1-Mavzu: “Boshlang’ich ta’limga bolalarni majburiy bir yillik tayyorlash” fanining maqsadi va vazifalari. Reja
Download 34.4 Kb.
|
1 2
Bog'liq1-MA`RUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bolalarni boshlang‘ich ta’limga tayyorlov guruhlari.
1-Mavzu: “Boshlang’ich ta’limga bolalarni majburiy bir yillik tayyorlash” fanining maqsadi va vazifalari. Reja: Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g’risida. Bolalarni boshlang‘ich ta’limga tayyorlov guruhlari. Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlashga bosqichma-bosqich o‘tish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 8-dekabrdagi 999-son qaroriga asosan 2018/2019 o‘quv yilida Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida, Farg‘ona viloyatining Furqat tumani va Quvasoy shahrida hamda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek, Mirobod, Bektemir, Uchtepa, Yashnobod, Chilonzor, Yunusobod va Shayxontohur tumanlarida bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlash tizimi tajriba-sinov tariqasida muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Tajriba-sinov doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona viloyati va Toshkent shahrida tashkil etilgan bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlarining (keyingi o‘rinlarda — tayyorlov guruhlari) 494 ta guruhida 11 103 nafar bola tayyorlovdan o‘tdi. Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlash bo‘yicha dastlabki loyihaning ijobiy tajribasini boshqa hududlarda ham tatbiq etish, maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sog‘lom, faol, barkamol, ijtimoiy moslashtirilgan bolalarni tarbiyalash, kelgusida muvaffaqiyatli o‘quv faoliyati uchun shart-sharoitlarni shakllantirish va ularni boshlang‘ich ta’limga sifatli tayyorlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlash tizimini to‘liq joriy etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlashni amalga oshirish borasidagi asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin: maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan bolalar uchun tayyorlov guruhlarini shakllantirish; tayyorlov guruhlarining o‘quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta’lim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini joriy etish; tayyorlov guruhlarini milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiradigan va bolalikdan kitob o‘qishga qiziqishni oshiradigan o‘quv-metodik, didaktik materiallar, rivojlantiruvchi o‘yinlar hamda o‘yinchoqlar, badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash; ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda, maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan bolalarning davlat talablariga muvofiq har tomonlama aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy kamol topishi uchun shart-sharoitlar yaratish; tayyorlov guruhlarini tashkil etishda maktabgacha ta’limning muqobil shakllarini keng joriy etish; davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda maktabgacha ta’lim sohasida ham ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi boshqa davlat tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash. 3. Belgilansinki: tayyorlov guruhlari uchun 2019/2020 o‘quv yili 2020-yil 10-martdan boshlanadi va 20-avgustda tugaydi. 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab, tayyorlov guruhlari uchun o‘quv yili har yili 2-sentabrdan boshlanadi va keyingi yilning 25-mayda tugaydi; davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tomonidan hamda ulardan tashqari to‘liq yoki to‘liq bo‘lmagan kun (bir haftada kamida 15 soat ta’lim-tarbiya jarayoni tashkil etilgan holda) rejimida tashkil etiladigan tayyorlov guruhlari tarbiyalanuvchilari boshlang‘ich ta’limga tayyorgarlikdan o‘tgan deb hisoblanadi va majburiy bepul bir yillik tayyorlovdan ozod etiladi; davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tomonidan hamda ulardan tashqari tashkil etilgan tayyorlov guruhlarida boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan o‘tgan bolalarga boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlovdan o‘tganlik to‘g‘risida davlat namunasidagi sertifikat beriladi. 4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida hamda boshqa davlat tashkilotlarida tayyorlov guruhlari uchun xonalarni tayyorlash, zarur bo‘lganda, yangi binolar, xonalar qurish yoki mavjudlarini kapital ta’mirlash, suv va elektr energiyasi hajmini o‘lchaydigan hamda hisobga oladigan alohida moslamalar o‘rnatish choralarini ko‘rsin. 5. Quyidagilar: 2020 — 2025-yillarda bolalarni majburiy maktabgacha ta’lim bilan qamrab olishning maqsadli ko‘rsatkichlari 1-ilovaga muvofiq; Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq; Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlarini moddiy-texnik vositalar va ta’lim-didaktik materiallar bilan jihozlash normativlari 3-ilovaga muvofiq; Boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlovdan o‘tganlik to‘g‘risida sertifikat berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi: a) tayyorlov guruhlari xonalarini ushbu qarorga 3-ilovaga muvofiq mebel, anjomlar, o‘quv-metodik, didaktik materiallar, badiiy adabiyotlar, rivojlantiruvchi o‘yinlar va o‘yinchoqlar bilan ta’minlasin; b) bir oy muddatda: tayyorlov guruhlarini malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin; manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan birgalikda tayyorlov guruhlaridagi ta’lim-tarbiya jarayonining sifatini nazorat qilsin hamda davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tomonidan, shuningdek, boshqa tashkilotlarda tashkil etiladigan tayyorlov guruhlari faoliyatining monitoringini olib borsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarini shakllantirishda ushbu qaror doirasidagi tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur mablag‘larni nazarda tutsin; zaruratga qo‘ra joriy etilayotgan shtat birliklaridan va tayyorlov guruhlarini jihozlashdan kelib chiqqan holda, “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasi Maktabgacha ta’lim vazirligining buyurtmasiga muvofiq har yili boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlovdan o‘tganlik to‘g‘risida davlat namunasidagi sertifikat blankalarining belgilangan tartibda tayyorlanishini ta’minlasin. 10. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-yil, 3-son, 29-modda) bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomning 43-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “2027/2028 o‘quv yilidan boshlab — boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlovdan o‘tganlik to‘g‘risida davlat namunasidagi sertifikat”. 11. Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlashga bosqichma-bosqich o‘tish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 8-dekabrdagi 999-son qarorining 5-bandi va ushbu qarorga 2 — 4 ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin zimmasiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyatiga yuklansin. Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Hukumat qarori (132-son, 09.03.2020-y.) qabul qilindi. Qarorga muvofiq, 2019/2020-o‘quv yilidan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bepul 1 yillik tayyorlash tizimi to‘liq joriy etiladi.Maktabgacha ta’lim vazirligining bu boradagi asosiy vazifalari belgilandi. Jumladan, vazirlik maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan bolalar uchun tayyorlov guruhlarini shakllantiradi. Download 34.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling