1-mavzu. Bozor sharoitlarida sifat va raqobatbardoshlik


Texnologiyalar evolyutsiyasi va sifat tushunchasi


Download 150.91 Kb.
bet7/8
Sana28.12.2022
Hajmi150.91 Kb.
#1021028
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-Ma\'ruza word

Texnologiyalar evolyutsiyasi va sifat tushunchasi Texnologiyalarning rivojlanish bosqichlari. Zamonaviy texnologiyalar

taraqqiyotining birinchi bosqichi yangiliklar texnologik kompleksining yuzaga kelishi va yoyilishi bilan tavsiflanadi. Ushbu kompleksning yangi g’oyalari insonning tabiat, mehnat predmetlariga bevosita ta’sir etish funktsiyalarini texnikaga o’tkazishni ta’minladi. Qayta ishlash va o’lchov asboblari, moslamalari, mexanizmlari kashf qilindi va mashina qurollari sifatida ishlatildi.
Ishlab chiqarish sohasida iqtisodiy kategoriya sifatida “sifat” tushunchasining rivojlanishi elektronika sanoati misolida ko’zga yaqqol tashlanadi. Elektronika sanoati taraqqiyotining muayyan bosqichida texnologiya chiqindisiz ishlab chiqarishni ta’minlashda yaroqsiz hisoblandi. O’zining xususiyatiga ko’ra elektronika sifat haqidagi tasavvurni sezilarli darajada o’zgartirib yubordi.
Yuzaga kelgan nuqsonni hamma vaqt ham aniqlab bo’lmasligi tufayli nuqsonli mahsulotlar ishlab chiqarish jarayonida qolaveradi va keyingi qayta ishlashga uzatiladi. SHuningdek, ayniqsa 5 – 30% lik yaroqsiz mahsulotlarning chiqishida sifatli mahsulotning qiymati keskin ortadi.


1.4.100% lik yangi sifat siyosati


Mashhur Amerika kompaniyasi IBM Yaponiya tajribasidan foydalangan holda 80 – yillardan boshlab 100% darajadagi sifat siyosatini olib borishga o’tdi. Ushbu siyosat natijasida mazkur kompaniya 90 – yillarda superkompьyuterlarni ishlab chiqarish va sotish yuzasidan AQSH mudofaa vazirligi bilan shartnomalarni imzolashga muvaffaq bo’ldi.


Bu siyosatning asosida sifatni ta’minlash bilan bog’liq bo’lgan harajatlarning o’zaro munosabati yotadi: loyihalashdan ishlab chiqarishga, jihozlarni o’rnatish va so’ngra ularni ekspluatatsiya qilishga qarab harakatlanishning har bir bosqichida zarur harajatlar ortib boradi. Ya’ni agar loyihalash bosqichida xatoni bartaraf qilish 1000 so’mni tashkil qilsa, u holda mashinani ishlab chiqarish bosqichida u 10 ming so’mga yetadi, buyurtmachiga montaj qilish va o’rnatish bosqichida – 100 ming so’m, foydalanish bosqichida u 1 mln. so’mni tashkil qiladi (agar bartaraf etishning iloji bo’lsa).
Milliy mashinasozlik sanoatida sifatni ta’minlash bo’yicha harajatlarni tadqiq qilish xuddi shunday natijalarni ko’rsatmoqda. Ular 2 jadvalda keltirilgan ma’lumotlarda o’z aksini topgan.
Sifatni ilgarigi tushunishga qaytish yuz beradi. Bunday tushunishda mahsulotlar yoki xizmatlarning 100%i o’rnatilgan talablarga to’liq mos keladi, lekin sifatning bunday darajasini ta’minlash murakkab xususiyatga ega.
Sifatga taktik yondashuv ishlab chiqarish va tayyorlanayotgan mahsulot turlari, talab va taklifning munosabati, mazkur mahsulotning asosiy ishlab chiqaruvchilarining raqobat kurashiga ko’p jihatdan bog’liq. SHunga ko’ra, rejalashtirilgan sifat darajasiga erishish yo’llari va vositalari izlanadi. Boshqa tomondan, bir qator yo’nalishlarda sifatga erishish strategiyasi umumiylik kasb etib boradi.
2- jadval Mahsulot hayotining bosqichlari bo’yicha umumiy harajatlarning sifat darajasini
ta’minlashga ta’siri



Buyum hayotining bosqichi

Umumiy harajatlardagi
ulushi (%)

Bosqichning umumiy
harajatlarga ta’siri (%)

Tadqiq qilish va ishlab
chiqish

1 – 6

60 – 80

Ishlab chiqarish

40 – 45

5 – 10

Ekspluatatsiyalashgacha olib
borish

5 – 15

20 – 30

Ekspluatatsiya

40 – 54

15 – 25

Masalan, ATT, “Eyvon”, “Korping Glase”, “Deneral Motorz”, “Xьyulett – Pakkard”, “IBM”, “Polaroid” kabi Amerikaning turli kompaniyalari sifatni boshqarish sohasida o’zlari uchun yagona bo’lgan o’n asosiy yo’nalishlarni ishlab chiqqanlar:



  1. Yuqori pog’onadagi rahbariyatning qiziqishiga erishish.

  2. Sifatni yaxshilash bo’yicha boshqaruv kengashini tashkil qilish.

  3. Butun boshqaruv jamoasini jalb qilish.

  4. Sifatni oshirishda jamoa ishtirokini ta’minlash.

  5. Sifatni oshirishda shaxsiy ishtirokni ta’minlash.

  6. Tizimlarni takomillashtirish, jarayonlarni tartibga solish guruhini tashkil qilish.

  7. Ta’minotchilarni sifat uchun kurashga yanada ko’proq jalb qilish.

  8. Boshqaruv tizimlari faoliyatining sifatini oshirish tadbirlari.

  9. Ishni yaxshilashning qisqa muddatli rejalari va uzoq muddatli strategiyasi. 10.Xizmatlarni tan olish tizimini yaratish.

Bu yo’nalishlar sifatni boshqarishning tashkiliy – iqtisodiy asoslarining mazmunini ifodalaydi.

Download 150.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling