5-mavzu. Bozor sharoitlarida sifat va raqobatbardoshlik reja


Download 252.42 Kb.
bet1/8
Sana23.12.2022
Hajmi252.42 Kb.
#1044146
  1   2   3   4   5   6   7   8

5-mavzu. Bozor sharoitlarida sifat va raqobatbardoshlik


REJA:



  1. Sifat - XXI asr bo'sag'asida raqobatning umumjahon maydoni

  2. Sifatni boshqarishning AQSH tajribasi.

  3. Sifatni boshqarishga ma'muriy va iqtisodiy yondashuvlar

  4. Texnologiyalar evolutsiyasi va sifat tushunchasi

  5. Texnologik tartiblar.



Tayanch so’z va iboralar: sifat,narx, sarmoya, kredit, ”yapon mo’jizasi”, statistika, unumdorlik, standartlar, texnologiyalar evolyutsiyasi, texnologik tartib, sifat siyosati.
1.Sifat - XXI asr bo'sag'asida raqobatning umumjahon maydoni
Sifat narxdan muhimroq. Ishlab chiqarish texnologiyalarining rivojlanishiva shaxs ehtiyojlari ta'sirida sifatning o'rni va ahamiyati doimiy ravishdaortib bormoqda. Madaniyat va ta'lim darajasining kun sayin yuksalib borishitufayli iste'molchilarning didi va talabchanligi ham ortmoqda.
Raqobatbardoshlikni ta'minlashda XX asrning 80-yillarida sifatga talablarhal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Jahon bozorida mahsulotlarni xarid qilayotganiste'molchilarning 80% dan ortig'i sifatni narxdan ustun qo'ymoqda.Ma'lumotlar sifat xarajatlarining umumiy ishlab chiqarish xarajat lariningI5-25% dan kam bo'lmagan qismini tashkil qilganini ko'rsatadi.
Kreditlash, sarmoya kiritish, imtiyozlar berish imkoniyatlari mahsulotsifatiga bog'liq. Masalan, Yevropaning bir qator davlatlarida shundaygonunlarga amal qilinadiki, ularga ko'ra muayyan mahsulotlar sifat sertifikatisizbozorga kiritilmaydi. Mazkur sertifikat mahsulot sifatining Xalqarostandartlashtirish tashkiloti- IS0 standartlaridagi talablarga javob berishinitasdiqlaydi. Boshqa sertifikatlashtirilmagan mahsulotlarning ikki barobararzonga sotilishi shart qilib qo'yilgan.Sifatga bog'liq tashkiliy-iqtisodiy va texnik muammolar allaqachon tadqiqotpredmetiga, ularni hal qilish yo'llari fan tarmog'iga aylangan.
80-yillarning yirik urushi. Global iqtisodiyot da Ikkinchi jahon unushidanso'ng AQSH ning yetakchiligi mustahkamlandi. Butun dunyoda Amerikatajribasi o' rganildi va amaliyotda qo'llanildi. 1953-yilda ingliz mutaxassislariAQSH da ishlab chiqarishni tashkil qilish yuzasidan keng qamrovli islohotlarni o'tkazishgan. Biroq sifatni boshqarish sohasida ular oqilona statistic nazoratdan foydalanilayotganini qayd etdilar, xolos. Amerika korxonalaritanlanma kirish nazoratidan foydalanishgan va unga ko'ra mahsulotlarning98%i yaroqli deb topilgan. Yaroqsiz mahsulotlar iste'molchi talablariga ko'rabepul almashtirib berilgan.
IImiy-texnik taraqqiyot va Yevropa mamlakatlari iqtisodiyotining yuksalishi, «Yapon mo'jizasi» ning yuzaga kelishi natijasida ushbu mamlakatlardagiilg'or korxonalar nuqsoni bor mahsulotlarni ro'yxatga olish va almashtirishbilan kifoyalanib qolmadilar. Sifatni boshqarishning murakkab tizimlarishakllantirila boshlandi. Bu tizimlar tarqala boshlaganda bozor sifatningnarxdan muhimligini angladi. Natijada Amerika biznesi 70- va 80-yillarda
yuqori sifatli mahsulotlarni past narxlarda bozorga taklif qilgan Yaponiya va Yevropa firmalari tomonidan kuchli raqobatga duch keldi. 1987-yilda sifatbo'yicha mashhur Amerika mutaxassislaridan J. Xarrington bu davr haqidashunday yozgan edi: «80- yillarning yirik urushi harbiy harakatlardan emas,balki sanoat urushidan iborat va butun dunyodagi iste'molchilar bu urushningoljasi hisoblanadi. Amerika sanoatiga nafaqat Yaponiya, balki Osiyo vaYevropa tomonidan ham hujum uyushtirilmoqda. Qo'shma Shtatlarda ko'plamahsulot turlarining takomillashuv darajasi aniqlanmaydi.
Barcha qatnashishi majbur bo'lgan buyuk kurash mamlakatimizda hukmsurgan beparvolikka qarshi olib borilmoqda. Bunday falajlik «menga nima»yoki «bundan battari ham bo'lishi mumkin edi» naqlidagi munosabatlardao'z aksini topadi.Beparvolik insondagi qobiliyatiarning sust rivojlanishiga sabab bo'ladi.Saraton shishi kabi beparvolik butun Qo'shma Shtatlarni qamrab olganholda ortib bormoqda va 90-yillarda mahsulotlar, xizmatlar hamda mehnatning raqobatbardoshliligiga erishish uchun biz bu kasallik bilan kurashishimizkerak.
Prezident R. Reygan «Xyulett Pakkard» kompaniyasining prezidentiJ. A. Yangga ham ichki, ham tashqi bozorda Amerika sanoatining raqobatbardoshligini oshirish yo'llarini izlash bilan shug'ullanuvchi guruhni boshqarishnitaklif qildi. Bunga Yang javoban quyidagilarni ta'kidladi: So'nggi vigirmayilda xalqaro bozorda Amerika sanoatining raqobatbardoshligi pasayib ketgan.Tashqi savdo taqchilligining rekord darajasiga yetishi, yuqori texnologiksanoat tarmoqlarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar savdosida jahon bozoriulushining qisqarishi, bizning ishlab chiqarish sektorimiz daromadlariningpasayishi, mehnat unumdorligining sust o'sishi va real ish haqi o'sishiningmavjud emasligi tushkunlikdan dalolat beradi»"0'z faoliyatini yaxshilash yo'lida Amerika korporatsiyalarining olib brogan izlanishlari natijalari iste'molchilarning Amerika mahsulotiga ishonchinitiklashga yordam berdi. 1985-yilning oktabrida Gellap instituti qoshidagiSifatni nazorat qilish bo'yicha Amerika jamiyati (SNQAJ) iste'molchilarso'rovini o'tkazdi. Bu so'rov iste'molchilarning 27%i Amerika mahsulotlarining sifati oshishiga ishonch bildirmasligini ko'rsatdi. Bu SNQAJ uchun1980-yilda o'tkazilgan so'rovlarga nisbatan 250% ga ijobiy siljish yuz berganidandalolat beradi. So'rov natijalariga ko'ra 1985-yilda so'ralgan iste'molchilarning33%i xorijiy buyumlar Amerika buyumlariga sifat bo'yicha tenglasha oladiva ulardan yaxshiroq, deb hisobladilar (ijobiy siljish 227% dan ko'p).XXI asr bo'sag'asida Rossiyaning katta urushi bu sanoat urushidirva butun dunyodagi iste'molchilar bu urushning «o'ljalari» hisoblanadi.Xarrington tomonidan tavsiflangan davrda Rossiyaning holati AQSH nikigao'xshab ketadi. Lekin Yevropa, Osiyoning yangi sanoatlashgan davlatlari, AQSH, Yaponiya tomonidan Rossiya xo'jaligi, sanoatiga hujum amalga,oshirilmoqda. Ko'plab Rossiya mahsulotlari va xizmatlari jahon bozoridaraqobatlasha olmaydi. Rossiya eksporti qisqarib bormoqda. Shu bilan birga,jobiy siljishlar ham kozga tashlanadi. Masalan, Rossiyada sifat sohasidagitadqiqotlar va ishlanmalar keng ko'lamda muvaffaqiyatli olib borilgan. Ularalohida yo'nalishlarda hatto jahon darajasidan bir necha o'n yilga ilgarilabketdi. Lekin amaliyotda sifatni boshqarishning samarali tizimlari faqat harbiy-sanoat komplekslarida (HSK) yaratilgan va tatbiq etilgan.
HSK o'z vaqtida sanoatning asosiy tarmoqlarini o'z ichiga olgan. HSKKtarmoqlari, korxonalarida fuqarolik maqsadlaridagi mahsulotlar ham ishlabchiqarilgan, lekin bu ishlar qoloq texnik negizda amalga oshirilgan. Ko'phollarda iste'mol bozori uchun mahsulotlar harbiy ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlash yo'li bilan tayyorlangan.lqtisodiyotning sof fuqarolik scktori tarmoqlarida ham texnik asos, ishlabchiqarishní tashkil qilish ortda qolgan edi. Iqtisodiyotning fuqarolik sektoridaish yuritayotgan mutaxassislar va rahbarlar uchun 90-yillargacha sifatniboshqarish sohasida HSK yutuqlari erishib bo'lmaydigan holatda edi vako'pchiligi hanuzgacha ular uchun erishilmaydigan ahvolda.
HSK da sifatni boshqarish sohasidagi yutuqlar yangi mahsulotni yaratishbo'yicha tadqiqotlar va ishlanmalar bosqichida qo'llaniladigan sifatni texnologik1a'minlash usullari, nazorat kartalari orqali sifatni statistik tartibga solish(shu jumladan, avtomatlashtirilgan, maxsus davlat va tarmoq standartlari)nio'z ichiga oladi.
Bunday yutuglarga mahsulot sifatini boshqarishning birlashgan tizimlariMSBBT,kompleks tizimlari (KABFBKT), ta'minotchilar bilan ishlashning shakllariva usullarini kiritish mumkin. Ushbu ishlanmalarning katta qismi amaliyotdadastlab Yaponiya yoki AQSH da emas, balki Rossiya va MDH davlatlariningHSK tarmoqlarida qo'llanilgan. Shubhasiz, bozor iqtisodiyoti sharoitidasifatni boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy masalalari ko'p hollarda yangichayondashuvlar asosida hal qilinadi. Biroq orttirilgan tajriba va milliy fansalohiyatidan bu sohada foydalanish nihoyatda foydali.korxonalar va alohida bo'linmalar faoliyatini boshqarishningSifatni boshqarishning xorij tajribasiJahon hamjamiyati mahsulot sifatiga texnik talablarni me'yorlashgayagona yondashuvni ishlab chiqdi. Ko'rsatma beradigan hujjatlar pog'ona-larining piramidasi 5.1-rasmda keltirilgan. Bunda qonunchilikka sifat vauni ta'minlash usullarini davlat tomonidan tartibga solish shakli sifatidaqaraladi. Dunyoning turli mintaqalaridagi standartlashtirish, sertifikatlashva metrologiyaning qonunchilik asoslari 5.1-jadvalda berilgan.Hmiy-texnik taraqqiyotning hozirgi rivojlanish bosqichida mahsulotningsifati milliy iqtisodiyotlar rivojlanishining asosiy muammolariga aylanmoqda.

5.1-rasm. Texnik me’yorlar piramidasi.
AQSH, Yevropa va G’arbiy Yaponiya misolida sifatni boshqarishning rivojlanish tarixini ko’rib chiqamiz. 5.1-jadval

Download 252.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling