1-mavzu. Buxgalteriya hisobining mohiyati va ahamiyati Reja
Download 143.15 Kb.
|
1-mavzu. Buxgalteriya hisobining mohiyati va ahamiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.5.Buxgalteriya hisobi fanining predmeti, metodi, funksiya va vazifalari 1.6. Buxgalteriya hisobining ob’ektlari va sub’ektlari
- Tayanch so‘z
- 1.1.Buxgalteriya hisobining paydo bo‘lishi va rivojlanishi.
1-mavzu. Buxgalteriya hisobining mohiyati va ahamiyati Reja 1.1. Buxgalteriya hisobining paydo bo‘lishi va rivojlanishi. 1.2. Buxgalteriya hisobining maktablari 1.3. Xo‘jalik hisobi to’g’risida tushuncha va uning turlari 1.4. Xo‘jalik hisobi turlarida qo‘llaniladigan o‘lchov birliklari 1.5.Buxgalteriya hisobi fanining predmeti, metodi, funksiya va vazifalari 1.6. Buxgalteriya hisobining ob’ektlari va sub’ektlari 1.7. Xo‘jalik mablag’larning tarkibi va ishlab chiqarish jarayonidagi funksional roli bo‘yicha turkumlanishi. 1.8. Mablag’larning vujudga kelish manbalari va maqsadli tayinlanishi bo‘yicha turkumlanishi. 1.9. Buxgalteriya hisobining konseptual asoslari. Tayanch so‘z va iboralar: tarix, buxgalter, buxgalteriya, buxgalteriya hisobi, statistik hisob, tezkor hisob, buxgalteriya hisobining predmeti, buxgalteriya hisobining usullari, o‘lchov birligi, buxgalteriya hisobi metodining elementlari, ehtiyotkorlik, mehnat o‘lchov birligi, funksiya, ishonchlilik, uzluksizlik, moliyaviy axborot, moliyaviy natija, natural o‘lchovlar, pul, buxgalteriya hisobining ob’etlari, buxgalteriya hisobining sub’ektlari. 1.1.Buxgalteriya hisobining paydo bo‘lishi va rivojlanishi. Buxgalteriya bu ancha yillardan beri mavjud bo‘lgan tushuncha hisoblanadi. Buxgalteriya hisobi nazariyasi izchil o‘zgarishlarni, tafakkur qilinish mavhum bo‘lgan tushunchalarni o‘rganadi. Shunday qilib, Buxgalteriya hisobi nazariyasi ko‘proq buxgalteriya usullari axborotlarni taqdim etish ko‘lami kabi tushunchalarni o‘rganadi. Shuninngdek, buxgalteriya nazariyasi oldindan sezish uchun ham xosdir. Bu bobda biz buxgalteriya hisobi nazariyasi fanini tarixiy ildizini bilishga harakat qilamiz. Buxgalteriya hisobi rivojlanishi AQShga borib tarqaladi. Eramizdan oldingi arxeologlar tomonidan o‘tkazilgan arxeologik qazishmalar har doim muvozanat dalillarni topishga harakat qilishgan. Bu yerta sivilizatsiyalarning ochib berishiga harakat qilgan. Arxeologik qazishmalardan shu narsa aniq bo‘lganki, yozish, taxmin, va arifmetik hisob-kitob oldindan mavjud bo‘lgan. Dehqonga ham ovchiga ham buxgalteriya muhim ahamiyat kasb etadi. Arxeolog o‘rganishlar natijasida qariyb besh ming yil oldin pul muomalasi yuzaga kelgani va shoh savdogar Ea-Nosir hisobni “yo‘qolgan savdo” deya ta’rif bergani xabar berilgan. Evropada 2000 yil oldin pul joriy bo‘lgan, Xitoyda davlatni mansabdor shaxslari byudjet nazoratini amalga oshirganlar va u bilan bir qatorda audit ham rivojlangan.1 Buxgalteriya hisobi fan sifatida qachon shakllanganligi shu soha vakillarini qiziqtirishi tayin. Odatda bu borada uchta javobni uchratishimiz mumkin mumkin. Birinchisi: buxgalteriya hisobi 3000 yil oldin odamlar jarayonlarni ro‘yxatga olishni (natural shaklda) boshlagan paytdan boshlab; Ikkinchisi: 500 yil oldin italyan matematigi Luka Pacholining (1445-1515 y.) “Schyotlar va yozuvlar haqida traktat” kitobining nashrdan chiqishi bilan yuzaga kelgan; Uchinchisi: 100 yil oldin, buxgalteriya hisobi sohasida birinchi nazariy qarashlar paydo bo‘lgan davrdan yuzaga kelgan. Shu sababli, bu tortishuvlarning haligacha yakuniga etilmagan. Biz uning ilk ko‘rinishlari qachon yuzaga kelganligi haqida taxminlar asosidagina xulosa chiqarishimiz mumkin. Buxgalteriya hisobi fan sifatida shakllanishidagi evolyutsion jarayonning sistematik tuzilishini quyida ko‘rishimiz mumkin: 1-davr. Naturalistik davr (ushbu davr eramizdan oldingi 4000 yildan bizning eraning 500 yiliga qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga olishi olimlar tomonidan belgilangan). Ya’ni, bu ilk xo‘jalik jarayonlarining ro‘yxatga olinishi bilan xarakterlanadi. Xo‘jalik jarayonlarining ro‘yxatga olinishi esa yangi bir jarayonnni yuzaga keltirganki bu jarayon qiymat davriga o‘tishni belgilab bergan. 2-davr. Qiymat davri. (bizning eraning 500 yilidan 1300 yiliga qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi) Ushbu davr pulni o‘ylab topilishi va muamola vositasiga aylanishi bilan belgilanadi. Shu paytga qadar xo‘jalik jarayonlari naturada o‘lchangan bo‘lsa endilikda unga parallel ravishda qiymatda ham baholashga o‘tildi. Qiymat ifodasini yuzaga chiqishi buxgalteriya hisobida patrimonal va kameral hisobni shakllantirdi. Patrimonal hisobda mulkka egalik birinchi o‘riga qo‘yilsa, kameral hisobda uning kirimga olinishi yoki hisobdan chiqarilishi xarakterlangan. Pul patrimonal hisobda qiymat o‘lchovi vositasi sifatida, komeral hisobda to‘lov vositasi sifatida qaraladigan bo‘ldi. Download 143.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling