1-mаvzu. Buxgalteriya hisobining predmeti va metodi


Buxgalteriya hisobini tashkil etishga quyiladigan talablar


Download 343.36 Kb.
bet50/54
Sana16.04.2023
Hajmi343.36 Kb.
#1360140
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
1-MАVZU. BUXGALTERIYA HISOBINING PREDMETI VA METODI

4.4. Buxgalteriya hisobini tashkil etishga quyiladigan talablar
Qishloq xo‘jalik korxonalarida buxgalteriya hisobi oldiga quyilgan vazifalar faqat u to‘g‘ri va oqilona tashkil etilganidagina muvaffaqiyatli hal etilishi mumkin. Buxgalteriya hisobini tashkil etishda yo‘l quyilayotgan xato-kamchiliklar butun hisob siyosatining, xususan, hisob ishlarining orqada qolishi, hisobotlarni va boshqa axborotlarni taqdim etishda kechikishlarga olib keladi. Buxgalteriya hisobi va iqtisodga oid axborotlarning vujudga kelishi hamda undan foydalanish vaqti o‘rtasidagi katta uzilishlar korxona faoliyatining samaradorligini oshirishga to‘sqinlik qiladi. Buxgalteriya hisobini tashkil etishdagi kamchiliklar uning chigallashuviga, tovar-moddiy boyliklarning talon-taroj bo‘lishi va boshqa suiste'molliklar, ma'muriy – boshqaruv xarajatlarining ko‘payishiga olib keladi.
Buxgalteriya hisobini tashkil etish tizimining asosiy elementlari dastlabki hisob va hujjatlar aylanishi, inventarizatsiya, hisob-kitob ishlarining tashkiliy shakllari, hisobotlarning hajmi va mazmuni hamda hisob siyosatidan iborat bo‘lishi lozim (5.3 – rasm).


4.3 - rasm. Buxgalteriya hisobini tashkil etish tizimining asosiy elementlari
Korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyatini boshqarish talablariga muvofiq, buxgalteriya apparatining oldiga quyidagi talablar quyiladi :

  • korxona faoliyati va uning natijalari to‘g‘risida to‘liq va ishonchli axborotlarni shakllantirish;

  • korxonaning faoliyatini nazorat qilish va boshqarish uchun ichki va tashqi foydalanuvchilarni zarur axborotlar bilan ta'minlash;

  • moliya-xo‘jalik faoliyatidagi noxush xolatlarning o‘z vaqtida oldini olish, ichki imkoniyatlarni aniqlash va safarbar etish;

  • korxona faoliyatining moliyaviy natijalarini hisobda to‘g‘ri aks ettirish;

  • korxona xodimlarining mehnatiga haq to‘lashni nazorat qilish;

  • moliyaviy hisobotni tuzish uchun zarur ma’lumotlarni olish va o‘z vaqtida taqdim etish.

O‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunining 7-moddasiga muvofiq, “Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni korxona, muassasa va tashkilot rahbari amalga oshiradi”6. Bunda xo‘jalik yurituvchi subekt rahbari buxgalteriya hisobini va moliyaviy hisobot tizimini tashkil etish uchun mas'ul bo‘lib, u hisob ishlarining hajmidan kelib chiqqan holda ma'lum huquqlarga ega.


Amaliyotda xo‘jalik yurituvchi subekt rahbari kamdan-kam hollarda buxgalteriya hisobini o‘zi yuritadi. Odatda, bu vazifani buxgalteriya apparati yoki yollangan buxgaltyer bajaradi. Bu holda xo‘jalik yurituvchi subekt rahbari buxgalteriya hisobini to‘g‘ri tashkil etish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni ta'minlashi, barcha bo‘linmalar va buxgalteriya hisobiga aloqador xodimlar tomonidan belgilangan talablarning bajarilishini ta'minlashi lozim. Bunda rahbar quyidagi huquqlarga ega:

  • “bosh buxgaltyer rahbarligida buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil etish yoki shartnoma asosida jalb qilingan buxgalteriya xizmatidan foydalanish;

  • buxgalteriya hisobini yuritishni ixtisoslashtirilgan buxgalteriya markaziga yoki tarkibiga buxgalteriya subekti ham kiradigan xo‘jalik birlashmasining markazlashtirilgan hisobga olish bo‘limiga yuklash;

  • buxgalteriya hisobini mustaqil yuritish”7.

Shuningdek, rahbar quyidagilarni ta'minlashi shart:

  • “ – ichki hisob va hisobot tizimini ishlab chiqilishini;

  • xo‘jalik operatsiyalarini nazorat qilish tartibini;

  • buxgalteriya hisobi to‘liq va aniq yuritilishini;

  • hisob-kitob hujjatlarining saqlanishini;

  • tashqi foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobotning tayyorlanishini;

  • soliq hisobotlari va boshqa moliyaviy hujjatlarning tayyorlanishini;

  • hisob-kitoblar o‘z vaqtida amalga oshirilishini”8.




Download 343.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling