1. Parmalash dastgoxlari moslamalari. Konduktorlar, burish moslamalari


Download 0.64 Mb.
bet1/3
Sana17.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1205253
  1   2   3
Bog'liq
Parmalash va Frezalash dastgoxlari moslamalari


Parmalash va Frezalash dastgoxlari moslamalari

Reja:



1. Parmalash dastgoxlari moslamalari.
2. Konduktorlar, burish moslamalari.

Tayanch iboralar: 1. Parmalash dastgoxlari moslamalari; Konduktorli qo’zg’almas parmalash moslamasi; buriladigan parmalash moslamalari; maxsus qo’zg’almas parmalash moslamalari; universal qo’zg’almas parmalash Nakladkali (ustqo’yma) konduktorlar Skalkali konduktorlar qo’zg’almas (statsionar) universal moslama-pnevmatik tiski Burish moslamalari Stoykalar Burish stollari va stoykalari




1 . Parmalash dastgoxlari moslamalari
Parmalash dastgoxlarida konduktorli moslamalar ishlab chiqarishda mashinani sifatiga bo’lgan talablarning yuqoriligi uchun na faqat ko’plab ishlab chiqarishda balki mayda seriyali va donalab ishlab chiqarishda keng qo’llaniladi.
Parmalash dastgoxlarida konduktorli moslamalar bilan bir qatorda konduktor plita va vtulkasiz maxkamlash moslamalari faska ochish, tsekovkalash, zenkerlash, rezba ochish va boshqa operatsiyalarni bajarishda ishlatiladi.
Yuqori rejimlarda teshiklarga ishlov berishda ishlov beriladigan zogotovkani tez va ishonchli maxkamlash talab etiladi shu sababli mexanizatsiyalashgan yuritmali konduktorli va konduktorsiz parmalash dastgoxlari moslamalari ko’p ishlatilmoqda.
Parmalash dastgoxlari moslamalari ishlov berish jarayonida zogotovkadarni holatiga ko’ra qo’zg’almas (statsionar), buriladigan, suriladigan va qayiriladigan bo’lishi mumkin.
Ishlov jarayonida ishlov beriladigan zogotovka dastgoxda xarakatlanmasa bunday moslama qo’zg’almas parmalash moslamasi deyiladi.
Buriladigan parmalash moslamalarida ishlov beriladigan teshiklar detalni turli tamonida yoki aylana bo’ylab joylashgan bo’ladi. Bunday moslamalar gorizontal, vertikal yoki qiyshiq aylanish o’qiga ega bo’lishi mumkin.
Qo’zg’almas (statsionar) parmalash moslamalari maxsus va universal bo’lishi mum kin.
Maxsus qo’zg’almas parmalash moslamalari ko’p seriyali va ko’plab ishlab chiqarishda o’lcham va ko’rinishi o’xshash bir yoki birnecha tipdagi detal zagotovkalaridagi teshiklarga ishlov berish jarayonida qo’llaniladi.
Universal qo’zg’almas parmalash moslamalari mayda va o’rta seriyali ishlab chiqarishda aloxida dastgoxda bir gurux detal zagotovkalaridagi teshiklarga ishlov berish jarayonida qo’llaniladi. Universal qo’zg’almas (statsionar) parmalash moslamalarida almashitiriladigan sozlashni qo’llash bilan ishlov beriladigan turli o’lchamdagi detallar sonini oshirish mumkin. Bunday moslamalarni qo’llash va ularni mexanizatsiyalash va avtomalashtirish mexnat unumdorligini oshiradi va yangi mahsulotni ishlab chiqarishga sarflanadigan vaqt va sarf xarajatlarni kamaytiradi.
Universal qo’zg’almas (statsionar) parmalash moslamalariga konduktor plitalari, skalkali konduktorlar, avtomatlashtirilgan yuritmali turli patronlar kiradi.



Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling