1-Mavzu: “buxgalteriya hisobi” faniga kirisн


Download 16.64 Kb.
bet3/5
Sana16.11.2023
Hajmi16.64 Kb.
#1778046
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-маvzu. BX-RNK-21

balans

Muayyan sanaga korxonaning mol-mulki va ularning manbalari to‘g‘risidagi axborotni umlashtirish

hisobot

Moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tavsiflaydigan umumlashtirilgan ko‘rsatkichlar tizimini o‘zida mujassamlashtiradi


2. Buxgalteriya hisobining tavsiflanishi
Buxgalteriya hisobini shunday tashkil etish kerakki, u tejamli bo‘lib, kam mablag‘ sarflangan xolda ichki va tashqi foydalanuvchilarni ko‘proq moliyaviy faoliyatga doir axborotlar bilan ta'minlashi kerak.
© MHXS Fondi
Buxgalteriya hisobining tavsiflanishi
Buxgalteriya hisobi barcha xo‘jalik operatsiyalarini yaxlit, uzluksiz, hujjatlar asosida hisobga olish yo‘li bilan buxgalteriya axborotini yig‘ish, qayd etish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimidan, shuningdek uning asosida moliyaviy va boshqa hisobotni tuzishdan iboratdir.

O‘RQ-404, 4-modda.

3. «Buxgalteriya» faniniing predmeti va asosiy tamoyillari
Xo‘jalik sub'ektlarining faoliyatini amalga oshirishda foydalanadigan resurslar bo‘yicha axborotlarni shakllantirish, moliyaviy hisobotlarni tuzish hamda xarajatlar va mahsulot tannarxi kal'kulyasiyasi, javobgarlik markazlari bo‘yicha boshqaruv hisobini tashkil etishning nazariy-uslubiy hamda tashkiliy asoslarini yoritish hisoblanadi.

Hisoblash tamoyili
Pul oqimi haqidagi hisobotdan tashqari moliyaviy hisobotlar hisoblash prinsipi asosida tuziladi.
Hisoblash prinsipiga muvofiq aktivlar, passivlar, xususiy kapital, daromadlar, xarajatlar, xo‘jalik operatsiyalari va hodisalar buxgalteriya hisobida ular bo‘yicha pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlari olingan yoki to‘langan paytda emas, balki ular sodir etilgan paytda aks ettiriladi

Ikkiyoqlama yozuv usuli bilan hisob yuritish

Ikkiyoqlama yozuv usuli bilan hisob yuritish prinsipi xo‘jalik yurituvchi sub'ekt buxgalteriya operatsiyalarini ikkiyoqlama yozuv tizimi asosida ro‘yxatga olishi kerakligini bildiradi. Ikkiyoqlama yozuv tizimi shundan iboratki, bir operatsiya bo‘yicha bir summa buxgalteriya hisobining ikki schyotida - birining debetida va ikkinchisining kreditida aks ettiriladi

Uzluksizlik
Moliyaviy hisobotni uzluksizlik prinsipi asosida tayyorlash xo‘jalik yurituvchi sub'ekt doimiy harakat qilishini va aniq bo‘lmagan uzoq muddat davomida o‘z faoliyatini davom ettirishini, ya'ni xo‘jalik yurituvchi sub'ektning o‘zini tugatishiga yoki o‘z faoliyati sohasini qisqartirishga ehtiyoji yo‘qligini bildiradi.

Ishonchlilik
Axborotda muhim xato yoki g‘arazlilik bo‘lmasa va foydalanuvchilar unga tayanishlari mumkin bo‘lsa, ishonchli hisoblanadi.

Operatsiyalar yoki hodisalarning ishonchliligi odatda boshlang‘ich hisob hujjatlari bilan tasdiqlanishi kerak


Download 16.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling