1-mavzu. Bozor sharoitlarida sifat va raqobatbardoshlik
Download 150.91 Kb.
|
1-Ma\'ruza word
Sifatni boshqarishning Yevropa tajribasi. Agar AQSH va Yaponiyada ko’p yillardan beri sifatni oshirish dasturlari amalga oshirilayotgan, sifat masalalari bo’yicha faol siyosat olib borilayotgan, sifatni uzoq muddatli rejalashtirish bajarilayotgan bo’lsa, Yevropada kamdan – kam istisnoli holatlarda sifatni boshqarish sifatni nazorat qilishdan orta qolishda davom etgan.
1980 – yillarda butun Yevropa bo’ylab mahsulotlar va xizmatlarning sifatini yaxshilashga intilish kuzatildi. ISO 9000 seriyasidagi standartlar asosida sifat tizimlari keng tatbiq qilindi. Bu sifat masalalarini yanada muhim o’ringa olib chiqdi, yanada ishonchliroq ta’minotlar va umuman sifatning yanada barqaror darajasiga erishishni ta’minladi. 1993 yil 1 yanvarda e’tirof etilgan ochiq umumevropa bozoriga tayyorgarlik jarayonida yagona standartlar, texnologik ko’rsatmalarga yagona yondashuvlar ishlab chiqilgan, ISO 9000 seriyasidagi standartlar asosida yaratilgan sifat tizimlariga tayanilib milliy standartlar tuzilgan, ularning Yevropa analoglari – 29000 seriyasidagi EN lar amaliyotga tatbiq qilingan. Bu standartlarga mos ravishda sifat tizimlarini sertifikatlash, EN 45000 seriyasidagi standartlarning talablariga muvofiqlikda sertifikatlashtirish bo’yicha nufuzli Yevropa organini tuzishga alohida e’tibor berilyapti. Keltirilgan standartlar yuqori sifatning kafolatlariga aylanishi, millionlab iste’molchilarni past navli mahsulotlardan himoyalashi, ishlab chiqaruvchilarni sifat sohasidagi yangi yutuqlarga rag’batlantirishi kerak. Firmalar mahsulotning sifatini oshirish sohasida yanada intensiv siyosat olib boradilar, jarayonlar esa yanada qattiqroq nazoratga olinadi. Sifat Yevropa davlatlarining raqobatbardoshligini ta’minlash omiliga aylangan. Bunday strategiyani amalga oshirish uchun quyidagilar talab qilingan: Yagona qonunchilik talablari (ko’rsatmalar). Yagona standartlar. Firmaning bozor talablariga muvofiqligini tasdiqlash uchun yagona tekshirish jarayonlari. 1985 yilda standartlarni muvofiqlashtirishning yangi g’oyasi qabul qilindi, xavfsizlik va ishonchlilikni ta’minlash bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqildi. Ayni paytda yagona talablarni bajarishda ISO 9000 va EN 29000 standartlariga asoslaniladi. Mahsulotlarni SE belgisi bilan tamg’alash joriy qilingan. Sinovlar va sertifikatlashtirish bo’yicha Yevropa muvofiqlashtirish kengashi va sifat tizimlarini baholash va sertifikatlashtirish bo’yicha Yevropa qo’mitasi tashkil qilingan. Buyuk Britaniya, SHvetsariya, GFR, Avstriya, Daniya, SHvetsiya, Frantsiya, Ispaniya, Portugaliya, Yunoniston, Gollandiya, Belьgiya, Finlyandiya, Norvegiya, Irlandiya va Italiyaning sertifikatlashtirish bo’yicha tashkilotlari ushbu qo’mitaga a’zo bo’lgan. 1988 yilning sentyabrida G’arbiy Yevropaning 14 yirik firmalarining prezidentlari sifatni boshqarishning Yevropa fondi (SBEF) ni tuzish to’g’risida shartnoma imzoladilar. SBEF ning faoliyat sohasi: Umumiy raqobatda ustunlikka erishish uchun sifatni yaratish jarayonini tezlashtirishda G’arbiy Yevropa kompaniyalarining rahbariyatlarini qo’llab – quvvatlash. Sifatni yaxshilash va Yevropaning sifat madaniyatini mustahkamlash faoliyatida qatnashishda G’arbiy Yevropa hamjamiyatining barcha segmentlarini rag’batlantirsh va ularga ko’maklashish. SBEF sifat bo’yicha Yevropa tashkiloti (SET) bilan hamkorlikda sifat bo’yicha Yevropa mukofotini ta’sis qildi. Bu mukofot eng yaxshi firmalarga 1992 yildan boshlab taqdim etib kelinmoqda. Sifat masalalarini hal qilishga Yevropa yondashuvining o’ziga xos xususiyatlari: Sifatni baholash va tasdiqlash bilan bog’liq barcha ishlarni olib borish uchun qonunchilik asosi; Milliy standartlarning talablari, qoidalar va sertifikatlash tartiblarini o’zaro muvofiqlashtirish; Mahsulot va sifat tizimlarini sertifikatlash ishlarini olib borishga vakolatli milliy tashkilotlar infratuzilmasi va tarmog’ini yaratish, laboratoriyalarni akkreditatsiyalash, sifat bo’yicha mutaxassislarni ro’yxatga olish va h.k. Sifatga g’arbiy (AQSH va Yevropa) va sharqiy (Yaponiya) yondashuvlarni taqqoslash 1 jadvalda keltirilgan. jadval. Sifatga yondashuvlarni taqqoslash
Download 150.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling