, jadvallar, rasmlar ko‘rsatilganda)olgan ma’lumotlarning 30%ini,

  • Ko‘rib ham eshitib (bir vaqtning o‘zida, ya’ni videokasseta, televizor, kompyuter, internet orkali) olgan ma’lumotlarning 50%ini,

  • o‘zaro muhokama qilinganda (bir necha o‘kuvchi birgalikda fikr almashib muhokama qilishlaridan) olgan ma’lumot- larning 70%ini,

  • shaxsan xis kilganda (xar bir o‘kuvchi o‘z tanasida sezishi, aytilgan fikr-muloxazalarning xakkoniyligi, ya’ni xayotdan real misollar ko‘rsatilishi orkali), olgan ma’lumotlarning 80%ini,

  • o‘qitish orqali (o‘kuvchilar o‘qiganlarini, tushunganlarini bir- birlariga gapirib tushuntirib berishlari), takrorlash orqali olgan ma’lumotlarning 95%ini tushunadilar va eslab qoladilar. Huddi shuning uchun ham zamonaviy o‘qitish usullaridan interfaol usullar samarali hisoblanmoqda.

Demak, o‘qituvchi o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakaga ko‘proq erishishlari uchun quyidagilarga e’tibor berishlari kerak:


    • agar o‘quvchilarning bilish va o‘rganishga talab hamda ehtiyojlari inobatga olinsa, u holda ular ko‘proq natijaga erishadilar;

    • o‘quvchilar o‘zlari o‘zlariga baho berishlari – bu baholashning eng afzal yo‘lidir;

    • his-tuyg‘ular bilimlar kabi teng ahamiyatlidir;

    • agar jamoada do‘stona muhit bo‘lsagina o‘quvchilar yaxshiroq natijalarga erishadilar.

Zamonaviy texnologiyalar qo‘llanilgan darslar o‘quvchilar egallayotgan bilimlarni o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib tahlil qilishlariga, xatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqishlariga qaratilgan. O‘qituvchi bu jarayonda shaxs va jamiyatning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi ca tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan birga boshqaruvchilik vazifasini bajaradi.

Darsliklarda berilgan matn, mashq va masalalarni illyustrativ materiallar, jadvallarni tanlashda o‘quv-biluv faoliyatini boshqarish,

ya’ni dars jarayoniga rahbarlik qilish, darslik materiallari vositasida o‘quv-chilarning bilim, ko‘nikma, malakalari, egallagan shaxsiy sifatlarini na-zorat qilish mexanizmini ishlab chiqish lozim.

Xorijiy tadqiqotchilar fikricha, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, maqsadga intilish, individual va guruhiy ishlari, hamda ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va kollejdan tashqari ta’lim olish imkoniyatlarini ham yaratish, kasb-hunar ta’limi muassasalarining asosiy vazifasi bo‘lishi kerak.

Fransuz olimi K. Allegr ta’kidlaganidek, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, maqsadga intilish, ularning individual va guruhiy ishlarini, hamda ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish ham kasb-hunar o‘quv yurtlarining asosiy vazifasidir.

Psixologlarning tadqiqotlari tahlili shuni ko‘rsatdiki, o‘quvchilarda bilimlarini shakllantirish o‘qituvchi rahbarligida, maqsadli tashkil qilingan faoliyat jarayonida samarali rivojlanadi va bu pedagogik jarayonda o‘z aksini topadi.

Faqatgina samarali tashkil etilgan ta’lim jarayonida o‘quvchida o‘quv muammosini mustaqil hal qilish ko‘nikmasini rivojlantirish va o‘rganilayotgan bilimlar yuzasidan kelib chiqqan muammolarni ijodiy echish imkoniyatini yaratadi.

Shuning uchun ham biz bugungi kunda zamonaviy ta’limning vazifasi, maqsadi, o‘rni va rolini yaqqol tasavvur qila olishimiz kerak.

Biz hozirgi vaqtda qo‘llanilayotgan o‘quv-tarbiya jarayonida va pedagogik adabiyotlar va tadqiqot ishlarida, “mustaqil ta’lim”, “mustaqil ish” tushunchalarining mohiyatini yoritishga harakat qildik. Ba’zan mustaqil holda o‘qish va mustaqil ta’lim tushunchalari adashtiriladi. Mustaqil holda o‘qish rasmiy o‘quv jarayonidan tashqarida kechishi mumkin, ya’ni muayyan ta’lim muassasiga bormay turib, uyda o‘zi o‘quv materiallari asosida mustaqil, individual holda o‘qishi va o‘rganishi mumkin.

N.Muslimovning fikricha mustaqil ta’lim - bilimlarni o‘zlashtirish tasavvurlarini rivojlantirish tushunchalari, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish bo‘yicha o‘quv jarayonining sub’ektiv maqsadiga muvofiq muntazam, mustaqil hamda avtonom faoliyatni tashkil etish demakdir.

Mustaqil ta’lim - belgilangan o‘quv topshiriqlarini tahsil oluvchilarning mustaqil va ijodiy bajarishlari asosida o‘tadigan o‘quv faoliyatidir. Mustaqil ta’lim negizini mustaqil ishlar tashkil etadi.

Biz mustaqil ta’limni pedagogik tamoyillarga asoslanib tashkil etish kerak, deb o‘ylaymiz. Masalan, o‘quvchilarning ongliligi va faolligi tamoyili o‘qitishni shunday tashkil etishni nazarda tutadiki, bunda o‘quv- chilar ilmiy bilimlarni hamda ularni amalda qo‘llash metodlarini ongli va faol egallab oladigan, ularda ijodiy tashabbuskorlik, o‘quv faoliyatida mustaqillik, tafakkur, nutq rivojlanadigan bo‘lsin.

Masalan: Mustaqil bilim olish va o‘rganishda o‘quvchilar harakati guruhdagi o‘quvchilar quyidagi tartibda bo‘lishi mumkin:


  1. O‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linadi (odatda 3-4 ta)

  2. Har bir kichik guruh o‘tilgan mavzular bo‘yicha bir nechta savol (yoki topshiriq)lar tuzadilar.

  3. So‘ngra guruhlar o‘zaro savollar bilan almashadilar.

  4. Guruhlar “raqib” guruh tuzgan savollarga javob beradilar va eng ko‘p savolga to‘g‘ri javob bergan guruh muvaffaqiyat qozongan deb hisoblanadi.

Demak, o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy ishlash faoliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish o‘quv jarayonining muhim omillaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Mustaqil va ijodiy ishlash jarayonida o‘quvchida mustaqil fikrlash qobiliyatining rivojlanishi natijasida, o‘quvchida jarayonlar va hodisalar, ob’ektlar haqida bilimlarni tizimlashtirish ularni chuqur o‘rganish hamda tegishli qarorlar qabul qilish, nazariy bilimlarni amalda qo‘llash ko‘nikmalari shakllanadi.

Nazariy dars, tajriba va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish davomida o‘qitish jarayonining ko‘zda tutilgan ketma-ketligini saqlab qolish hamda rejalashtirilgan o‘quv maqsadlariga erishishni ta’minlash lozim.

O‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy faoliyatlarini rivojlantirish uchun mashg‘ulotlarning dars ishlanmasi hamda texnologik xaritasi ishlab chiqilishi kerak. Har bir mashg‘ulot bo‘yicha dars ishlanmalari va texnologik xaritalarni ishlab chiqish o‘quv jarayonini to‘laqonli loyihalashtirish hamda samarali tashkil etish imkonini beradi.

Mustaqil ish


O‘quvchilarining mustaqil va ijodiy ishlash qobiliyatlarini shakllantirish hamda rivojlantirishda mustaqil ishlarning ahamiyati juda katta. Mustaqil ishlar o‘quvchining umumiy rivojlanishiga va kasbiy mahoratini o‘stirishga xizmat qilishi kerak.

Shuningdek o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy ishlarini tashkil qilish tarbiyaviy, ta’limiy ahamiyatga ham ega bo‘lishi kerak. Tarbiyaviylik ahamiyati shundaki o‘quvchi o‘z bilimini oshirish va mustahkamlash uchun o‘zini-o‘zini tarbiyalab boradi. Ta’limiy ahamiyati esa o‘quvchi bo‘sh vaqtdan samarali foydalangan holda mustaqil bilim olish jarayonining shakllanishiga olib keladi.

O‘quvchilarning mustaqil ishlarini samarali tashkil etish va boshqarish o‘quv jarayonining asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Mustaqil va ijodiy ishlarning turlari, shakllarini tanlashda “oddiydan-murakkabga” hamda “umumiydan-xususiyga”, “mavhumdan-aniqlikka” tamoyillariga amal qilish lozim.

Mustaqil va ijodiy ish topshiriqlarini ishlab chiqishda har bir o‘quvchining shaxsiy imkoniyatlari, tushunuvchanlik, o‘quv materialini o‘zlashtirish darajasi inobatga olinishi, shaxsga yo‘nal-tirilgan o‘qitish texnologiyalarini qo‘llash maqsadga muvofiqdir.

Mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning ijodiy ishlashiga ahamiyat berish ke- rak. O‘qituvchi o‘quvchi bajaradigan mustaqil ishlarni hajmini aniqlab, bajarish uchun ularga aqliy mehnat qilish yo‘llarini o‘rgatadi hamda ishni bajarish jarayonida kelib chiqadigan kamchiliklar va xatoliklar bo‘yicha ko‘rsatmalar beradi.

Interfaol (“Inter” – bu o‘zaro, “act” – harakat qilmoq) – o‘zaro harakat qilmoq yoki kim bilandir suhbat, muloqot tartibida bo‘lishni anglatadi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, o‘qishning interfaol metodlari– bilish va kommunikativ faoliyatni tashkil etishning maxsus shakli bo‘lib, unda ta’lim oluvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo‘ladilar, ular biladigan va o‘ylaydigan narsalarini tushinish va fikrlash imkoniyatiga ega bo‘ladiar. Bu ulullarning o‘ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o‘quvchilarning birgalikda faoliyat ko‘rsatishi orqali amalgam oshiriladi. Bunda pedagogik hamkorlik jarayoni o‘zaiga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ularga:



  • o‘quvchining dars davomida befarq bo‘lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod qilish va izlanishga majbur etilishi;

    • o‘quvchilarning o‘quv jarayonida fanga bo‘lgan qiziqishlarining doimiyligini ta’minlanishi;

    • o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishlarini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondoshgan holda kuchaytirilishi;

    • o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorlikdagi faoliyatini doimiy ravishda tashkil etish kiradi.

Interfaol ta’limni mohiyati shundaki, darsda barcha o‘quvchilar bilim olish jarayoniga jalb qilinadilar, ularda bilgan narsalari buyicha tushunish va harakat qilish imkoniyati bo‘ladi. O‘quvchilarning bilim olish jarayonida birgalikdagi faoliyati, o‘quv materialini o‘zlashtirishi, har bir ishtirokchi o‘zini alohida xissasini qo‘shishini, bilim va ma’lumotlar, g‘oyalar almashuvi ro‘y berayotganini anglatadi. Bularning barchasi hayrixohlik va o‘zaro yordam muhitida amalga oshadi. Bunda o‘quvchi nafaqat yangi bilimlar oladi, balkim idrok etishni rivojlantiradi, hamkorlik yuzaga keladi.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling